Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə69/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

220-masala*. Agar aa gomozigotali individlar populyasiyaning 1 foizini tashkil qilsa, u holda AA va Aa genotiplarga ega bo‘lgan individlarning uchrash chastotalarini aniqlang.
Masalaning echilishi:
masala shartiga ko‘ra, retsessiv gomozigotali aa genotipli individlar populyasiyada 1 % yoki 0,01 holida uchraydi. SHunga ko‘ra, a allelning chastotasi (q) topiladi: a = q = √q2 = √0,01 = 0,1 yoki q = 0,1. Bunday holda dominant A allelining uchrash chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,1 = 0,9 yoki p = 0,9 bo‘ladi. AA genotipli individlarning uchrash chastotasi esa 0,81 ga teng bo‘ladi, ya’ni AA = p2 = 0,92 = 0,81. Aa genotipli individlarning chastotasini quyidagicha topamiz: Aa = 2 pq = 2 (0,9 x 0,1) = 0,18
SHunday qilib, o‘rganilayotgan populyasiya 81% AA genotipli, 18% Aa genotipli va 1% aa genotipli individlardan tashkil topgan.


221-masala*. Quyidagi populyasiyalarda A alleli (p) va a alleli (q) ning uchrash chastotalarini aniqlang:
a) AA = 36%, Aa = 48%, aa = 16%;
b) AA = 64%, Aa = 32%, aa = 4%;
v) AA = 49%, Aa = 42%, aa = 9%.
Masalaning echilishi:
a) mazkur populyasiyada AA genotipli (p2) individlarning uchrash chastotasini bilgan holda, A allelining (p) uchrash chastotasini aniqlash mumkin: AA = p2 = 36% yoki 0,36
A = p = √p2 = √0,36 = 0,6
a allelining (q) uchrash chastotasini 2 xil yo‘l bilan topish mumkin:
1 ) p + q = 1 formulasidan foydalanib a allelning uchrash chastotasini topish, ya’ni q = 1 – p = 1 – 0,6 = 0,4;
2) aa = 16% 0,16 a = q = √q2 = √0,16 = 0,4
Bu masalaning b va v punktlari ham xuddi shu tartibda echiladi.


222-masala*. Makkajo‘xori o‘simligining ayrim navlarida albinos o‘simliklar (aa) 0,0025 chastota bilan uchraydi. A va a allellarning hamda AA va Aa genotiplarning uchrash chastotalarini hisoblab chiqing.
Masalaning echilishi:
b u masalada berilgan populyasiyada aa genotipli (q2) individlarning chastotalarini bilgan holda, a genining (q) uchrash chastotasini aniqlash mumkin: aa = q2 = 0,0025; a = q =√ q2 =√0,0025 = 0,05
p + q = 1 formulasidan foydalanib, A genining (p) uchrash chastotasini topamiz: p = 1 – q = 1 – 0,05 = 0,95
AA genotipning chastotasi AA = p2 = 0,952 = 0,9025
Aa genotipning chastotasi Aa = 2 pq = 2 (0,95 x 0,05) = 0,095
Populyasiya 90,25% AA genotipli, 9,5% Aa genotipli va 0,25% aa genotipli o‘simliklardan tashkil topgan.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə