Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43

105
tuproqlardan tarkib topgan. Asosiy o‘simligi qora  va oq qara-
g‘ay, Amerika tilog‘ochi, balzam pixtasi, qarag‘ay kabi igna
bargli daraxtlar o‘rmonlarni hosil qiladi. Labrador yarimoro-
lidagi daraxtlarning 90 % i qora qarag‘ayga to‘g‘ri keladi. Hay-
vonlardan  qora va qo‘ng‘ir ayiq, Amerika losi, kiyik, o‘rmon
bizoni, bug‘u, Kanada silovsini, yenot, bo‘ri, skuns, ondatra,
qizil tulki kabilar yashaydi. Tinch okean sohillarida duglas
qarag‘ayi,  oq  va qora qarag‘ay,  kedr ko‘p o‘sadi. Daraxtlar-
ning bo‘yi 80 — 100 m ga boradi.
Aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasining sur o‘rmon
tuproqlarida  qarag‘ay, qayin, terak, tol, kashtan, eman, buk,
Amerika yong‘og‘i, marvaridgul, yertut kabi o‘simliklar o‘sadi.
Virgins bug‘usi, kalamush,  puma, bobr  (suv qunduzi), qizil
olmaxon, yenot, burunduq asosiy hayvonlaridir.
O‘rmon-dasht va dasht zonalarining kashtan va qora tuproq-
larida  chalov, betaga, bizon o‘ti eng ko‘p uchraydi. Zonalarning
shimoliy va sharqiy qismlarida qalin o‘tlarning bo‘yi 1,5 m ga
yetadi. Buyuk tekisliklarda o‘t o‘simliklar ancha siyraklashadi,
tikanli butalar, janubda, hatto, dub, akatsiya kabi daraxtlar
uchraydi. Asosiy hayvonlari bizon, bo‘ri, tulki, kiyik, skuns
(badbo‘y), opossum, oqboshli burgut va boshqalardan iborat.
Chalacho‘l va cho‘l zonalarining asosiy o‘simligi qora shu-
voq, kaktus (bo‘yi 4 — 9 m), yukka (daraxtsimon doimiy yashil
o‘simlik) qo‘ng‘ir-jigarrang tuproqlarda o‘sadi. Sudralib yuruv-
chilar (qora ilon) va kemiruvchilar, qalqondorlar yashaydi.
Savannalar va siyrak o‘rmonlar zonasida qizil va qizil-
qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Baland o‘t o‘simlikli, kaktus-
akatsiyali savannalar va eman-qarag‘ayli siyrak o‘rmonlar xos.
Fasliy nam (musson) o‘rmonlar zonasi uchun ferralit tup-
roqlar,  eman, Karib qarag‘ayi, palma, kiðaris kabi o‘simliklar
xos. Hayvonlardan alligator (timsohning bir turi),  qora ilon,
kurka, Nikaragua sohillarida anakonda ilonlari yashaydi.
Balandlik mintaqalari Kordilyera va Appalachi tog‘lari hu-
dudini qamrab olgan. Tog‘larda oq qarag‘ay, kedr, sekvoyya,
qora qarag‘ay o‘sadi. Hayvonlardan tog‘ qo‘yi, qizil ayiq,
yaguar, puma, qor echkisi, kondor va boshqalar yashaydi.


106
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Arktika cho‘llari, qo‘yho‘kiz, ondatra, bobr, alligator, qizil
zarang, toshyorar, sekvoyya, skuns, yukka, puma.
Nazorat uchun savollar
1. Tabiat zonalari qanday omillar ta’sirida tarkib topadi?
2. Materikda qanday balandlik mintaqalari mavjud?
Amaliy topshiriqlar
1. Tabiat zonalarini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Tabiat zonalarining asosiy organizmlarini bilib oling.
3. Balandlik mintaqalarini daftaringizga yozing.
46- §. Shimoliy Amerikaning
tabiiy geografik o‘lkalari
Tabiiy geografik o‘lkalari. Shimoliy Amerika tabiatining xil-
ma-xilligi uni ikkita yirik qismga bo‘lishga imkon beradi. Bular:
Sharq — tekislik o‘lkasi va G‘arb — Kordilyera tog‘li o‘lkasi. O‘z
navbatida, bu o‘lkalar ko‘pgina tabiiy geografik oblastlarga
ajratilgan. Quyida shulardan ayrimlariga tavsif beramiz.
Alyaska  va Kanada Kordilyera tog‘lari (20- rasm).  Alyaska
bir necha parallel joylashgan tog‘lardan tashkil topgan bo‘lib,
ular bir-biridan chuqur vodiylar bilan ajralib turadi. Materik-
ning eng baland cho‘qqisi Denali (Mak-Kinli) (6 194 m) shu
yerda joylashgan. Alyaska yarimorolida va Aleut orollarida kuchli
zilzilalar bo‘lib turadi, o‘nlab harakatdagi va so‘ngan vulqonlar
bor. Bu tog‘lardan oltin, kumush, rangli metallar, neft va
toshko‘mir qazib olinadi. Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘la-
rining g‘arbiy sohilida iqlim dengiz iqlimi bo‘lganligidan yog‘ingar-
chilik ko‘p bo‘ladi. Shu sababli ignabargli qalin o‘rmonlar o‘sadi.
Ichki yassi tog‘liklarda tog‘-tundra o‘simliklari rivojlangan. Tog‘
tundralarda  shimol bug‘usi, qutb tulkisi, lemminglar yashaydi.
O‘rmonlarda  los, grizli ayig‘i, puma, qoplon, tog‘ qo‘yi uchraydi.


107
Kordilyera tog‘li o‘lkasida yana — Katta Havza (20- rasm)
va  Kolorado platosi joylashgan. Ularning tabiat komplekslari
uncha baland bo‘lmagan tog‘ tizmalaridan, so‘ngan vulqon
konuslaridan va chuqur botiqlardan tarkib topgan. Tog‘lar ora-
sida suvsiz cho‘ldan iborat eng chuqur Ajal vodiysi (–86 m)
joylashgan. Ajal vodiysi Shimoliy Amerikaning eng issiq va
yog‘in kam yog‘adigan rayonidir. Katta Havza bilan Kolorado
platosida cho‘l va chalacho‘llarga xos shuvoqlar, turli butalar,
sho‘ra o‘simliklari o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan bizon, anti-
lopa, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilar yashaydi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Tabiiy geografik o‘lka, Alyaska, Syerra-Nevada, Katta Hav-
za, Aleut orollari, Kanada Kordilyerasi, Denali (Mak-Kinli).
Nazorat uchun savollar
1. Tabiiy geografik o‘lkalarni ajratishda nimalarga asosla-
niladi?
2. Shimoliy Amerikaning eng chuqur nuqtasi nima deb
ataladi?
Amaliy topshiriqlar
1. Tabiiy geografik o‘lkalarni yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Alyaska va Kanada Kordilyerasi  tog‘lariga tavsif bering.
20- rasm. Katta Havza va Kanada Kordilyera tog‘lari.


108
47- §. 
Shimoliy Amerika aholisi
Aholisi. Shimoliy Amerikaning aholisi 578 mln kishi (2016- y.,
1- iyul, Markaziy Amerika bilan). Tubjoy aholisi indeyeslar,
eskimoslar va aleutlardir. Ular hozir ozchilikni (20 mln kishi)
tashkil etadi. Materikning tubjoy aholisi 25 — 30 ming yil avval
Yevrosiyodan Bering bo‘g‘izi orqali kelgan. Keyinchalik, Janu-
biy Amerikaga ham asta-sekin tarqalishgan.
Yevropaliklar kelmasdan avval eskimoslar, aleutlar, aso-
san, ovchilik, baliqchilik bilan, indeyeslar esa ovchilik, chor-
vachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan.
Shimoliy Amerikaga xuddi Janubiy Amerika singari X. Ko-
lumb kashfiyotidan so‘ng yevropaliklar guruh-guruh bo‘lib kela
boshladilar. Meksika va Markaziy Amerikada mulatlar va metis-
lar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Shimoliy Amerika aholisining asosiy qismini Yevropadan
ko‘chib kelganlar va ularning avlodlari tashkil etadi. Bular
amerikalik va kanadalik inglizlar bo‘lib, ingliz tilida so‘zlasha-
dilar. Kanadaga ko‘chib kelgan fransuzlarning avlodlari fransuz
tilida gaplashadi.
Aholisining joylashishi. Aholining joylashishi, avvalo, mate-
rikka aholining ko‘chib kelishi tarixiga va tabiiy sharoitga bo‘gliq.
Materikning janubiy yarmida aholi eng ko‘p o‘rnashgan. Ma-
terikning Yevropa mamlakatlaridan dastlabki ko‘chib kelgan
kishilar joylashgan sharqiy qismida aholining zichligi katta. Eng
yirik shaharlar Shimoliy Amerikaning shu qismida joylashgan.
Materikning yashash uchun noqulay, tundra va tayga o‘r-
monlaridan iborat bo‘lgan shimoliy yerlarida aholi siyrak o‘r-
nashgan. Iqlimi quruq va yuzasi notekis tog‘li o‘rmonlarda ham
aholi kam.
Tabiatiga insonning ta’siri. Milliy bog‘ va qoriqxonalari. In-
sonning xo‘jalik faoliyati Shimoliy Amerika tabiatiga katta ta’sir


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə