Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə67/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
Genetika masala ishlash usullari

211-masala. Trigeterozigotali (AaBbCc) organizmlarni tahliliy chatishtirish natijasida olingan dalillarni genetik tahlil qiling.
ABC = 81 AbC = 129
abC = 2 Abc = 381
aBC = 372 ABc = 2
aBc = 120 abc = 73
Genlar orasidagi masofa va xromosomada genlarning joylashish tartibini aniqlang.


212-masala. Ikkita tajribada trigeterozigotali organizmlar orasida tahliliy chatishtirish o‘tkazilgan bo‘lib, ularda quyidagi natijalar olingan:
1) ABc = 290 2)ABC = 84
AbC = 37 ABc = 76
aBc = 39 AbC = 82
ABC = 151 Abc = 78
abc = 147 aBC = 86
Abc = 20 aBc = 74
aBC = 21 abC = 82
abC = 288 abc = 80
Har ikki tajribada olingan natijalarni genetik tahlil qiling.


213-masala. AaBbCc genotipli o‘simliklarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda quyidagi natija olingan:
AbC = 104 aBC = 5
abc = 180 Abc = 5
aBc = 109 abC = 191
ABc = 221 ABC = 169
Olingan natijani genetik jihatdan tahlil qiling.


214-masala. A, B, C genlari bitta birikish guruhida joylashgan. A va C genlari o‘rtasida olinadigan rekombinantlar miqdori 38 % ni, B va C genlari o‘rtasidagi rekombinantlar miqdori 20 % ni tashkil qilsa, qanday miqdorlarda genotiplar hosil bo‘ladi? Xromosomada bu genlar qanday tartibda joylashadi?


215-masala. A, B, C, D genlari bitta birikish guruhida quyidagi masofalarda joylashgan: A va B genlari orasidagi masofa 36 morganid, A va C genlari orasidagi masofa 20 morganid, A va D genlari orasidagi masofa 10 morganid. YUqorida keltirilgan genlarning xromosomada joylashish tartibini aniqlang va xromosoma xaritasini tuzing.


216-masala. Ikki variantda trigeterozigotali (AaBbCc) organizmlar bilan tahliliy chatishtirish o‘tkazilgan. Olingan natijalarni genetik tahlil qiling. Genlar orasidagi masofani hamda genlarning xromosomada joylashish tartibini aniqlang.
№ 1 № 2
ABC = 19 ABC = 55
ABc = 40 ABc = 49
AbC = 289 AbC = 51
Abc = 150 Abc = 50
aBC = 148 aBC = 53
aBc = 291 aBc = 56
abC = 37 abC = 48
abc = 21 abc = 52


217-masala. Ikki variantda trigeterozigotali organizmlar bilan tahliliy chatishtirish o‘tkazilgan. Olingan natijalarni genetik tahlil qiling. Genlar orasidagi masofani hamda genlarning xromosomada joylashish tartibini aniqlang.
№ 1 № 2
ABC = 42 ABC = —
ABc = 38 ABc = 3
AbC = 41 AbC = 46
Abc = 39 Abc = 68
aBC = 43 aBC = 72
aBc = 37 aBc = 48
abC = 40 abC = 2
abc = 45 abc = 1
218-masala. Uorren parrandalarda genlarning birikkan holda irsiylanishini o‘rganish uchun patlarning sekin rivojlanishini ta’min etuvchi S geni va patning kumushsimon rangda bo‘lishini ta’min etuvchi T geniga ega bo‘lgan parrandalarni shu belgilar bo‘yicha retsessiv bo‘lgan xo‘rozlar bilan chatishtirgan. F1 da olingan tovuqlarni retsessiv gomozigotali xo‘rozlar bilan qayta chatishtirib, quyidagi natijani olgan:
ST = 211; St = 14; sT = 68; st = 283.
Uorren bo‘yicha krossingover foizini aniqlang.


219-masala. Makkajo‘xorining yovvoyi tipi har uchta gen bo‘yicha retsessiv gomozigotali (bargning jigarrang tomirlanishi – bm; aleyronning qizil rangi – p; o‘simtaning sarg‘ish rangi – v) bo‘lgan forma bilan chatishtirilib olingan F1 duragaylari retsessiv forma bilan qayta chatishtirildi va quyidagi natija olindi:
bm+ p+ v+ = 232 bm p+ v+ = 77
bm+ p v = 84 bm p v+ = 194
bm+ p+ v = 201 bm+ p v+ = 40
bm p+ v = 46 bm p v = 235
Genlar orasidagi masofani aniqlab, xromosoma xaritasini tuzing.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə