Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə70/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

223-masala*. 84000 tup javdar o‘simligining 210 tupi aa genotipli albinos o‘simliklardan tashkil topgan bo‘lsa, A va a allellar hamda geterozigotali o‘simliklarning chastotalarini aniqlang.
Masala shartiga ko‘ra, retsessiv gomozigotali individlarning genotipi aa (q2) ma’lum. Bu erda a allelining (q) chastotasini topamiz. aa genotipining uchrash chastotasini aa (q2) birliklar bilan ifodalaymiz. Buning uchun barcha o‘simliklar sonini 1 ga teng deb olamiz, ya’ni 84000 = 1. U holda aa (q2) genotipning chastotasi: q2 = 210 : 84000 = 0,0025; a allelining chastotasi
q = √q2 =√0,0025 = 0,05
p + q = 1 formulasidan foydalanib, A allelining (p) chastotasini aniqlaymiz: p = 1 – q = 1 – 0,05 = 0,95
Geterozigotali o‘simliklarning uchrash chastotasi Aa = 2 pq = 2 (0,95 x 0,05) = 0,095.


224-masala*. Odam populyasiyasi 51% yoki 0,51 chastotada jigarrang ko‘zli hamda 49% yoki 0,49 chastotada ko‘k ko‘zli individlardan tashkil topgan. Mazkur populyasiyada A va a allellari, AA, Aa genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang (jigarrang ko‘z ko‘k ko‘z ustidan to‘liq dominantlik qiladi).
Masalaning echilishi:
Xardi-Vaynberg formulasiga muvofiq, ko‘k ko‘zli aa genotipning uchrash chastotasi aa = q2 = 0,49 ga teng. U holda a allelining uchrash chastotasi q = √q2 = √0,49 = 0,7 ga teng bo‘ladi. Allellarning yig‘indisi 1 ga tengligini bilgan holda A allelining chastotasi - p aniqlanadi: p = 1 – q = 1 – 0,7 = 0,3
Dominant gomozigotali AA genotipning uchrash chastotasi AA = p2 = 0,32 = 0,09 yoki 9% ga teng.
Geterozigotali Aa genotipning uchrash chastotasi Aa = 2 pq = 2 (0,3 x 0,7) = 0,42 yoki 42% ga teng.


225-masala*. Zoti noma’lum bo‘lgan itlar populyasiyasi 245 ta kalta oyoqli va 24 ta normal oyoqli itlardan tashkil topgan. Itlarda kalta oyoqlik (A) oyoqlarning normal uzunlikda bo‘lishi (a) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. SHu populyasiyada A va a allellarning, shuningdek, AA, Aa va aa genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang.
Masalaning echilishi:
normal oyoqli itlar genotipining aa bo‘lishini bilgan holda, a allelining chastotasini aniqlash mumkin: aa = q2 deb olib, itlarning populyasiyadagi umumiy sonini 1 ga teng deb olinsa, u holda aa = 24 : 269 = 0,09 yoki aa genotipning chastotasi 0,09 ga teng ekanligi topiladi, allelning uchrash chastotasi esa q = √q2 = √0,09 = 0,3 ga teng bo‘ladi. Dominant A p = 1 – q =
1 – 0,3 = 0,7 ga teng.
AA genotipining uchrash chastotasi AA = p2 = 0,72 = 0,49 ga va Aa genotipining uchrash chasyototasi Aa = 2 pq = 2 (0,7 x 0,3) = 0,42 ga teng.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə