Generator maydonini avtomatik so'ndirish Reja


Generatorlarni uyg‘otishni avtomatik rostlash (



Yüklə 24,07 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü24,07 Kb.
#151279
1   2
Sinxron generatorlar maydonini so‘ndirish. Reja-fayllar.org

Generatorlarni uyg‘otishni avtomatik rostlash (АРВ). Texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan hamma generatorlar, quvvati va kuchlanishidan qat’iy nazar, uyg‘otishning releli jadallash qurilmasiga ega bo‘lishi, 3 MVt va undan ortiq quvvatli generatorlar esa (UAR-( АРВ)) bilan jihozlanishi kerak. A variya rejimida generatorning uyg‘onishini jadallashtirish uchun mo‘ljallangan oddiy avtomatik qurilma bo‘lib, uyg‘otishning releli jadallashtirish qurilmasi hisoblanadi (2.7-rasmda rele U< va kontaktor КФ). Jadal ta’sir etish usuli shundan iboratki, generatorning qisqichlaridagi kuchlanishning ancha pasayishi (odatda nominalning 85% idan kamroq) minimal kuchlanish relesi U< da o‘z kontaktlarini tutashtiradi va jadallashtirish kontaktori КФ ni ishga tushiradi, o‘z navbatida ishga tushib, uyg‘otgichning zanjiridagi shuntlash reostati ШР ning qarshiligini qisqa tutashtiradi. Natijada uyg‘otgichning uyg‘otish toki maksimal miqdorigacha tez ko‘payadi va generatorning uyg‘otilishi chegara qiymatigacha etadi. АРВ ning eng ko‘p tarqalgan
Generatorni jadal uyg‘otishning releli sxemasi qurilmalaridan biri kuchlanishni korrektorlash bilan birgalikda kompaundlash qurilmasidir «Kompaundlash» termini statorning tokiga bog‘liq holda mashinaning uyg‘otish tokini avtomatik rostlashni ifodalaydi. Normal rejimda stator toki ortish holda (aktiv-induktiv yuklamada) generatorning kuchlanishi kamayadi, ammo kompaundlash qurilmasi uyg‘otgichning uyg‘otish tokini,binobarin, generatorning rotor tokini avtomatik raviщda oshiradi, buning ta’sirida generator statorining qisqichlaridagi kuchlanish kerakli qiymatigacha oshadi. Kompaundlash qurilmasi generatorning avariya rejimida ham, ya’ni generatorning kuchlanishi kamayib, statorning chulg‘amidagi tok ancha ortganda ham yaxshi ishlaydi.
Kompaundlash sxemasiga ikkilamchi chulg‘ami oraliq transformatori УТР ga ulangan tok transformatorlari TT hamda kompaundlash tokini uyg‘otgichning uyg‘otish chulg‘ami ОВВ ga berishdan oldin to‘g‘rilash uchun xizmat qiladigan to‘g‘rilagich В1 kiradi. Kompaundlash toki Ik korreksiyani hisobga olmaganda, tok Ig- ga proporsional bo‘ladi.
Kompaundlash generator kuchlanishining etarlicha aniq bir miqdorda turishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun uyg‘otishni generator statorining toki bo‘yicha rostlash bilan bir vaqtda statorning kuchlanishi bo‘yicha rostlash ham qo‘llaniladi. Kuchlanish bo‘yicha rostlash signalini berish uchun transformator УТП (magnitlanib turuvchi universal transformator) ikkita 2 va 4 chulg‘am bilan ta’minlanadi (2.8rasm, a).Chulg‘am 2 dagi tok UG ga proporsional In tokning fazasi generator toki reaktiv tashkil etuvchicining fazasiga to‘g‘ri keladigan qilib tanlanadi. Shuning uchun sof aktiv yuklamada 1 va 2 chulg‘amlarning MYUK bir - biriga nisbatan 90o siljigan bo‘ladi, generator sof reaktiv yuklamada ishlasa, ular fazasi bo‘yicha ustma-ust tushadi. Shu sababli IG va UG qiymatlari o‘zgarmaganda sos qancha kichik bo‘lsa yoki generatorning reaktiv yuklamasi katta bo‘lsa, kompaundlash toki shuncha katta bo‘ladi
- bu fazaviy kompaundlash hisoblanab, u kuchlanishni aniqroq ushlab turishni ta’minlaydi, chunki kompaundlash toki faqat generator tokining absolyut miqdoriga bogliq bo‘lmay, balki sos ga ham bog‘liqir.
Kompaundlash tokining korreksiyasi, U1 ning berilgan miqdoriga qarab, УТП ning qo‘shimcha magnitlash chulg‘ami 4 orqali kuchlanish korrektori yordamida nihoyasiga etkaziladi.
U mumiy holda kuchlanish korrektorining tarkibiga me’yorlash avtotransformatori УАТ orqali kuchlanish transformatori  zanjiriga ulanadigan ikkita o‘lchash elementi I1 va I2 kiradi.
O‘lchash elementi I1 ning chiqishidagi to‘g‘rilangan tok I1 kirish kuchlanishiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shuning uchun bu element to‘g‘ri chizikli element deb ataladi.
Yüklə 24,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə