Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43

98
maydoni qisqarib bormoqda. XX asrning boshlaridan tabiatni
muhofaza qilish masalalariga e’tibor berila boshlandi. Hozirgi
kunda ko‘p mamlakatlarda milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar bar-
po etilgan. Muhofaza etiladigan hududlar materikning 1 % ini
tashkil etadi. Eng yirik milliy bog‘ va qo‘riqxonalar — Jau,
Chako, Manu, Parakas, Podokarpus va boshqalardir (18-rasm).
Braziliyadagi Jau milliy bog‘i UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan va
xalqaro maqom berilgan.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Hindular, inklar, metislar, mulatlar, sambo, plantatsiya, Jau,
Chako, Manu, Parakas, Podokarpus.
Nazorat uchun savollar
1. Janubiy Amerikaga dastlab yevropaliklardan kimlar kelib
o‘rnashgan?
2. Mulatlar va sambo kimlarning avlodlari?
Amaliy topshiriqlar
1. Xaritadan foydalanib, Janubiy Amerika aholisi zich
yashaydigan hududlarni aniqlang va tahlil qiling.
2. Yozuvsiz xaritaga Janubiy Amerika milliy bog‘lari va
qo‘riqxonalarini tushiring.
Argentinadagi Chako milliy bog‘i
Braziliyadagi Jau milliy bog‘i
18- rasm. Janubiy Amerikadagi milliy bog‘lar.


99
SHIMOLIY AMERIKA
43- §. Geografik o‘rni, o‘rganilish
tarixi, geologik tuzilishi, foydali
qazilmalari. Relyefi
Asosiy xususiyatlari. Dunyodagi eng katta oroli bor mate-
rik (Grenlandiya, 2,2 mln kv km), eng katta arxiðelag shu ma-
terikda (Kanada Arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado kan-
yoni 2 km ga yaqin, uzunligi 446 km), eng uzun g‘ori (Flint-
Mamont, 500 km), eng go‘zal va maftunkor sharsharasi bor
(Niagara, bir yilda 10 mln sayyoh keladi), eng baland suv
qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i, 18 m), eng uzun vodiy muz-
ligi bor (Alyaskada, 145 km).
Geografik o‘rni. Shimoliy Amerika G‘arbiy va Shimoliy ya-
rimsharlarda joylashgan. U boshqa materiklarga nisbatan qutb
tomon uzoq cho‘zilgan. Materikning shakli Janubiy Amerika
singari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi
o‘rinda turadi.
Materik qirg‘oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda
Panama bo‘yni orqali (eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika
bilan tutashgan. Yevrosiyodan Bering bo‘g‘izi (kengligi 85 km)
orqali ajralib turadi.
O‘rganish tarixi. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Mal-
la) Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘r-
gandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli
qirg‘oqlarini kashf etdi. XVII asrda G. Gudzon, A. Makkenzi va
boshqalar materikning sharqiy va shimoliy qismlarini o‘rga-
nishdi. XX asr boshida R. Amundsen birinchi bo‘lib mate-
rikning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab suzib o‘tdi va Shimoliy
magnit qutbining geografik o‘rnini aniqladi. 1732- yilda rus say-
yohlaridan I. Fyodorov va M. Gvozdev materikning shimoli-
g‘arbiy sohillarini o‘rgandi. Aleut orollari va Alyaska sohillarini
o‘rganish va xaritaga tushirish ishlarini V. Bering, A. Chiri-


100
kovlar bajarishdi (1741- y.). Savdo-sotiq ishlarini yo‘lga qo‘-
yishda G. Shelexovning xizmatlari katta bo‘ldi. O‘sha paytda
Shimoli-g‘arbiy Amerikani Alyaska deb atashgan. U 1798- yilda
ruslar tomonidan monopoliyaga aylantirilgan va „Rus Ameri-
kasi“ nomi bilan atala boshlangan. 1867- yilda Alyaska AQSHga
sotib yuborilgan.
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Shimoliy Amerika
bilan Yevrosiyo qadimgi Lavraziya quruqligining tarkibiy qismi
bo‘lgan. Mezozoy erasining boshlarida Shimoliy Amerika
Yevrosiyodan ajralgan. So‘nggi 1 mln yil davomida Yevrosiyo
bilan Shimoliy Amerika bir-biridan 40 km masofaga uzoq-
lashgan. Materikning tekislik qismi qadimgi platformaga mos
keladi.
Tog‘lar (Kordilyera, Qoyali tog‘lar, Appalachi) kaledon,
gersin, mezozoy tog‘ burmalanishlarida ko‘tarilgan. Lekin alp
burmalanishida yoshargan. Tekisliklarda, asosan, cho‘kindi tog‘
jinslari uchrasa, tog‘li o‘lkalarda magmatik va metamorfik tog‘
jinslari tarkib topgan. G‘arbiy tog‘li mintaqada halokatli zil-
zilalar bo‘lib, vulqonlar otilib turadi.
Shimoliy Amerika foydali qazilmalarga boy. Magmatik va
metamorfik jinslardan tuzilgan tog‘ va yassi tog‘liklarda temir,
uran, mis, nikel,  oltin, kumush konlari bor. Ayniqsa, Appa-
lachi tog‘lari rudali qazilmalarga boy. Cho‘kindi tog‘ jinsi qat-
lamlarida  neft, gaz, ko‘mir, tuz kabi qazilmalar tarkib topgan.
Relyefi.  Shimoliy Amerikani relyef tuzilishiga ko‘ra ikkita
yirik qismga: tekislik va tog‘li qismlarga bo‘lish mumkin. Tog‘li
qismidagi Kordilyera, uning sharqidagi Qoyali tog‘lar asosiy
tog‘ tizimlaridir. Materikning eng baland nuqtasi Denali (2015-
yilgacha Mak-Kinli) cho‘qqisi (6 194 m), eng past nuqtasi Ajal
vodiysi (–86 m) ham tog‘ mintaqasida joylashgan. Katta
Havzaning janubi-sharqida Kolorado platosini Kolorado daryosi
kesib o‘tadi. U dunyodagi eng chuqur (2 km ga yaqin) va tor
dara — Katta Kanyonni hosil qiladi. Materikning tog‘li qismi
Tinch okean „olovli halqasi“ mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Bu
ulkan tizim Alyaska Kordilyerasi, Kanada Kordilyerasi, AQSH
Kordilyerasi va Meksika Kordilyerasiga bo‘linadi. Tekisliklar


101
materikning sharqiy qismini egallaydi. Materikning shimoliy
qismida  qirlar va adirsimon balandliklar uchraydi.  Bu hudud-
larda Lavrentiy qirlari, Markaziy tekislik, Missisiði pasttekisligi
va Buyuk tekisliklar asosiy relyef shakllaridir (ilovadagi 26-
rasmga qarang).
Materikning sharqiy qismida Appalachi tog‘i joylashgan. Bu
past tog‘ bo‘lib, Ural tog‘i singari keksa. Uning eng baland
cho‘qqisi Mitchell tog‘idir (2 037 m). Uning janubi-g‘arbiy
yonbag‘rida dunyodagi eng uzun (500 km) Flint-Mamont g‘ori
bor.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Kordilyera, Qoyali tog‘lar, „Rus  Amerikasi“, Appalachi,
Flint-Mamont, E. Rauda, A. Makkenzi.
Nazorat uchun savollar
1. Materikni o‘rganishda kimlar ishtirok etgan?
2. Rudali foydali qazilmalar qayerlarda tarqalgan?
3. Shimoliy Amerika relyefiga ko‘ra qanday qismlarga bo‘-
linadi?
Amaliy topshiriqlar
1. Shimoliy Amerika relyefi va foydali qazilmalarini yo-
zuvsiz xaritaga tushiring.
2. Shimoliy Amerikaning tabiiy xaritasi yordamida 40° sh. k.
bo‘ylab Atlantika okeanidan Tinch okeanga „sayohat“
qiling, qanday geografik obyektlardan o‘tishingizni so‘z-
lab bering.
44- §. Shimoliy Amerika iqlimi
va ichki suvlari
Iqlimi. Materikning shimoldan janubga uzoq masofaga
cho‘zilganligi iqlimning xilma-xil bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Iqlimning shakllanishida Tinch, Atlantika va Shimoliy Muz


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə