Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


Yog‘och tayyorlash ishlari



Yüklə 29,25 Kb.
səhifə3/13
tarix24.04.2022
ölçüsü29,25 Kb.
#86005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'rmon sanoati

Yog‘och tayyorlash ishlari. Yog‘och tayyorlash ishlari uchta asosiy bosqichdan iborat: yog‘och kesish (yoki chopish), trelyovkalash, ya’ni yog‘ochni yuqoridagi omborlarga sudrab tashish va yog‘ochni bo‘lak-lash.

Daraxtlar asosan ixcham, yengil benzin dvigatelli va zanjirli arradan iborat motoarra yordamida kesiladi. Ularni qo‘llash daraxt kesuvchilar-ning mehnatini ancha yengilashtiradi va mehnat unumdorligini keskin oshiradi.

Daraxt arralanganda uning shoxlari kesiladi. Daraxt tanasi trelyovka traktorlari yordamida yuqoridagi omborlarga tashib keltiriladi. Bu yer-da tanalar navlari, uzunligi va qalinligiga qarab kesiladi.

So‘nggi paytlarda arralangan daraxtlarni shoxlari bilan tashishning progressiv usuli qo‘llanilmoqda. Bunday holatda, tuproq qoplamasi va endi o‘sib chiqqan novdalar yaxshi saqlanib, yuqori omborlarda shox-larni unumli qayta ishlash uchun sharoitlar yaraatilmoqda.

Uncha uzoq bo‘lmagan masofalarga daraxtlarni trelyovkalash uchun ( bir necha yuz metr), ayniqsa, botqoq va baland-past relyefda elektro-dvigatel va po‘lat arqondan iborat tortish moslamasidan foydalanilmoq-da. G‘ovak yordamida daraxtlarni kesish yoki transport vositasiga or-tish uchun tortib keltiriladi.

Hozirgi davrda yog‘och tayyorlash sanoatida daraxtlarni ildizi bilan qo‘poradigan, qudratli kesish-trelyovkalash mashinalaridan foydalanil-moqda.




Yüklə 29,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə