Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi Reja


O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishi



Yüklə 38,27 Kb.
səhifə2/6
tarix15.05.2023
ölçüsü38,27 Kb.
#110380
1   2   3   4   5   6
2. Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi

O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishi
O’rta asrlarda geografiya fani va uni o’qitish metodikasi yanada rivojlandi va chuqurlashdi. Yangi kitob va darsliklar yozildi, yangi yerlar ochilishi bilan dunyo haritasi yanada aniqlasha boshladi.
O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishini ikki bosqichga bo’lishimiz mumkin: o’rta asrning birinchi yarmida geografiya ta’limining rivojlanishi; buyuk geografik kashfiyotlar bosqichida geografiya ta’limining rivojlanishi.
O’rta asrlarning birinchi bosqichida geografiya ta’limining rivojlanishi.
Mazkur bosqichda geografiya ta’limi asosan sharq mamlakatlarida rivojlandi. Mazkur bosqichida geografiya ta’limining rivojlanishiga oid quyidagi natijalar olingan:

  • IV asrda Aleksandr Kosma Indikoplev tomonidan dunyo haritasi tuzildi. Uning haritasida Shimoliy Afrika, Yevropa, O’rta dengiz, Osiyo, Kaspiy dengizi tasvirlangan;

  • VIII-IX asrlarda Ahmad Al-Farg’oniy astrolobiya asbobini yaratdi. Uning astranomiya darsligi bir necha asrlar davomida Yevropa mamlakatlarida asosiy darslik sifatida qo’llanildi;

  • Muhammad Ibn Al Xorazmiy IX asrda “Surat-al-Arz” nomli kitob yozgan, dunyo haritasini tuzgan, geodezik o’lchov ishlarini olib borgan;

  • Abu Rayhon Beruniy birinchi bo’lib globusni yaratdi, Dunyo haritasini tuzdi. Geografiya fanini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U “Hindiston”, “Meniralogiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya (matematik geografiya)” va boshqa ko’plab asarlar yozgan;

  • Abu Ali Ibn Sino relyefni vujudga kelishida ichki va tashqi kuchlarni o’rni va ahamiyatini ochib beradi;

  • Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asari bilan regional geografiyani rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. “Boburnoma”da keltirilgan ma’lumotlar asosida O’rta va Janubiy Osiyo davlatlarining o’rta asrlardagi tabiiy sharoiti va xo’jaligi haqida fikr yuritish mumkin.

Demak, o’rta asrlarning birinchi qismida geografik bilimlar yanada kengaygan va chuqurlashgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi
Ushbu bosqichdan boshlab Yevropada fan yana rivojlana boshladi. Natijada Dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan kashfiyotlar qilindi. 1492-yil Xristofor Kolumb tomonidan Amerika qit’asi ochildi. 1498-yili Vasko-da-Gama boshliq Portugaliya ekspeditsiyasi Afrikani aylanib o’tib, Evropadan Hindistonga dengiz yo’lini ochdi. 1519-1521 - yillari Fernan Magellan boshliq Ispaniya ekspeditsiyasi okean bo’ylab Dunyo aylana sayohatni amalga oshirdi va Yerning sharsimonligini yana bir bor isbotladi. 1650-yili Golland olimi B.Vareniy “Umumiy geografiya” nomli asar yozdi. Mazkur asarda geografiya ikki qismga,ya’ni umumiy va xususiy qismlarga bo’ladi.

Yüklə 38,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə