Koreyaning asosiy iqtisodiy ko’rsatgichlari va aholi geografiyasi



Yüklə 1,3 Mb.
tarix26.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#131255
Koreyaning asosiy iqtisodiy ko’rsatgichlari va aholi geografiyasi

Koreyaning asosiy iqtisodiy ko’rsatgichlari va aholi geografiyasi


2316-guruh
Itimoiy-iqtisodiy ko’rsatgichlar
Yalpi ichki mahsulot hajmi 2015-yili 2.6 foizni tashkil qilsa 2016-yilga kelib bu ko’rsatgich 2.7 foizga oshdi va uning nominal hajmi qariyb 1.404 trilion dollarni tashkil qildi.Bu ko’rsatgich bo’yicha Janubiy Koreya dunyoning 11-o’rinini egallagan.
Aholining jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsuloti – 27.6 ming dollar.
YaIM tarkibida xizmat ko’rsatish sohasi – 66.2 foiz,sanoat – 27 foiz ,qurilish – 4.7 foiz,qishloq xo’jaligi 2.1 foizni tashkil etadi. Inflyatsiya darajasi 1%,bu koreya bankining belgilangan “chegarasi”2% ga nisbatan ancha past.Ishsizli darajasi 3.7%(1.1mln. Kishi).
Tashqi savdo hajmi – 901,2 milliard dollar,bunda eksport hajmi – 495,5 milliard, import – 405.7 milliard dollar.
Janubiy Koreyaning asosiy savdo hamkorlari:
Eksport bo’yicha – Xitoy (25%)
AQSH(13.5%)
Gongkong(6.6%)
Vetnam(6.5%)
Yaponiya(4.9%)
Singapur(2.6%)
Tayvan(2.5%)
Hindiston(2.5%)
Meksika(2.0%)
Import bo’yicha – Xitoy(11.5%)
Avstraliya(3.7%)
Vetnam(3.1%)
Qatar(2.5%)
Koreyaga jalb qilingan xorijiy investisiyalar hajmi 35.2 milliard dollarni tashkil etadi.
Janubiy koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha bo’lgan ildam iqtisodiy rivoji ,,Sharqiy Osiyo Mo’jizasi”deb atalgan.
1996-yil 12-dekabrda Koreya Iqtisodiy Hamkorlikva Rivojlanish Tashkiloti(IHRT)ga qabul qilinishi haqiqatdan Koreya iqtisodiyotinining avjiga chiqqan payti bo’ldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamg’arma sarmoyaga katta yordam berdi,shuningdek milliy ta’limning taraqqiy topishiga rag’bat bo’ldi.Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha o’g’il qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida ta’lim olishmoqda
Lekin rivojlanishga bo’lgan yo’l oson bo’lmagan. Bu yo’lga erishish turli qiyinchiliklarni yengib o’tish talab etdi.1945-yili Yaponiya qaramligida ozod bo’lganidan so’ng milliy iqtisodiyotni rivojlantirish xalqning hayot-mamot masalasiga aylandi. Tabiy boyliklar cheklanganligi, ichki bozorning zaifligi va iqtisodiy rivojlanish tajribasiga ega bo’lmasligiga qaramay, Koreya milliy iqtisodiyotning barqaror va mustaqil rivojlanishini amalga oshirdi.
1950-1953-yillarda bo’lib o’tgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning o’zaro urushib ikki qismga bo’linishi Koreya tuprog’ida buzg’unchilik va alamli xotiralar qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1.5 mlnni tashkil etadi.
Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxida 3.1 mlrd AQSh dollarni tashkil etdi.
Janubiy Koreyaning urushda ko’rgan zarari 1953-yilgi Milliy Yalpi Mahsulot(YMM)ning 85%ini tashkil etdi. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953-1960-yy) rivojlanish darajasi xorijiy davlatlarningyordamlari bo’lishiga qaramay past bo’ldi. Shunday bo’lsa-da, 1953-yildan 1995-yilgacha o’rtacha YMM o’sishi 7.6%ni tshkil etdi, bu esa 21 marta o’sganligidan dalolar berdi.
1960-yillarda boshlangan iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarissh sohasida o’z aksini topdi, asosan avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, elektronika, kemasozlik va po’latni qayta ishlash sohalari bunga misol bo’la oladi
Iqtisodiyot asosiy qismini qishloq xo’jaligi tashkil qilgan yillarham bo’lgan. Endilikda esa Janubiy Koreya qayta ishlash sohasi bilan g’ururlansa bo’ladi chunki 1997-yilning o’zida YMM ning 25.7%ini ishlab chiqarish tashkil etti.
1997-yilgi YMM 5%ga, 1996-yil 6.8%ga, 1995-yil esa 8.9%ga o’sish kuzatilgan edi. 1998-yil YMM o’sishi 6.7% manfiy ko’rsatgichni tshkil etdi. Buning asosiy sababi 1997-yilda Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy bo’ron oqibatidir. Xorijiy sarmoyadorlarning Xitoy kabi boshqa rivojlanayotgan davlatlarga sarmoyalarini lo’chirish bilan iqtisodiy ahvol yanada yanada salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qaramay, 1999-yil YMM o’sishi 10.9%, 2000-yil 9.3%, 2001-yil 3%, 2002-yil 6.3%ni, 2007-yil 4.8%ni va miqdori 1.2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Aholi soni-51 814 400 nafar(2022)
Zichlik 533 kishi. Janubiy Koreya aholisining katta qismini koreyslar tashkil etadi. Bundan tashqari kamida 300 ming nafar xitoyliklar istiqomat qilishadi. Janubiy Koreyaliklar o’ratacha 81.6 yil umr ko’rishadi.
Deyarli hamma koreys tilida so’zlashadi, maktablarda ikkinchi til o’laroq ingliz, yapon, xitoy, olmon va boshqa tillar o’rgatiladi.
2020-yil malumotlariga ko’ra Janubiy koreya aholisining 46 foizi dinsizlar.
Qolgan aholi o’zlarini yo xristian, yoki buddist, deb ko’rsatgan; boshqa dinlar nihoyatda kam tarqalgan
E’tiboringiz uchun
Rahmat
2316-guruh
Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə