Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43

109
ko‘rsatdi. Bu esa tabiat komplekslarining o‘zgarishiga va antro-
pogen landshaftlarning hosil bo‘lishiga olib keldi. Shuning
uchun tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar qabul
qilingan. Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylash va kelajak
avlodga qoldirish maqsadida ko‘plab milliy bog‘lar, qo‘riqxo-
nalar bunyod etilgan. Materikda birinchi milliy bog‘ 1872- yili
(Yelloustoun) AQSHda tashkil etilgan. Vud-Baffalo, Yelloustoun,
Grand-Kanyon, Sekvoyya, Mamont, Ajal vodiysi, Jasper,
Katmay, El-Viskaino, Yosemit va boshqalar eng yirik milliy
parklar va qo‘riqxonalardir. Ularning maydoni bo‘yicha Shi-
moliy Amerika materigi dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
AQSH amerikaliklari, eskimoslar, asteklar, mayyalar, Yel-
loustoun, Grand-Kanyon, Sekvoyya, Mamont.
Nazorat uchun savollar
1. Shimoliy Amerikada aholisining asosiy qismini kimlar
tashkil etadi?
2. Materikda birinchi milliy bog‘ qachon va qayerda tashkil
etilgan?
Amaliy topshiriqlar
1. Xaritadan foydalanib materik aholisi zich yashaydigan
hududlarni aniqlang va tahlil qiling.
2. Yozuvsiz xaritaga Shimoliy Amerika milliy bog‘lari va
qo‘riqxonalarini tushiring.
48- §. Shimoliy Muz okeani
Asosiy xususiyatlari. Okeanlarning eng kichigi, Shimoliy
qutb atrofida joylashgan, dengizlari okean maydonining yar-
mini egallaydi, shelf egallagan maydoniga ko‘ra birinchi o‘rin-


110
da, eng sayoz, ko‘p yillik muzlar bilan qoplangan yagona
okean, eng sovuq, iqlim va tabiat mintaqalari eng kam, qo‘y-
ho‘kiz, oq ayiqlar yashaydi, eng yirik oroli bor, uzoq qutb
tunlari va kunlari bo‘ladi.
Geografik o‘rni. Okean shimoliy qutb atrofida joylashgan.
Uni ikkita materik o‘rab turadi. Bering bo‘g‘izi orqali Tinch
okean bilan, Skandinaviya yarimoroli — Farer, Islandiya va
Grenlandiya orollari — Smit bo‘g‘izi — Kanada arxiðelaglari
orqali Atlantika okeani bilan chegaralanadi. Qirg‘oqlari ancha
parchalangan. Orollari ko‘p. Maydoni 14 mln kv km.
O‘rganilish tarixi. Okean to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotni
yunon olimi Pifey (er. av. 325- yil) yozgan va „Qayrilgan den-
giz“ deb nom bergan. Keyinchalik, yevropaliklar Giðerborey
(yunoncha,  Borey — „shimoldagi shamollar xudosi“) deb
atashdi. 1650- yilda B. Varenius mustaqil okean tariqasida ajratdi.
XIX asrning boshlarida ichki dengiz sifatida Atlantika okeani
tarkibiga kiritildi. 1845- yilda London Geografiya jamiyati, 1928-
yilda Xalqaro gidrografik byuro, 1936- yilda Rus Geografiya
jamiyati Shimoliy Muz okeanini mustaqil okean tariqasida
ajratishga qaror qildilar.
Okeanni o‘rganishda Pyotr I („Buyuk Shimol ekspeditsiyasi“,
1733 — 1743- y.), M. V. Lomonosov (XVIII asrning ikkinchi
yarmi), shved olimi N. A. Nordensheld (1878 — 1879- y.) larning
tashkil etgan ekspeditsiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu-
ningdek, XIX asr oxirida F. Nansen, S. O. Makarov (1899- y.),
R. Piri (1909- y.) Shimoliy qutbni birinchi bo‘lib zabt etgan,
R. Amundsen  (1903 —1906- y., 1918 — 1920- y.) va boshqalar
qimmatli ma’lumotlar to‘pladilar. Hozirgi paytda Rossiya, AQSH
va Kanada mutaxassislari Shimoliy Muz okeanining tabiatini
o‘rganishmoqda.
Geologik tuzilishi va tabiiy boyliklari. Okean bundan 60 mln
yil avval paydo bo‘la boshlagan. Uning tubi geologik jihatdan
Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari tarkibiga kiradi.
Okean tubida dengiz, daryo va aysberg yotqiziqlari katta
maydonda tarqalgan. Ularning qalinligi 1 000 — 3 500 m atrofida.
Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirgan cho‘kindi


111
jinslar, okean markazida esa changsimon zarrachalar, biogen
yotqiziqlar uchraydi.
Qazilma boyliklaridan temir rudasi shaxta usulida qazib oli-
nadi, Norvegiya sohillarida titan sochma holda tarqalgan. Neft
va gaz Kanadaga tutash suvlarda ko‘p qazib olinadi. Daryo-
larning quyilish joylarida, Oq, Barens, Norvegiya dengizlari-
dan ko‘plab baliq ovlanadi va suvo‘tlari yig‘ib olinadi.
Okean tubi relyefi. Suv tubi relyefini o‘rganish bu hudud-
larning dengiz emas, balki okean ekanligini ko‘rsatdi. Relyefida
parallel cho‘zilgan tog‘ tizmalari, ular oralig‘ida chuqur cho‘k-
ma (Litke cho‘kmasi, 5 449 m) va botiqlar, katta maydonni
egallagan shelflar uchraydi. Shimoliy Muz okeanining boshqa
okeanlardan farqi shundaki, uning 70 % maydoni shelflardan
iborat. Okeanning o‘rta qismidan tog‘ tizmalari va yer po‘sti-
ning tektonik yoriqlari kesib o‘tgan. Okean tagi 2 000 km ma-
sofaga cho‘zilgan Lomonosov suvosti tog‘ tizmasi (balandligi
2 500 — 3 300 m) bilan ikki qismga bo‘lingan. Bu tizmadan
g‘arbda Gakkel vulqonli tog‘i va sharqda Mendeleyev tog‘ tiz-
masi parallel cho‘zilgan. Òizmalar oralig‘ida Amundsen (chu-
qurligi 4 321 m), Nansen (5 449 m), Makarov (3 940 m), Ka-
nada (3 810 m) va boshqa botiqlar joylashgan. Okeanning o‘r-
tacha chuqurligi 1 225 m, eng chuqur joyi 5 527 m bo‘lib, u
Grenlandiya dengizida joylashgan.
Iqlimi. Okean iqlimining o‘ziga xos xususiyati Arktika mar-
kazida joylashganligi va yil davomida sovuq havo massalarining
hukmronligi bilan ifodalanadi. Uzoq qutb tunlari va kunlari 3 — 6
oylab davom etadi. Qish oylarida qahraton sovuq (–30 –40 °C)
va qorli bo‘ronlar makoniga aylanadi. Antarktida havosiga
nisbatan iliq. Bunga sabab Atlantika va Tinch okeanlardan iliq
va sho‘r suvlarning okean tubi oqimlarini hosil qilib kirib keli-
shidir.  Aniqlanishicha, 150 — 1 000 m chuqurliklarni, asosan,
Atlantika okeanidan kirib keladigan iliq va sho‘r suvlar egallaydi.
Okeandan Grenlandiya sovuq suv oqimi (aysberglar bilan) chi-
qib ketadi. Ikkita iqlim mintaqasi (arktika va subarktika) mavjud.
Ko‘p yillik muzlarning qalinligi 3 — 5 m.
Tabiat mintaqalari. Iqlim mintaqalariga mos holda ikkita:


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə