90
Tropik mintaqaning Tinch
okean sohillariga Peru sovuq
oqimi yog‘in keltirmaydi va deyarli yog‘in yog‘maydi. Natija-
da, shudring Afrikadagi Namib cho‘li kabi Atakama cho‘li
namligining yagona manbayi hisoblanadi.
Subtropik iqlim mintaqasi materikning 30° va 40° j. k. ora-
lig‘idagi hududlarni egallaydi. Mintaqaning sharqida namgar-
chilik ko‘p (1 000 — 2 000 mm), yanvarda havo harorati +25 °C,
iyulda +10 +15 °C atrofida bo‘ladi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini egal-
laydi. Tinch okean sohilida yil davomida ko‘p yog‘in yog‘adi
(2 000 — 3 000 mm), qishi yumshoq, yozi salqin keladi. Minta-
qaning sharqida mo‘tadil-kontinental iqlim tarkib topgan bo‘-
lib, yog‘in 300 — 400 mm, qishi sovuq, qorli.
And tog‘larida
balandlik iqlim mintaqalari tarkib topgan.
Ichki suvlari. Janubiy Amerika eng sersuv materik. Uning
eng katta va eng sersuv
Amazonka daryosi 500 dan ortiq ir-
moqqa ega. Keyingi yillarda uning uzunligi Ukayali irmog‘i
bilan birga 6 992 km ekanligi aytilmoqda. Uning o‘rta oqimidagi
kengligi 5 km, quyi oqimida 80 km, quyilish joyida 320 km ga
boradi. Amazonka daryo suvining
„ teskari oqish“ hodisasi
1 400 km yuqori oqimgacha kuzatiladi. Bunga okeandagi qalqish
hodisasi sababchidir.
Parana daryosi sersuvligi va uzunligi jiha-
tidan materikda ikkinchi o‘rinda turadi.
Bu daryoda dunyodagi
eng keng (kengligi 2 700 m, balandligi 72 m) Iguasu sharsha-
rasi hosil bo‘lgan.
Orinoko daryosida dunyodagi eng baland
(1 054 m) Anxel sharsharasi vujudga kelgan.
Materikda ko‘llar kam. Eng yirik ko‘li — Marakaybo mate-
rikning shimolida joylashgan. U laguna ko‘llarining tiðik vaki-
lidir. And tog‘laridagi Titikaka ko‘li Yer sharidagi eng baland-
da joylashgan katta va chuchuk ko‘ldir. U dengiz sathidan
3 810 m balandlikda joylashgan.
Janubiy Amerikaning tekislik qismlarida yerosti suvlari, tog‘-
lari va yassi tog‘liklarida buloq suvlari, qor va muzliklar ko‘p.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Havo massalari, iliq va sovuq okean oqimlari, nam va ser-
suv materik, shudring, Iguasu, Anxel, Amazonka, Titikaka.
91
Nazorat uchun savollar
1. Janubiy Amerika iqlimi qanday omillar ta’sirida shakl-
lanadi?
2. Materikda qancha va qanday iqlim mintaqalari mavjud?
Amaliy topshiriqlar
1. Materik iqlim xaritasini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Materikdagi daryo va ko‘llarni daftaringizga yozing.
40- §. Janubiy Amerikaning tabiat
zonalari va balandlik
mintaqalari
Tabiat zonalari. Materikda kenglik va balandlik tabiat zo-
nalligi kuzatiladi. Uning tekislik qismida ekvatorial, subek-
vatorial o‘rmonlar, savannalar, dasht, chalacho‘l, cho‘l va
keng bargli o‘rmonlar zonalari shakllangan.
Ekvatorial o‘rmonlar zonasi. Janubiy Amerikada ekvatorial
o‘rmonlar zonasi ekvatorning har ikki tomonida joylashgan.
Ekvatorial o‘rmonlar bu yerda
selva (portugalcha, „o‘rmon“)
deb ataladi. Janubiy Amerikada ekvatorial o‘rmonlar katta
maydonni egallagan. Amazonka havzasidagi o‘rmonlar egalla-
gan
hududlarga Amazoniya deb nom berilgan. Faqat Braziliya
Amazoniyasidagina 4 000 ga yaqin daraxt turi uchraydi. Amazo-
niya ko‘pgina qimmatbaho daraxtlar — kauchuk beradigan
ge-
veya daraxti,
palmalarning har xil turlari,
kakao daraxti,
seyba (paxta) daraxti (balandligi 80 m),
qovun daraxti va
boshqalar vatani hisoblanadi. Eng yengil va qattiq bals daraxti
shu zonada o‘sadi. Undan T. Xeyerdal o‘zining „Kon-Tiki“ ke-
masini yasagan. O‘rmonlarda yirik daraxtlar tanasiga chirmashib
ketgan chirmoviq o‘simliklar o‘sadi.
Afrikadagidek bu yerda ham ekvatorial o‘rmonlar tagida
podzollashgan
laterit tuproqlar — qizil-sariq ferralitlar vujudga
kelgan.
92
Zonaning
hayvonot dunyosi Osiyo
va Afrika hayvonlari kabi, daraxtlarda
yashashga moslashgan. Masalan, dumi
bilan osilib yashashga moslashgan
may-
munlar, yalqovlar, hatto qurbaqa va
kaltakesaklar ham daraxtlarda yashaydi.
Daryolar bo‘yida, suv havzalarida va
botqoqli yerlarda tuyoqli hayvonlar —
tapirlar va suv cho‘chqasi —
karibarlar,
eng yirik bo‘g‘ma
anakonda iloni, yirt-
qich
piranya balig‘i — „daryo odamxo‘-
ri“ (17- rasm) yashaydi. Qalin o‘rmon-
lar orasida yirtqich hayvonlardan
yaguar
uchraydi.
Qushlardan
kolibri qushi, xilma-xil
to‘tilar, katta
shaftoli-
xo‘rlar ko‘p tarqalgan. Yirik
kapalaklar,
yaltiroq qo‘ng‘izlar,
o‘rgimchaklar va
chumolilarning xilma-xil turlari bor.
Subekvatorial o‘rmonlar zonasi. Bu zona Braziliya hamda
Gviana tog‘liklarining shimoliy yonbag‘irlarini egallaydi. Braziliya
tog‘ligidagi o‘rmonlarda yomg‘irli mavsum uzoq davom etadi,
qurg‘oqchil davr esa uch-to‘rt oygacha cho‘ziladi. Shu sababli
o‘rmonlarda bargini to‘kadigan daraxtlar soni orta boradi. Sub-
ekvatorial o‘rmonlarda yiliga 2 000 — 3 000 mm yog‘in yog‘adi.
Gviana tog‘ligining shimoliy qismida yog‘in bundan ham ko‘p
yog‘adi. Natijada doimiy yashil o‘rmonlar tarkib topgan.
Savannalar zonasi subekvatorial iqlim mintaqalari hududi-
dagi pasttekisliklarda, yassi tog‘liklarda tarkib topgan.
Savannalarning hayvonot dunyosida
kichik bug‘ular —
ma-
zamlar,
yovvoyi cho‘chqalar —
pekarlar,
zirhlilar —
shox mod-
dadan iborat qalqoni bo‘lgan
sutemizuvchi hayvonlar,
chumo-
lixo‘r,
kemiruvchilar, yirik qushlardan
nandu tuyaqushi yashaydi.
Bu zonada sernam savanna o‘rmonlari, quruq savanna, cho‘l-
ga aylangan savanna, siyrak o‘rmonli savanna va butazorli
savanna tabiat komplekslari mavjud.
Dashtlar zonasi. Dashtlar Janubiy Amerikada
pampa (inde-
yeslar tilida „daraxtsiz yerlar“) deb ataladi. Dashtlarda, aso-
17- rasm. Piranya.