Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43

79
bo‘lgan. J. Kuk (1771 — 1773- y.) ko‘plab orollarni xaritaga tu-
shirib tavsif bergan. XIX asrda ruslar 40 marotaba ekspeditsiya
uyushtirgan. Shu asrning oxirida „Chellenjer“ ekspeditsiyasi
(1873 — 1876- y.) Okeaniya orollari, aholisi haqida qiziqarli
ma’lumotlar to‘pladi. Bu borada M. N. Mikluxo-Maklay Yangi
Gvineyada papuaslar bilan birga 12 yil yashab (1871 — 1882- y.),
ularning yashash tarzi haqida bebaho ma’lumotlarni yozib
qoldirgan.
Geologik tuzilishi va relyefi. Orollarning geologik tarixi va
qanday jinslardan tuzilganligiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘-
lish mumkin. Materik orollari (Yangi Gvineya, Yangi Zelan-
diya), vulqonli orollar (Gavayi, Pasxa, Tuamotu), geosin-
klinal orollar (Mariana, Yangi Kaledoniya). Bulardan tash-
qari, Okeaniyada biogen (marjon, atoll, rif) orollar ko‘p
uchraydi. Okeaniyaning eng baland nuqtasi Yangi Gvineya oro-
lidagi Jaya cho‘qqisi (5 030 m) hisoblanadi.
Okeaniyaning yirik orollarida foydali qazilma konlari bor.
Jumladan, Yangi Kaledoniyada nikel, Yangi Gvineya va Yangi
Zelandiyada neft va gaz, Fiji va Yangi Gvineyada oltin, Nauru
orolida fosforit konlari bor.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Okeaniya, Melaneziya, Mikroneziya, Polineziya, atollar,
marjon orollari, vulqon orollari, arxiðelag.
Nazorat uchun savollar
1. Okeaniyaning yirik orollarida qanday foydali qazilma
konlari bor?
2. Okeaniyadagi orollar qanday qismlarga bo‘linadi?
Amaliy topshiriqlar
1. Okeaniyadagi vulqonlarni yozuvsiz xaritaga tushiring va
nomlarini yozing.
2. Okeaniyadagi yirik orollarni yozuvsiz xaritaga tushiring.


80
35- §. Okeaniya iqlimi, tabiat
zonalari va 
aholisi
Iqlimi.  Deyarli barcha orollar ekvatorial, subekvatorial va
tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Faqat Yangi Zelandiya va
unga yaqin bo‘lgan orollar subtropik va mo‘tadil iqlim min-
taqalariga to‘g‘ri keladi. Umuman, Okeaniya iqlimi iliq, yum-
shoq bo‘lib, haroratning tebranishi fasllar bo‘yicha kecha va
kunduzda ham katta emas. Kunduz tush paytida +30 °C, kechasi
+23 °C ni tashkil etadi. Yog‘inlar ko‘p yog‘adi, o‘rta hisobda
3 000 — 4 000 mm. Gavayi orolidagi tog‘larning shamolga ro‘-
para yonbag‘irlariga yiliga 12 500 — 14 000 mm yog‘in yog‘ishi
kuzatilgan. Yangi Gvineya tog‘larida 4 420 m dan yuqorida
doimiy qorlar, hatto kichik muzliklar bor. Yangi Zelandiya
tog‘larida ham qor-muzliklar ko‘p uchraydi.
Tabiat zonalari. Okeaniya orollarining asosiy qismi doimiy
yashil, nam o‘rmonlar va savannalar bilan qoplangan. Daraxt-
lardan qimmatlisi kokos  va  sago palmalari, kauchukli daraxt,
banan, non va qovun daraxtlari, mango, shakarqamish. Yangi
Zelandiyada  daraxtsimon paporotniklar,  kauri tilog‘ochi, karam
daraxti, zig‘ir va boshqa endemiklar o‘sadi. Tog‘larning sha-
molga ro‘para bo‘lgan yonbag‘irlarida, tekisliklarda qalin o‘r-
monlar bo‘lsa, teskari tomonida savannalar hosil bo‘lgan.
Hayvonot olami o‘ziga xos. Yangi Gvineya va unga yaqin
orollarda  kazuar tovug‘i (emu oilasiga mansub), Yangi Zelan-
diyada 3 turdagi kivi  tovuqlari,  pingvin va boshqa dengiz qush-
lari juda ko‘p (albatros, bo‘ron qushi, baliqchi qush). Orollarga
keltirilgan  kalamush, yovvoyilashgan mushuk, echki,  quyon
tabiatga juda katta zarar keltirmoqda.
Okeanlar hayvonlarning tarqalishi uchun katta qiyinchilik
tug‘diradi, bu Okeaniya hayvonot dunyosi tarkibi o‘ziga xos-
ligiga olib kelgan. Avvalo, sutemizuvchilarning deyarli mutlaqo
yo‘qligi hisobiga juda kamayib ketganligi bilan ta’riflanadi.
Aholisi.  Okeaniyada 16 mln ga yaqin aholi yashaydi (2016- y.


81
1- iyul). Yangi Zelandiyada tub joy aholisi maorilar  jami aho-
lining 15 % ini tashkil etadi. Asosiy aholisi ingliz — yangize-
landiyaliklardan iborat. Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya,
Yangi Gvineya, Gavayi orollarida kelgindilar ko‘p. Bu yerda
aholining ko‘pchiligi shaharlarda yashaydi. Boshqa orollarda
qishloq aholisi ko‘pchilikni tashkil etadi. Mahalliy aholi kokos
palmasi, banan, shakarqamish, ananas, qahva, kakao yetish-
tiradi. Baliqchilik, o‘rmonchilik, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish,
dengizdan dur olish, rangli metall rudalari, ko‘mir, neft qa-
zib chiqarishda ishlashadi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Sago palmasi, mango, karam daraxti, kazuar tovug‘i, kivi,
maorilar.
Nazorat uchun savollar
1. Okeaniyada qanday o‘simliklar uchraydi?
2. Okeaniyada qanday hayvonlar yashaydi?
3. Yangi Zelandiyaning tub joy aholisi kimlar?
Amaliy topshiriqlar
1. Okeaniyaga xos bo‘lgan o‘simliklardan daftaringizga yo-
zing.
2. Okeaniyaga xos bo‘lgan hayvonot dunyosini daftaringiz-
ga yozing.
ANTARKTIDA
36- §. Geografik o‘rni, o‘rganilish
tarixi, geologik tuzilishi, foydali
qazilmalari. Relyefi
Asosiy xususiyatlari. Doimiy muz bilan qoplangan yagona
materik, eng sovuq, o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland
(2 040 m), Janubiy qutbda Quyoshning chiqishi va botishi bir
6 — A. Soatov,  A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov


82
yilda faqat bir marta kuzatiladi, Yer yuzidagi eng kuchli sha-
mol shu yerga xos, chuchuk suv zaxirasi bo‘yicha (80 %)
yagona materik, o‘simlik va hayvonot olamida eng kambag‘al,
muzsiz zaminning  cho‘kmasi  bo‘yicha birinchi o‘rinda (2 555 m),
yagona yirik yarimoroli bor, Yer yuzasining „sovuqlik qutbi“
(„Vostok“ stansiyasi, –89,2 °C) va „janubiy magnit qutbi“ shu
yerda,  bironta  mamlakatga tegishli bo‘lmagan va tinchlik
hamda ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan yagona materik.
Geografik o‘rni. Antarktida yunoncha „anti“ — qarama-qar-
shi,  teskari, „arktika“ — shimoliy, ya’ni Arktikaning teskari to-
moni degan ma’noni anglatadi. Antarktika  — janubiy sovuq
o‘lka, uning maydoni 52,5 mln kv km. Antarktida  — yaxlit
muzli materik bo‘lib, maydoni 14 mln kv km. Antarktida Janu-
biy qutbiy doirada, boshqa materiklardan juda uzoqda joy-
lashgan yagona materik. Materikka tutashib turgan 12 ta tashqi
dengizlari bor.
Antarktidani 1820- yilning 16- yanvar kuni rossiyalik de-
ngizchilar F. Bellinsgauzen va M. Lazarevlar kashf etishdi. Nor-
vegiyalik R. Amundsen 1911- yilning 14- dekabr kuni birinchi
bo‘lib, undan bir oycha keyin ingliz R. Skott ikkinchi bo‘lib
qutbga bordi. Hozir Janubiy qutbda Amundsen — Skott nomi
bilan ataladigan ilmiy stansiya (AQSH) ishlab turibdi.
Antarktidani keng ko‘lamda mukammal o‘rganish Xalqaro
geofizik yil dasturini joriy qilish (1957 — 1958) munosabati bilan
boshlandi. 1959- yilda 11 ta mamlakat o‘rtasida „Antarktida
to‘g‘risida shartnoma“ qabul qilindi. Unga ko‘ra, materikdan faqat
ilmiy va turistik maqsadlarda foydalanishga kelishib olindi. Ayni
paytda 16 mamlakat olimlari materik tabiatini o‘rganishmoqda.
Geologik tuzilishi. Antarktida qadimgi Pangeya, keyinchalik
Gondvana yirik materiklaridan ajralib, mustaqil materikka
aylangan. Alp tog‘ burmalanishida ko‘tarilgan Transantarktida
tog‘ tizmasi Antarktidani ikki qismga bo‘lib turadi.
Antarktidaning qadimgi geologik tarixida issiq, mo‘tadil iq-
limlar va qalin daraxtlar o‘sgan davrlar bo‘lgan (masalan,
toshko‘mir davrida). Muz bosish 360 mln yil avval boshlangan.
Hozirgi muzliklar 20 mln yil muqaddam hosil bo‘lgan.


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə