Generator-dvigatel sxemasi Reja


IYoDlarining klassifikasiyasi



Yüklə 31,32 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü31,32 Kb.
#138296
1   2   3   4   5   6   7   8
Generator-dvigatel sxemasi Reja

IYoDlarining klassifikasiyasi
Issiqlik dvigatellari ishchi jismiga issiqlikning berilish usuliga qarab ikki xil bo’ladi:
I. Ichki yonuv dvigatellari;
II.Tashqi yonuv dvigatellari (bularga bug’ mashinalari, bug’ turbinalari kiradi).


IYoDlarining qo’yidagi turlari mavjud:
1.Vazifasi bo’yicha: stasionar dvigatellar; avtomobil, traktor va yo’l qurish mashinalariga o’rnatiladigan dvigatellar.
2.Ishlatiladigan yonilg’ining turi bo’yicha: yengil suyuq yonilg’i (benzin, benzol, kerosin, ligroin va spirt) bilan ishlaydigan dvigatellar: og’ir suyuq yonilg’i (mozut, solyar moyi, dizel yonilg’isi va gozayl) bilan ishlaydigan dvigatellar; gaz holatidagi yonilg’i (tabiiy va generator gazlari) bilan va aralash yonilg’i (gaz va benzin) bilan ishlaydigan dvigatellar.
3.Issiqlik energiyasini mexanikaviy energiyaga aylantirish usuli bo’yicha: porshenli: gaz turbinali va rotor- porshenli dvigatellar.
4.Ish aralashmasini hosil qilish usuli bo’yicha: silindrdan tashqarida: silindr ichida shu aralashmasi hosil qilinadigan dvigatellar.
5.Ish aralashmasini yondirish usuli bo’yicha: uchqun bilan o’t oldiriladigan: siqish natijasida o’t oldiriladigan: forkamirali (alanga bilan o’t oldiradigan) dvigatellar.
6.Ish siklini amalga oshirish usuli bo’yicha: to’ri va ikki taktli dvigatellar.
7. Nagruzka o’zgarganda dvigatelni rostlash ishi bo’yicha: ish aralashmasining sifati: ish aralashmasining miqdori: ish aralmasining ham sifati, ham miqdori sozlanadigan dvigatellar.
8.Silindrlarning joylashishi bo’yicha: vertikal qatorli, gorizontal qatori;
V-simon; yulduz shaklli va silindrlari qarama-qarshi yotuvchi dvigatellar.
9.Sovutish usuli bo’yicha: suyuqlik bilan sovutiladigan dvigatellar; havo bilan sovutiladigan dvigatellar.

Porshenli IYoD tuzilishi
Ma‘lumki porshenli ichki yonuv dvigatellari xalq xo’jaligida eng ko’p ishlatiladigan dvigatellardan biri hisoblanadi. Hozirgi zamon avtomobillarida, transportlar, ko’pchilik kemalar va boshqa texnologik mashinalardan asosan IYoD ishlatilib, ularning roli beqiyosdir,chunki IYoD lar qo’yidagi afzalliklarga egadirlar:



  1. Gaborit o’lchamlari nisbatan kichik;

  2. katta qozon qurilmalariga extiyoj yo’q;

  3. tezda ishga tushirish mumkin;

  4. juda kam suv talab qiladi va hokazo.

Yutuq va afzalliklar bilan birga IYoD larining kamchiligi ham bor, bulardan eng asosiy kamchiligi shuki, ularda hamma qattiq yoqilg’ini ishlatib bo’lmaydi.


IYoDlarining barcha ish jarayonlari ya‘ni yoqilg’ini yoqish, issiqlik chiqarish va uning mexanikaviy ishga aylanishi dvigatel ish silindrining ichida sodir bo’ladi. Porshenning turish mumkin bo’lgan eng chekka nuqtalari turish nuqtalari deyiladi. Yuqori turish nuqtasi (YuTN) porshenning yuqori chekka holatiga mos keladi, bunda porshen valdan maksimal uzoqlikda bo’ladi (1-rasm). Pastki turish nuqtasi (PTN) porshenning eng pastki chekka holatiga mos keladi. Bunda uning val o’qidan uzoqligi minimal bo’ladi. Porshenning bir chekka nuqtadan ikkinchi nuqtagacha bosib o’tgan yo’li porshen yo’li deyiladi va u S harfi bilan belgilanadi.

Porshenning bir chetki nuqtadan ikkinchi chetki nuqtagacha siljish takt deyiladi. Silindrning YuTN va PTN orasidagi hajmi silindrning ish hajmi deyiladi. Silindrning kallagi bilan YuTN da turgan porshen orasidagi hajm yonish kamerasining hajmi yoki siqish kamerasi deyiladi. Silindrning ish hajmi Vh, belgilanadi. Yoqish kamerasining hajmi Vc bilan ish hajmi Vh ning yig’indisi silindrning to’liq hajmi Va deyiladi va u qo’yidagicha ifodalanadi:


Va= Vh + Vc
To’liq hajmini yoqish kamerasining hajmiga nisbati siqish darajasi deyiladi va u E harfi bilan belgilanadi:
Dvigatel silindrida yoqilg’i eng to’liq yoqish uchun zarur miqdordagi havo bilan yaxshi aralashgan bo’lishi zarur. Dvigatelda yondirish uchun tayyorlangan havo bilan yonish aralashmasi ish aralashmasi deyiladi. Aralashma hosil qilishning ikki usuli bor: ichki va tashqi usullari. Aralashma tashqarida tayyorlanadigan dvigatellarda yangi aralashma aralashtirgichlarda tayyorlanadi. Tayyor aralashma silindrga beriladi. Silindrda aralashma elektr uchquni yordamida majburiy o’t oldiradi.
Aralashma tashqarida tayyorlanadigan dvigatellarda aralashmaning siqish darajasi past bo’ladi. Ularga karbyuratorli va gazli dvigatellar misol bo’ladi. Aralashma ichkarida tayyorlanadigan dvigatellarda yonilg’i va havo ish silindrga alohida-alohida boriladi. Ular silindr ichida aralashib ish aralashmasi hosil qiladi. Siklning amalga oshirish usuliga qarab IYoD 2 xil klassga bo’linadi. 1). To’rt taktli dvigatellarda ish sikli to’rt taktda bir marta amalga oshadi. Bunda val ikki marta aylanadi; 2) Ikki taktli dvigatellarda ish sikli ikki taktli, ya‘ni valning bitta aylanishida sodir bo’ladi.
Karbyuratorli dvigatellarda tirsakli valning aylanishlar chastotasi 6000-8000 ayl/min ga teng bo’lib, ularning siklda ish bajarishi uchun juda qisqa vaqt (0,15-0,02s) ajratilgan. Shu qisqa vaqt ichida silindrga yonuvchi aralashma kirishi, siqish jarayoni sodir bo’lishi, yonilg’i bug’lanishi va havo bilan aralashishi, uchqun berilishi, aralashma yonishi, ish bajarilishi va ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarib yuborilishi kerak. Siklning samaradorligini oshirishda yoqish jarayoniga katta ahamiyat berishi kerak, chunki bu jarayon qanchalik to’g’ri tashkil qilinsa, siklda shunga katta ish bajariladi.



Yüklə 31,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə