Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə63/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

200-masala. Makkajo‘xori o‘simligining digeterozigotali sariq, silliq donli o‘simliklari gomozigotali retsessiv oq, burishgan donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 16,2 % oq, silliq donli va sariq, burishgan donli rekombinant o‘simliklar olingan. A va B genlari orasidagi masofa qanday krossingover birligiga teng?


201-masala. Drozofila pashshasida tananing kulrang bo‘lishi (A) qora bo‘lishi (a) ustidan, qanotning uzun bo‘lishi (B) kalta bo‘lishi (b) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. A va B genlari bitta xromosomada joylashgan bo‘lib, ularning allellari - a va b genlari shu xromosomaning gomologida joylashgan. Kulrang tanali, uzun qanotli digeterozigotali pashshalar o‘zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda olinadigan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi? Ularning nisbati-chi? Digeterozigotali pashshalar retsessiv qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi?


202-masala*. Tajribalarda makkajo‘xori o‘simligi donining rangi va shaklini ta’min etuvchi A va B genlari o‘rtasidagi masofa xromosomada 4,6 krossingover birligiga teng ekanligi aniqlangan. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan o‘simliklar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi va ularning nisbati foiz hisobida qanday bo‘ladi?
A B
═══
a b
Masalaning echilishi:
A B A B a b
═══ = ─── , ─── (krossingoversiz)
a b
A B A b A b A b a B
═══ → ═×═ → ═══ = ─── , ─── (krossingover natijasida)
a b a B a B

Makkajo‘xori o‘simliklari digeterozigotali bo‘lganligi uchun ayrim hujayralarda gomologik xromosomalar o‘rtasida krossingover ketishi natijasida ular to‘rt tipdagi gametalarni hosil qiladi:


A B a b A b a B
─── , ─── (normal) va ─── , ─── (krossover)
Xromosomada A va B genlari orasidagi masofa 4,6 krossingover birligiga teng bo‘lgani uchun krossover gametalarning miqdori ham 4,6% ga teng bo‘ladi
A B a b
yoki ─── tipdagi gametalar 47,7 % ni, ─── tipdagi gametalar ham 47,7%
A b a B
ni, ─── tipdagi gametalar 2,3 % ni va ─── tipdagi gametalar 2,3 % ni tashkil qiladi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə