Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43

95
tabiat komplekslariga bo‘linadi. Tog‘li hududida Shimoliy, Mar-
kaziy va Janubiy And, tekislikda esa Lyanos — Orinoko, Ama-
zoniya, Gviana va Braziliya yassi tog‘lari, Patagoniya kabi kichik
tabiiy geografik o‘lkalarni ajratish mumkin. Ayrim tabiat kom-
plekslariga qisqacha tavsif beramiz.
Amazoniya pasttekisligi materikning eng katta botqoqlashgan
hududidir. U Gviana va Braziliya yassi tog‘liklari oralig‘ida
joylashgan.
Amazoniya issiq va nam iqlimli o‘lka hisoblanadi. Yil bo‘yi
harorat +24 °C, +27 °C atrofida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik 1 500 —
3000 mm ni tashkil etadi. Daryo tarmoqlari nihoyatda zich
joylashgan. Bu daryolar qor, muz, yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi.
Amazoniyaning g‘arbiy qismi ko‘p yarusli doimiy yashil
ekvatorial o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda yo‘g‘onligi
15 quloch keladigan baland bo‘yli seyba — paxta daraxti, qim-
matli yog‘och beradigan sedrella daraxti, xilma-xil palmalar,
Braziliya nomining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan pay brazil
daraxti  (qizil daraxt),  kakao daraxti, kauchuk beradigan geveya
daraxti o‘sadi. Suv bosmaydigan yerlarda sutli daraxt, qizil
rangli mango daraxti, Braziliya yong‘og‘i ko‘p uchraydi.
Bu kichik o‘lkada daraxt baqalari, turli xil ilonlar, eng kat-
ta ilon — anakonda,  toshbaqa va kaltakesak kabi hayvonlar
yashaydi. Daryolarda, shuningdek, kaymanlar,  alligatorlar
hamda  baliqlar ko‘p uchraydi.
Braziliya yassi tog‘ligi Amazonka va La-Plata pasttekisliklari
hamda Atlantika okeani oralig‘ida joylashgan. U, asosan, eng
qadimgi kristall va metamorfik tog‘ jinslaridan tuzilgan. Kristall
jinslar orasida temir, olmos, oltin, uran rudalari, marganes,
rangdor metall rudalarining katta konlari bor. Yassi tog‘likning
yuzasi chuqur daryo vodiylari bilan parchalangan, ular past-
baland qirlarni eslatadi. Yassi tog‘likning katta qismi subekva-
torial va tropik, janubiy qismi esa subtropik mintaqalarda
joylashgan. Shuning uchun bu o‘lkada yanvarning o‘rtacha ha-
rorati +22 °C dan +29 °C gacha, iyulning o‘rtacha harorati
+12 °C gacha kuzatiladi. Yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 1 400 —
2 000 mm ga teng.


96
Braziliya yassi tog‘ligining barcha daryolari yomg‘irdan
to‘yinadi. Bu yerda doimiy sernam yashil tropik o‘rmonlar At-
lantika okeanidan uzoqlashgan sari butazor savannalar hamda
o‘tloq savannalar bilan almashinib boradi. Shimoliy qismidagi
o‘rmonlarda yelimli palma o‘sadi. Janubida Braziliya  arauka-
riyasi, doimiy yashil va aralash subtropik o‘rmonlar bor. O‘r-
monlarning birinchi yarusida doimiy yashil o‘simliklar keng
tarqalgan, ular orasida Paragvay choyi alohida ajralib turadi.
Siyrak o‘rmonlarda va savannalarda qiziltumshuq,  yolli bo‘ri,
qizil bug‘u, nandu tuyaqushi, tapirlar yashaydi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
And, Amazoniya, Orinoko, Braziliya, Gviana, anakonda,
daraxt baqasi, piranya, Paragvay choyi.
Nazorat uchun savollar
1. Materik hududini tabiiy geografik o‘lkalarga ajratishda
nima asos  qilib olingan?
2. Tekislikli Sharq tabiati haqida nimalarni bilasiz?
Amaliy topshiriqlar
1. Amazoniyaning tabiatini daftaringizga yozing.
2. Braziliya yassi tog‘ligi bilan Amazoniyani bir-biriga taq-
qoslang, ular o‘rtasida qanday tafovutlar borligini aniqlang.
42- §. 
Janubiy Amerika aholisi
Aholisi. Janubiy Amerikada 419 mln aholi yashaydi (2016- y.
1- iyul), ularning tarkibi juda murakkab. Materikka kishilar
bundan 20 ming yillar ilgari Osiyodan kelgan. XVI asrda dast-
lab ispanlar bilan portugallar, keyinchalik esa Yevropa, Osiyo
va Afrika mamlakatlaridan kelib o‘rnashgan.


97
Hozirgi paytda Janubiy Amerikada insoniyatning har uchala
irqi vakillari yashaydi. Yevropaliklar bilan indeyeslarning cha-
tishishidan hosil bo‘lgan avlodlar metislar, yevropaliklar bilan
negrlar nikohi avlodlari mulatlar  deyiladi. Indeyeslar bilan
negrlar chatishmasi sambo deb ataladi. Aholining ko‘pchiligi
ispan tilida, braziliyaliklar portugal tilida so‘zlashadilar.
Yevropaliklar kelgan vaqtdan hindu xalqlarining ko‘pchiligi
taraqqiyotning urug‘chilik-qabilachilik darajasida bo‘lgan. Faqat
And tog‘larida inklarning qadimgi davlatlari mavjud edi. Ularda
xo‘jalik va madaniyat rivojlangan bo‘lgan. Inklarning ulkan ibo-
datxona va saroylarining xarobalari, yo‘llari, sug‘orish kanallari
hozirgacha ham kishilarni hayratga soladi.
Tekislikda esa hindular makkajo‘xori, kartoshka, yeryon-
g‘oqni birinchi bo‘lib eka boshlaganlar, hozir esa bu ekinlar
dunyoning ko‘p mamlakatlarida yetishtiriladi.
Materikning yevropaliklar tomonidan bosib olinishi tubjoy
aholisiga beqiyos falokat keltirgan. Inklar davlati talangan. At-
lantika bo‘yidagi o‘lkalarda yashovchi hindular qullarga aylanti-
rilgan, ularning bir qismi materik ichkarisidagi hayot kechirish
uchun noqulay yerlarga siqib chiqarilgan. Hindular sonining
kamayishi yevropaliklarni ishchi kuchi qidirishga majbur qildi.
Plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan negr qullarni îlib
kela boshladilar.
Materik aholisi orasida tillar, urf-odatlar, ma’naviyatning
aralashib ketishi ro‘y berdi.
Aholining joylashishi. Aholi materikda juda notekis o‘rnash-
gan. Aholining ko‘pchligi okeanlar sohillarida, ya’ni kelgindi-
lar ko‘chib kelgan yerlarda yashaydi. And to‘g‘larining marka-
ziy yassitog‘liklarida ham aholining zichligi katta. Materikning
keng ichki tekisliklarida aholi siyrak o‘rnashgan. Ekvatorial o‘r-
monlarning ayrim joylarida aholi deyarli yashamaydi.
Tabiatiga insonning ta’siri.  Milliy bog‘ va qo‘riqxonalari. Ja-
nubiy Amerika tabiatiga insonning ta’siri materikka yevropa-
liklar kirib kelgandan so‘ng kuchaydi. O‘rmonlar ayovsiz kesil-
di, ekinzor va yirik plantatsiyalar barpo etildi. Natijada, dun-
yodagi eng yirik o‘rmonzorlardan biri — Amazoniya o‘rmonlari
7 — A. Soatov,  A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə