Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43

115
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Yevrosiyo, Yevropa, Osiyo, Muhammad al-Xorazmiy,
„Beruniy qonuni“, Bobur, Ibn Sino, Ma’mun akademiyasi.
Nazorat uchun savollar
1. Yevrosiyoning qanday xususiyatlarini bilasiz?
2. Yevrosiyo qaysi okeanlar oralig‘ida joylashgan?
3. O‘rtaosiyolik olimlarning geografik merosi haqida  bila-
sizmi?
Amaliy mashg‘ulotlar
1. Yevrosiyo materigining chekka nuqtalarini yozuvsiz xa-
ritaga tushiring.
2. O‘rtaosiyolik allomalarning geografik merosini dafta-
ringizga yozing.
50- §. Geologik tuzilishi va
foydali qazilmalari. Relyef i
Yevrosiyoning geologik tuzilishi. Geologik jihatdan Yevr-
osiyo qadimgi mustahkam platformalardan va ularni tutash-
tiruvchi turli yoshdagi burmali mintaqalardan tashkil topgan.
Qadimgi Lavraziya materigining parchalanishidan Yevrosiyo va
Shimoliy Amerika ajralgan (65 mln yil muqaddam). Hozirgi
paytda Yevrosiyo materigida ikkita faol geosinklinal mintaqa bor:
Alp-Himolay va Tinch okean „olovli halqasi“. Bu mintaqalarda
harakatdagi vulqonlar, dahshatli zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi.
Bu mintaqa tog‘lari yosh, burmali, palaxsali tog‘lar bo‘lib,
ba’zi joylarda zanjirli tizimlarni (Alp-Himolay), boshqa joyda
tog‘ tugunlarini (masalan, Pomir, Tibet) hosil qiladi. Alp-Hi-
molay geosinklinal mintaqasining O‘rta dengiz qismida Etna,
Stromboli, Vezuviy kabi harakatdagi vulqonlar, bizning o‘l-
kamiz — O‘rta va Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli zilzilalar
(Ashxobod — 1948, Toshkent — 1966, Hindukush — 2002, Eron —


116
2003, Indoneziya — 2004, 2009, Xitoy — 2009 va b.) bor. Bu-
lar Yer po‘stining faolligidan dalolat beradi.
Qazilma boyliklari. Yevrosiyo foydali qazilmalarga boy.
Rudali foydali qazilmalar magmatik va metamorfik tog‘ jinslari
tarkibida ko‘p uchraydi. Shimoli-sharqiy Xitoy, Skandinaviya va
Hindiston yarimorolidagi temir rudalari magmatik tog‘ jins-
laridan qazib olinadi. Sharqiy Yevropa platformasidagi Kursk
magnit anomaliyasi temir ruda koni metamorfik tog‘ jinslarida
hosil bo‘lgan. Oltin, mis, volfram, uran, qalay, simob va
boshqa rangli metallar hamda qimmatbaho toshlarning hosil
bo‘lishi magmatik tog‘ jinslarida ko‘p uchraydi. Pireney yarim-
orolida, Sibirda, O‘rta Osiyoda, Koreya yarimorolida oltin
konlari, Markaziy Yoqutiston, Hindiston yarimorolida olmos
konlari ko‘p. Uralda, Hindiston yarimorolida, Shri-Lanka
orolida turli xil qimmatbaho zangori sapfir (ko‘k yoqut), qizil
yoqut konlari bor.
Cho‘kindi jinslar qatlamlarida, asosan, neft, gaz, tosh va
qo‘ng‘ir ko‘mir konlari tarkib topgan. Yevrosiyo neft va gaz
konlarining boyligi jihatidan boshqa materiklardan oldingi
o‘rinni egallaydi.
Relyefi. Asosiy relyef shakllariga tog‘ va tekisliklar tegishli.
Tog‘lar  materik maydonining 50 % qismini egallaydi. Ular geo-
sinklinal mintaqalarda va litosfera plitalarining o‘zaro to‘qnashgan
zonalarida tarkib topgan. Ural, Dekan, Qozog‘iston yassi tog‘ligi
eng keksa qadimgi tog‘lardir. Yoshargan tog‘larga Tyanshan,
Oltoy, eng yosh tog‘larga Alp, Karpat, Kavkaz, Pomir, Hin-
dukush, Kopetdog‘ va boshqalar tegishli. Vulqonli tog‘lar Kam-
chatka yarimorolida, Kuril, Sitsiliya va Islandiya orollarida, Apen-
nin yarimorolidagi tog‘larda, Karpat va Kavkaz tog‘larining ay-
rim qismlarida tarqalgan. Harakatdagi eng baland vulqoni Kam-
chatka yarimorolidagi Klyuchi Sopkasidir — 4 750 m.
Yer yuzasining eng baland nuqtasi Himolay tizmasidagi
Jomolungma (Everest) bo‘lib, uning mutlaq balandligi 8 848 m.
Yer shari quruqligining eng past nuqtasi ham Yevrosiyoda joy-
lashgan O‘lik dengizdir (–405 m).
Tekisliklar  keksa va yosh platformalar ustida tarkib topgan.


117
Sharqiy Yevropa, Sharqiy Sibir, Hindiston, Buyuk Xitoy, Ara-
biston yarimorolidagi tekisliklarning zamini eng keksa plat-
formalar hisoblanadi. G‘arbiy Sibir, Hind-Gang va Turon
pasttekisliklari zamini esa yosh bo‘lib, ular cho‘kindi jinslar
bilan qoplangan (ilovadagi 27- rasmga qarang).
Tekisliklarning yuza qismi qir-adirlar va past tog‘lar bilan
murakkablashgan.
Tog‘ va tekisliklarning rivojlanishi hamda shakllanishida
to‘rtlamchi davrdagi muz bosish bosqichlaridagi muzlarning
faoliyati ham katta rol o‘ynagan.
Yevrosiyoning shimolida va baland tog‘larda muzlar hosil
qilgan relyef shakllari ko‘p uchraydi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Lavraziya, geosinklinal mintaqa, platforma, Jomolungma,
Everest, Sulton Uvays, muz bosish bosqichlari.
Nazorat uchun savollar
1. Yevrosiyo qaysi qadimgi supermaterikning bir qismi
bo‘lgan?
2. Foydali qazilmalar qanday tog‘ jinslarida hosil bo‘ladi?
3. Asosiy relyef shakllari qayerlarda tarqalgan?
Amaliy mashg‘ulotlar
1. Yevrosiyoning asosiy platformalari va harakatdagi vul-
qonlarini yozuvsiz xaritaga tushiring.
3. Tog‘ va tekisliklarni yozuvsiz xaritaga tushiring.
51- §. Yevrosiyo iqlimi
Yevrosiyoning iqlimi boshqa materiklar iqlimiga qaraganda
ancha xilma-xil. Materik iqlimining xususiyatlari, avvalo, Yevr-
osiyo hududining shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab


118
juda katta masofaga cho‘zilganligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan,
okeanlardan keladigan havo massalariga va relyefiga bog‘liq.
Geografik kenglikning iqlimga ta’siri. Quruqlikning shimol-
dan janubga qarab uzoq masofaga cho‘zilganligi issiqlikning
taqsimlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yevrosiyoda iyul oyining
o‘rtacha harorati ancha yuqori. Uning shimolida bu harorat
+12 °C ga va janubida +28 °C ga teng. Arabiston yarimorolida esa
+32 °C ni tashkil etadi. Qish materikning g‘arbida iliq, lekin
shimoli-sharqida juda sovuq bo‘ladi. Ayniqsa, Sibirda yanvar
oyining o‘rtacha harorati –48 °C gacha pasayadi. Ayrim kunlari
bu harorat Oymyakonda –71 °C ga tushib ketgan. Shuning
uchun bu yer Shimoliy yarimsharning „sovuqlik qutbi“ deb
ataladi. Qish Yevropaning janubi-g‘arbida iliq, Osiyoning
janubida esa issiq (+20 °C) bo‘ladi. Asosiy iqlim elementlaridan
hisoblangan yog‘in miqdori ham materik ichkarisi tomon ka-
mayib boradi. Dunyodagi eng ko‘p yog‘in tushadigan joy Hin-
distondagi Cherrapunja qishlog‘idir. Bu yerda o‘rta hisobda yiliga
12 665 mm yog‘in yog‘adi. 1856- yilda bu yerga 23 000 mm ga
yaqin yog‘in tushgan.
Okeanlarning iqlimga ta’siri. Yevrosiyoda iqlim sharoiti fa-
qat kenglik bo‘ylab o‘zgarib qolmasdan, balki g‘arbdan sharqqa
tomon ham o‘zgaradi. Iqlimning bunday o‘zgarishiga asosiy
sabab, Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismi doimo Atlantika
okeanidan keladigan iliq va nam dengiz havo massasi ta’sirida
bo‘lganligidir. Natijada, G‘arbiy Yevropada yog‘in ko‘p yog‘a-
di, qish ancha iliq, yoz esa salqin bo‘ladi.
Sharqqa borgan sari dengiz havo massasining tarkibida nam-
likning kamaya borishi natijasida yog‘ingarchilik miqdori ham
kamayadi, iqlimning kontinentalligi orta boradi, yoz oylarining
harorati ko‘tariladi, qishning harorati esa juda pasayadi, nati-
jada qish va yoz oylarining haroratlari o‘rtasida katta farq vu-
judga keladi. Yozda Tinch okeandan keladigan dengiz havo
massasi, ya’ni yozgi musson shamollari o‘zi bilan ko‘p miq-
dorda yog‘in keltiradi. Qishda materik ustida, ayniqsa, Markaziy
Osiyoning katta qismida yuqori havo bosimi markazi tarkib


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə