Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43

83
Foydali qazilmalari. Materik zaminida qora va rangli metal-
lar rudalari (mis, qo‘rg‘oshin), toshko‘mir, olmos, uran va
boshqa qazilma boyliklar topilgan. Neft, gaz, grafit, sluda va
tog‘ xrustali kabi foydali qazilmalarning borligidan dalolat be-
ruvchi belgilar aniqlangan.
Relyefi. Materik o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland
hisoblanadi. Muz qoplamining o‘rtacha qalinligi 2 000 m atro-
fida. Muzning eng qalin joyi 4 500 m ga boradi. Lekin muz tagi
relyefining deyarli 70 % i dengiz sathidan pastda joylashgan.
Berd tekisligidagi Bentli cho‘kmasining muzsiz mutlaq chu-
qurligi –2 555 m, muz tagi relyefining o‘rtacha balandligi esa
110 m. Bu jihatdan, Antarktida eng past materik hisoblanadi.
Materikning eng baland qismi Elsuert tog‘idagi Vinson (5 140 m)
massividir (15- rasm).
15- rasm.  Antarktidaning tabiiy xaritasi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Maydoni – 14 000 000 km
2
Eng baland yeri –
Vinson massivi (Elsuert
tog‘lari) – 5 140 m
Eng past yeri – Bentli
cho‘kmasi (Muz
tog‘i) – 2 555 m
Muz yuzasining o‘rtacha
balandligi – 2 040 m
Masshtab
Ilmiy stansiyalar va
(AQSH) qaysi davlatga
mansubligi
Janubiy magnit qutbi
Muz qoplami gorizontal-
lari (m hisobida)


84
Janubiy Amerikadagi And tog‘larining bevosita davomi
tariqasida Transantarktida zanjirli tizma tog‘lari materikni ikkiga
bo‘lib turadi. Materikda uchta harakatdagi vulqon bor. Shulardan
eng balandi — Erebus vulqoni (3 794 m). Tog‘larning muzlardan
chiqib turgan cho‘qqilarini fanda nunutaklar  deb atashadi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Antarktida, nunutaklar, Erebus vulqoni, Bentli cho‘kmasi,
ilmiy stansiyalar, R. Amundsen, R. Skott.
Nazorat uchun savollar
1. Antarktidaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Tadqiqotchi va qutbchilarning kashfiyotlarini aytib bering.
3. Materik relyefi haqida nimalarni bilasiz?
Amaliy topshiriqlar
1. Antarktida relyefini yozuvsiz xaritaga tushiring, ilmiy
stansiyalar nomini yozing.
2. Relyefga tegishli alohida tushuncha va atamalarni tav-
siflang.
37- §. Iqlimi va tabiat
 komplekslari
Iqlimi. Materikning geografik o‘rni va muz-qor bilan qop-
langanligi o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini keltirib chiqargan.
Materik ichkarisida sovuq va quruq antarktida havo massalari
(antisiklon) shakllanadi. Natijada, yuqori havo bosimi ta’sirida
shimolga yo‘nalishdagi kuchli shamollar okean tomonga esadi.
„Shamollar oqimi“ nomini olgan bunday shamollar 600 —
800 km kenglikdagi hududda esadi, tezligi esa bir soniyada
30 — 35 m, ba’zan 90 m gacha yetadi. Qorli bo‘ronlari tez-tez
takrorlanib turadi. Ba’zi joylarda bir yilda 340 kun bo‘ronli
bo‘lishi aniqlangan.
Qish oylarida (aprel-sentabr) havoning o‘rtacha harorati


85
–60 °C, ko‘pincha –70 — 80 °C dan past bo‘ladi. Rossiyaning
„Vostok“ ilmiy stansiyasida havo harorati –89,2 °C ga pasay-
ganligi kuzatilgan. Shuning uchun bu yerga sayyoramizning
„sovuqlik qutbi“ deb nom berilgan.
Yoz oylarida (oktabr-mart) muz-qor quyosh energiyasining
80 % dan ko‘prog‘ini qaytaradi. Materik ichkarisida havo haro-
rati –36 °C dan yuqori ko‘tarilmaydi. Lekin sohil bo‘ylarida ha-
rorat 0 °C atrofida bo‘ladi. Ko‘plab aysberglar ajralib chiqadi.
Materik markazida yog‘in miqdori 30 — 50 mm, sohilga
tomon  ortib boradi (600 — 700 mm).
Antarktida hududida ikkita iqlim mintaqasini ajratish mum-
kin: antarktika va subantarktika. Materikda chuchuk suvlarning
80 % zaxirasi muz holatda to‘plangan.
Organik dunyosi. Materikning muz-qorlar bilan qoplangan
ichki qismlarida organizmlar yo‘q hisobi. Lekin materikka tu-
tash okean suvlarida hayvonot olami nisbatan ko‘p. Bu sohil
zonasida plankton va kril (mayda baliq)larni iste’mol qiladigan
ko‘k kitlar, tulenlar, dengiz qoploni, janubiy  dengiz mushugi,
dengiz sheri va ko‘plab pingvinlar yashaydi (16- rasm). Bu yerda
pingvinlarning 17 turi tarqalgan. Ayniqsa, go‘zal imperator
(bo‘yi 1 m atrofida, og‘irligi 50 kg gacha) va kichikroq adeli
pingvinlari ko‘p. Pingvinlar suvda yaxshi suzadi, baliqlar, mol-
luskalar va qisqichbaqalar bilan oziqlanadi.
16- rasm.  Antarktida hayvonlari.
Pingvin
Dengiz qoploni
Dengiz mushugi
Dengiz sheri


86
Antarktida sohilida o‘ldirilgan eng katta ko‘k kitning uzunligi
33 m, og‘irligi 160 t, sof yog‘i 20 t atrofida bo‘lgan. 1967-
yildan boshlab, ko‘k kitlarni ovlash taqiqlangan.
 Antarktidada juda katta chuchuk suv zaxirasi to‘plangan.
Undan ajralib chiqqan aysberglarni shatakka olib, qurg‘oqchil
o‘lkalarni suv bilan ta’minlash rejalari tuzilgan.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Antarktika havo massalari, „shamollar oqimi“, „sovuqlik
qutbi“, pingvin, ko‘k kit.
Nazorat uchun savollar
1. Antarktidada yoz va qish oylarida qanday o‘zgarishlar
bo‘ladi?
2. Nega „Vostok“ stansiyasini „sovuqlik qutbi“ deb atashadi?
3. Antarktidada pingvinlarning qaysi turlari ko‘p uchraydi?
Amaliy topshiriqlar
1. Daftaringizga asosiy iqlim elementlarini yozing va bilib
oling.
2. Atlasdagi Antarktida iqlim xaritasini yozuvsiz xaritaga tu-
shiring.
JANUBIY AMERIKA
38- §. Geografik o‘rni, o‘rganilish
tarixi, geologik tuzilishi, foydali
qazilmalari. Relyefi
Asosiy xususiyatlari. Dunyodagi eng uzun va eng sersuv
daryosi, eng baland va eng keng sharsharasi, eng katta iloni,
eng mitti „odamxo‘r“ balig‘i, eng uzun tog‘i, eng katta daryo
havzasi, eng balandda joylashgan chuchuk suvli katta ko‘li, eng
baland harakatdagi vulqoni, eng qalin Amazoniya o‘rmonlari —
„sayyoramiz o‘pkasi“ bor. Eng sernam materik.


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə