Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43

90
Tropik mintaqaning Tinch okean sohillariga Peru sovuq
oqimi yog‘in keltirmaydi va deyarli yog‘in yog‘maydi. Natija-
da, shudring Afrikadagi Namib cho‘li kabi Atakama cho‘li
namligining yagona manbayi hisoblanadi.
Subtropik iqlim mintaqasi materikning 30° va 40° j. k. ora-
lig‘idagi hududlarni egallaydi. Mintaqaning sharqida namgar-
chilik ko‘p (1 000 — 2 000 mm), yanvarda havo harorati +25 °C,
iyulda +10 +15 °C atrofida bo‘ladi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini egal-
laydi. Tinch okean sohilida yil davomida ko‘p yog‘in yog‘adi
(2 000 — 3 000 mm), qishi yumshoq, yozi salqin keladi. Minta-
qaning sharqida mo‘tadil-kontinental iqlim tarkib topgan bo‘-
lib, yog‘in 300 — 400 mm, qishi sovuq, qorli.
And tog‘larida balandlik iqlim mintaqalari tarkib topgan.
Ichki suvlari. Janubiy Amerika eng sersuv materik. Uning
eng katta va eng sersuv Amazonka daryosi 500 dan ortiq ir-
moqqa ega. Keyingi yillarda uning uzunligi Ukayali irmog‘i
bilan birga 6 992 km ekanligi aytilmoqda. Uning o‘rta oqimidagi
kengligi 5 km, quyi oqimida 80 km, quyilish joyida 320 km ga
boradi. Amazonka daryo suvining „ teskari oqish“ hodisasi
1 400 km yuqori oqimgacha kuzatiladi. Bunga okeandagi qalqish
hodisasi sababchidir. Parana  daryosi  sersuvligi va uzunligi jiha-
tidan materikda ikkinchi o‘rinda turadi. Bu daryoda dunyodagi
eng keng (kengligi 2 700 m, balandligi 72 m) Iguasu sharsha-
rasi hosil bo‘lgan. Orinoko daryosida dunyodagi eng baland
(1 054 m) Anxel sharsharasi vujudga kelgan.
Materikda ko‘llar kam. Eng yirik ko‘li — Marakaybo mate-
rikning shimolida joylashgan.  U laguna ko‘llarining tiðik vaki-
lidir. And tog‘laridagi Titikaka ko‘li Yer sharidagi eng baland-
da joylashgan katta va chuchuk ko‘ldir. U dengiz sathidan
3 810 m balandlikda joylashgan.
Janubiy Amerikaning tekislik qismlarida yerosti suvlari, tog‘-
lari va yassi tog‘liklarida buloq suvlari, qor va muzliklar ko‘p.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Havo massalari, iliq va sovuq okean oqimlari, nam va ser-
suv materik, shudring, Iguasu, Anxel, Amazonka, Titikaka.


91
Nazorat uchun savollar
1. Janubiy Amerika iqlimi qanday omillar ta’sirida shakl-
lanadi?
2. Materikda qancha va qanday iqlim mintaqalari mavjud?
Amaliy topshiriqlar
1. Materik iqlim xaritasini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Materikdagi daryo va ko‘llarni daftaringizga yozing.
40- §. Janubiy Amerikaning tabiat
zonalari va balandlik
mintaqalari
Tabiat zonalari. Materikda kenglik va balandlik tabiat zo-
nalligi kuzatiladi. Uning tekislik qismida ekvatorial, subek-
vatorial o‘rmonlar, savannalar, dasht, chalacho‘l, cho‘l va
keng bargli o‘rmonlar zonalari shakllangan.
Ekvatorial o‘rmonlar zonasi. Janubiy Amerikada ekvatorial
o‘rmonlar zonasi ekvatorning har ikki tomonida joylashgan.
Ekvatorial o‘rmonlar bu yerda selva (portugalcha, „o‘rmon“)
deb ataladi. Janubiy Amerikada ekvatorial o‘rmonlar katta
maydonni egallagan. Amazonka havzasidagi o‘rmonlar egalla-
gan hududlarga Amazoniya deb nom berilgan. Faqat Braziliya
Amazoniyasidagina 4 000 ga yaqin daraxt turi uchraydi. Amazo-
niya ko‘pgina qimmatbaho  daraxtlar — kauchuk beradigan ge-
veya daraxti,  palmalarning har xil turlari, kakao daraxti,
seyba  (paxta) daraxti (balandligi 80 m),  qovun daraxti va
boshqalar vatani hisoblanadi. Eng yengil va qattiq bals daraxti
shu zonada o‘sadi. Undan T. Xeyerdal o‘zining „Kon-Tiki“ ke-
masini yasagan. O‘rmonlarda yirik daraxtlar tanasiga chirmashib
ketgan chirmoviq o‘simliklar o‘sadi.
Afrikadagidek bu yerda ham ekvatorial o‘rmonlar tagida
podzollashgan  laterit  tuproqlar — qizil-sariq ferralitlar vujudga
kelgan.


92
Zonaning hayvonot dunyosi Osiyo
va Afrika hayvonlari kabi, daraxtlarda
yashashga moslashgan. Masalan, dumi
bilan osilib yashashga moslashgan may-
munlar,  yalqovlar,  hatto qurbaqa va
kaltakesaklar ham daraxtlarda yashaydi.
Daryolar bo‘yida, suv havzalarida va
botqoqli yerlarda tuyoqli hayvonlar —
tapirlar  va suv cho‘chqasi — karibarlar,
eng yirik bo‘g‘ma anakonda  iloni, yirt-
qich  piranya balig‘i — „daryo odamxo‘-
ri“ (17- rasm) yashaydi. Qalin o‘rmon-
lar orasida yirtqich hayvonlardan yaguar
uchraydi.
Qushlardan  kolibri qushi, xilma-xil to‘tilar, katta shaftoli-
xo‘rlar ko‘p tarqalgan. Yirik kapalaklar, yaltiroq qo‘ng‘izlar,
o‘rgimchaklar va chumolilarning xilma-xil turlari bor.
Subekvatorial o‘rmonlar zonasi. Bu zona Braziliya hamda
Gviana tog‘liklarining shimoliy yonbag‘irlarini egallaydi. Braziliya
tog‘ligidagi o‘rmonlarda yomg‘irli mavsum uzoq davom etadi,
qurg‘oqchil davr esa uch-to‘rt oygacha cho‘ziladi. Shu sababli
o‘rmonlarda bargini to‘kadigan daraxtlar soni orta boradi. Sub-
ekvatorial o‘rmonlarda yiliga 2 000 — 3 000 mm yog‘in yog‘adi.
Gviana tog‘ligining shimoliy qismida yog‘in bundan ham ko‘p
yog‘adi. Natijada doimiy yashil o‘rmonlar tarkib topgan.
Savannalar zonasi subekvatorial iqlim mintaqalari hududi-
dagi pasttekisliklarda, yassi tog‘liklarda tarkib topgan.
Savannalarning hayvonot dunyosida kichik bug‘ular — ma-
zamlar,  yovvoyi  cho‘chqalar — pekarlar,  zirhlilar — shox mod-
dadan iborat qalqoni bo‘lgan sutemizuvchi hayvonlar,  chumo-
lixo‘r,  kemiruvchilar, yirik qushlardan nandu  tuyaqushi yashaydi.
Bu zonada sernam savanna o‘rmonlari, quruq savanna, cho‘l-
ga aylangan savanna, siyrak o‘rmonli savanna va butazorli
savanna tabiat komplekslari mavjud.
Dashtlar zonasi. Dashtlar Janubiy Amerikada pampa (inde-
yeslar tilida „daraxtsiz yerlar“) deb ataladi. Dashtlarda, aso-
17- rasm. Piranya.


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə