Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə19/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

68-masala*. Uzunchoq va yashil mevali tarvuz ( № 1 va № 2) o‘simliklari yumaloq va chipor mevali ( № 3 va № 4) o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda quyidagi natijalar olingan:
1) № 1 va № 3 chatishtirishdan olingan F1 o‘simliklarining hammasi yumaloq va yashil mevali bo‘lgan.
2) № 2 va № 4 chatishtirishdan olingan F1 o‘simliklarining 20 tasi yumaloq va yashil mevali, 18 tasi yumaloq va chipor mevali, 22 tasi uzunchoq va yashil mevali hamda 25 tasi uzunchoq va chipor mevali bo‘lgan.
Olingan natijalarga qarab chatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.
Masalaning echilishi:
№ 1 № 3
1) P ♀ uzunchoq, yashil X ♂ yumaloq, chipor
aaBˍ Aˍbb
F1 yumaloq, yashil
Birinchi avlodda olingan natijadan ko‘rinib turibdi-ki, mevaning yumaloq shaklda bo‘lishi uzunchoq shakli ustidan va mevaning yashil rangi chipor bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. SHunga ko‘ra, № 1 tarvuzning genotipini aaB- va № 3 tarvuzning genotipini A-bb deb olish mumkin. Lekin, birinchi avlodda ajralish ketmaganligini hisobga olib, № 1 tarvuzning genotipi aaBB va № 3 tarvuzning genotipi Aabb deb olinadi. SHunga ko‘ra, № 1 x № 3 chatishtirishdan olingan natijani quyidagicha ifodalash mumkin:

P ♀ № 1 X ♂ № 3


aaBB AAbb
g aB Ab
F1 AaBb - yumaloq, yashil
uzunchoq, yashil yumaloq, chipor
2) P ♀ № 2 X ♂ № 4
F1 20 ta yumaloq, yashil; 18 ta yumaloq, chipor; 22 ta uzunchoq, yashil; 25 ta uzunchoq, yashil.
№ 2 x № 4 chatishtirishdan olingan natija 1 : 1 : 1 : 1 nisbatga yaqin ekanligini hisobga olib va № 1 x № 3 chatishtirish natijasiga asoslanib, № 2 tarvuzning genotipini aaBb va № 4 tarvuzning genotipini Aabb deb belgilash mumkin. SHunga ko‘ra, № 2 x № 4 chatishtirishdan olingan natijani quyidagicha ifodalash mumkin:
P ♀ № 2 X ♂ № 4
aaBb Aabb
g aB, ab Ab, ab
F1 AaBb - yumaloq, yashil
Aabb - yumaloq, chipor
aaBb - uzunchoq, yashil
aabb - uzunchoq, chipor.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə