Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə62/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

195-masala. Sariq, silliq donli makkajo‘xori o‘simliklari oq, burishgan donli o‘simliklar bilan chatishtirilgan. Lekin, duragay chatishtirish o‘tkazilishiga qaramay, F2 da olingan o‘simliklarning 75 % i sariq, silliq donli va 25 % i oq, burishgan donli bo‘lgan. Tajriba takrorlanib, ko‘p miqdordagi o‘simliklar o‘rganilganda ham natija o‘zgarmagan. Nima uchun F2 da nazariy jihatdan fenotip bo‘yicha 9:3:3:1 nisbatda emas, balki 3:1 nisbatda ajralish ketgan? Sababini tushuntiring.


196-masala. Gomozigotali sariq, burishgan donli makkajo‘xori o‘simliklari oq, silliq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o‘simliklari sariq, silliq donli bo‘lgan, F2 da esa olingan o‘simliklarning 1/4 qismi sariq, burishgan; 2/4 qismi sariq, silliq va 1/4 qismi oq, silliq donli bo‘lgan, ya’ni F2 da don rangi va shakli bo‘yicha 1:2:1 nisbatda ajralish ketgan. F1 duragaylari boshlang‘ich har ikki ota-ona o‘simliklar bilan qayta chatishtirilsa, olingan o‘simliklar don rangi va shakli bo‘yicha qanday nisbatga ega bo‘ladi? O‘rganilayotgan F1, F2, FB, ota-ona o‘simliklarining genotipini aniqlang.


197-masala. Sariq, silliq donli makkajo‘xori o‘simliklari oq, burishgan donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da don rangi bo‘yicha xilma-xillik kuzatilgan. Bunda olingan o‘simliklarning 46 % i sariq, silliq; 46% i oq, burishgan; 4 % i sariq, burishgan va 4 % i oq, silliq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun va chatishtirishdan keyin olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.


198-masala. Sariq, silliq donli makkajo‘xori o‘simliklari oq, burishgan donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 45,5 % i sariq, silliq; 45,5 % i oq, burishgan; 4,5 % i sariq, burishgan va 4,5 % i oq, silliq donli bo‘lgan. Barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang.


199-masala. Makkajo‘xori o‘simligida donning sariq rangda bo‘lishini ta’min etuvchi dominant A geni va donning silliq shaklda bo‘lishini ta’min etuvchi dominant B geni bitta xromosomada birikkan holda joylashgan. Ular orasidagi masofa 12 krossingover birligiga teng deb olsak, quyidagi genotipga ega bo‘lgan o‘simliklar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi? Ularning nisbati foiz hisobida qanday bo‘ladi?
A B
═══
a b



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə