Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə60/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

191-masala. Odamlarda ter bezlarining yo‘qligi retsessiv belgi bo‘lib, uni rivojlantiruvchi gen X xromosomada joylashgan. Albinizm (terida pigmentning bo‘lmasligi) retsessiv autosomali belgi hisoblanadi. Terisi normal rangli va ter bezlariga ega bo‘lgan ayol terisi normal rangli va ter bezlariga ega bo‘lgan erkak bilan turmush qurgan. Bu oilada albinos va ter bezlari bo‘lmagan o‘g‘il tug‘ilgan. Ota-onaning o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha genotiplarini aniqlang.


192-masala*. Ikkita qizil ko‘zli, uzun qanotli drozofila pashshalari o‘zaro chatishtirilib, quyidagi avlodlar olindi:
Urg‘ochi pashshalar: 3/4 qism qizil ko‘zli va uzun qanotli,
1/4 qism qizil ko‘zli va rudiment qanotli.
Erkak pashshalar: 3/8 qism qizil ko‘zli va uzun qanotli,
3/8 qism oq ko‘zli va uzun qanotli,
1/8 qism qizil ko‘zli va rudiment qanotli,
1/8 qism oq ko‘zli va rudiment qanotli.
Ota-ona genotiplarini aniqlang. Ko‘z rangiga aloqador genlar jins bilan birikkan holda naslga beriladi. Qanotning shakli autosoma genlari tomonidan boshqariladi.
Masalaning echilishi:
Belgi Gen
Qizil ko‘z A
Oq ko‘z a
Uzun qanot B
Rudiment qanot b

Avlodda ko‘z rangi va qanot shakli bo‘yicha retsessiv duragaylarning olinishi ota-ona sifatida olingan drozofila pashshalarining bu belgilar bo‘yicha geterozigota ekanligini ko‘rsatadi.


qizil ko‘zli, qizil ko‘zli,


uzun qanotli uzun qanotli
P ♀ XAXa Bb X ♂ XAY Bb
g XAB, XaB, XAb, Xab XAB, XAb, YB, Yb
F1 1. XAXA BB – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli
2. XAXA Bb – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli
3. XAXa BB – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli
4. XAXa Bb – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli
5. XAXA Bb – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli
6. XAXA bb – ♀ qizil ko‘zli, rudiment qanotli
7. XAXa Bb – ♀ qizil ko‘zli, uzun qanotli
8. XAXa bb – ♀ qizil ko‘zli, rudiment qanotli
6/8 yoki 3/4 qism qizil ko‘zli va uzun qanotli urg‘ochi pashshalar,
2/8 yoki 1/4 qism qizil ko‘zli va rudiment qanotli urg‘ochi pashshalar.

1. XAY BB – ♂ qizil ko‘zli, uzun qanotli


2. XaY BB – ♂ oq ko‘zli, uzun qanotli
3. XAY Bb – ♂ qizil ko‘zli, uzun qanotli
4. XaY Bb – ♂ oq ko‘zli, uzun qanotli
5. XAY Bb – ♂ qizil ko‘zli, uzun qanotli
6. XaY Bb – ♂ oq ko‘zli, uzun qanotli
7. XAY bb – ♂ qizil ko‘zli, rudiment qanotli
8. XaY bb – ♂ oq ko‘zli, rudiment qanotli
3/8 qism qizil ko‘zli va uzun qanotli erkak pashshalar,
3/8 qism oq ko‘zli va uzun qanotli erkak pashshalar,
1/8 qism qizil ko‘zli va rudiment qanotli erkak pashshalar,
1/8 qism oq ko‘zli va rudiment qanotli erkak pashshalar.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə