Geologiya-qidruv va kon-metallurgiya



Yüklə 2,05 Mb.
səhifə10/12
tarix08.06.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#116250
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
diplom Bunyod (4)

2.3 Odam immumtet virusiga chalingan va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi mavjud bemorlarga palliative yordam ko’rsatish. Simptomatik davolash hamda parvarish qilish
Palliativ yordam bu bedavo kasalliklarga xos muammolarni o’z vaqtida aniqlasli va uni bartaraf etish. Ya’ni og’riq va kasallikning boshqa alomatlarini yengillatish bemorlarga psixologik ijtimodam immunitet tanqisligi virusi va ma’naviy ko’maklashish. Asosiy maqsad, bemorni va uning yaqinlarini kundalik hayot kechirish sifatini biroz yaxshilash.
Asosiy tamoyillari og’riq va kasallikning boshqa og’ir alomatlarini yengilashtirish;
- o’lim va hayot tabiiy jaravonligini tan olish:
- ma’naviy va psixologik ko’maklas’nishni tibbiy yordam bilan birgalikda olib borish:
- bemorning faol hayotini cho’zishga harakat qilish qarindosh urug’lariga psixologik ko’maklashish;
- bemor va uning yaqinlari talablaridan kelib chiqqan holda ko’p tarmoqli yordam ko’rsatish. Shular qatorida psixolog maslahatini olish;
- agar bemorning holati imkon bersa, umrini uzaytirishga qaratilgan davo usullarini qoilash (ximioterapiya) nur bilan davolash;
- kasallikning asortalarini kelib chiqish sabablarini va davo usullarini aniqlasli maqsadida kerakli tekshiruvlar o’tkazish.

16-rasm orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi ni oldini choralari
Umumi tamoyillar terminal holatlarda simptomatik davo o’tkazish va yordam ko’rsatishlar palliativ yordamning bir qistui hisoblanadi.
Simptomatik davo og’riqlarni davolash analgetiklarni og’iz orqali yoki rektal yuborishni tayinlash iloji boricha inyeksiya qilmaslik:
- analgetiklarni qabul qilish oralig’i bir xil bo’lishi va bemorning uxlash rejimini e’tiborga olish kerak;
-avalgi yuborilgan analgetikning ta’siri tamom bo’lmaguncha navbatdagi dozani yuborish kerak:
- davoni oz dozadan boshlab asta-sekin og’riq yo’qolguncha dozani ko’paytirish kerak agar og’riq dorilarni iste’mol qilish vaqtlarini oralig’ida paydo bo’lsa analgetikning qo’shimcha dozasini har 4 soatda yuborib turadigan dozani 50% yoki 100 % ni) berish kerak;
- og’riqning kuchi o’rtacha bo’lsa aspirin bilan chegaralansa bomadi lekin uni ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak chunki ortirilgan immumtet virusiga chalingan bemorlarda qon ketish xavfi yuqori.
Jigar jarohatlanishi kuchli bo’lsa aspirin va parasetamol qo’llash man etiladi. Og’riqni davolashda uni kuchsiz kuchliligiga qarab bosqichma-bosqich quyidagi dorilarning yo’riqnomalarida keltirilgan dozalarda qo’llash mumkin:
Aspirin parasetamol kodein tramadol, morfin. og’riqlarning turlariga qarab quyidagi dorilarni ishlatish tavsiya etiladi.
- amitriptilin (neyrogen og’riqlarda);
- diazepam (mushak spazmlarida);
- deksametozon prednizolon (usta atrofidagi shishish og’ir va yaralash bilan kechuvchi kandidozli ezofagit bosh chanogi ichidagi bosim oshganligi tufayli bosh og’riqlar) valatsiklovir trimadol. Amitriptilin, gabapektin (o’rab oluvchi temiratki);
- giostsin butilbromid (kuchli qorin og’riqlarda). Uy sharoitida kucltli ozib ketishni davolash:
1. Prednizolon 5-15 mg/sut ishtahani y axshilash maqsadida.
2. Ko’ngil aynish qayt qilishga qarshi dorilar (pastda keltirilgan).
3. Og’iz bo’shlig’ini va shilliq qavatlarning kandidozini davolash (pastda keltirilgan, diareyani davolash (pastda keltirilgan).
5. Quyidagi tavsivalarga rioya qilish, bemor yaxshi ko’radigan taomlarni oz-ozdan tez-tez berish va taomni bemorning oldida tayyorlamaslik.
Ко’ngil aynish va qayt qilishni davolash:
1. Ko’ngil aynish va qayt qilish organizmning suvsizlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bemor oz-ozdan tez-tez suyuqlik ichib turishi kerak.
2. Qayt qilishga qarshi proxlorperazin (5 mg og’iz orqali 1 kunda 3 marta) yoki metoklopramid (10 mgx3 marta) tayinlanadi.
3. Og’iz bo’shlig’ini parvarish qilib turish kerak. 1 kunda 2 marta shyotka bilan yuvish og’izni chayqash lozim. Og’riq bo’lsa taomlarni yushoq va suyuqligini iste’mol qilinadi.
4. Davolashda galaperidol (1-2 mg. Og’iz orqali 1 kunda 2 marta).
5. Xlorpromazin (25-50 mg. Har 6-12 s. Da) qo’llanishi mumkin.
6. O’sma tufayli (ichakda) qayt qilish bo’lsa. Siklizin yoki klemastin (1 mg. X 2 marta) yoki setirizin 10 mg. 1 kunda 1 marta tayinlanadi.
Og’iz bo’shlig’ida yaralanii yoki yutinganida og’riq mavjud bo’lsa quyidagi dorilar ishlatiladi.

17-rasm tanadagi belgilar
Kandidozda mikonazol.
2. Aftozli stomatitda - prednizolon.
3. Gerpetik stomatitda - atsiklovir.
4. Og’iz bo’shlig’ida o’sma tufayli og’izdan sassiq xid kelsa metronidazol. Ushbu dorilarning dozalari yo’riqnomalariga asosan tayinlanadi.
Diareyani davolash: iste’mol qilinayotgan suyuqlikning miqdorini ko’paytirish. Og’iz orqali regidratitsion davoni o’tkazish uchun eritmalar tayinlash (regidron va boshq) diareya kechish jarayonida tana harorati ko’tarilish kuzatilmasa. Najas qon aralash boim asa hamda bemor 5 yoshdan katta bo’lsa yoki qari yoshga yetmagan bo’lsa loperamid (boshlang’ich do’zasi 4 mg. Keyinchalik har najas kelishidan so’ng 2 mg dan) yoki kodein yoki morfm tayinlanadi. Orqa peshov sohasida og’riq bo’lsa, vazelin yoki anestetikdan tayvorlangan mazlar ishlatiladi.
Orqa peshov sfinkteri ishlamasa orqa peshovga vazelin bilan ishlov beriladi. 2 kundan ortiqroq najas kelmagan (qabziyat) hollarni davolash. Barmoq bilan quyilib qolgan najasni olib tashlash. Najasni suyultiruvchi dori-darmon qo’llash (birinchi kunlari ichakdagi axlatning hajmini ko’patiruvchi. Ikkinchi kuni perestaltikani kuchaytiruvchi dorilar tayinlanadi. Tez-tez suyuqlik ichish, mevalar va sabzavotlar yumshoq taomlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Nonushtadan oldin 1 osh qoshiq oq yog’ ichiriladi. To’g’ri ichakka asta-sekin, ehtivotkorlik bilan sovunning kichik bir bo’lagini yoki vazelin yuboriladi.
Tana haroratining ko’tarilishini davolash:
1. Sababini aniqlash.
2. Parasetamol (500 mg) yoki aspirin (650 mg. Har 4s. Og’iz orqali)
3. Suvsizlanishga yo’l qo’ymaslik (suv. Sovuq choy meva shar Batlari) metamizol past doza (miqdorda) larda
Uyquning buzilishini hayajonlanish va bezovtalanishm davolash diazepam yoki difengidramin yoki lorazepam (0.5-1 mg. Og’iz orqali bir sutkada 4 mg gacha). Bemor bilan uni bezovta qilayotgan masalalar to’g’risida suhbatlashish uni tinchlantirish, jimjitlikni ta’minlash. Yotish oldidan kofe, achchiq choy bermaslik, og’riq bo’lsa uni davolash. Najas va siydikni ushlamaslikni davolash, siydikni ushamaslikda o’g’il bola va katta kishilarda siydik qabul qiluvchi asbobni qo’llash.
Qizbolalarda esa kateter o’rnatish, najas ushlamaganda loperamid tavinlanadi (najasni quyiltirish maqsadida). Tez-tez ichki kiyim va ko’xlikni almashtirish, orqa peshov va jinsiy a’zolar atrofidagi terini toza holda saqlash. Himoyalovchi mazlarni qo’llash, teri qichishishini davolashning umumiy tamoyillari. Infeksiyasiz yallig’langan joylarining tarkibida glyukortikosteroidlar mavjud kremlar bilan ishlov berish. Antigistamin xususiyatiga ega dorilarni qo’llash (defingidromin oki gidroksizin 25 mg, og’iz orqali yotishdan oldin). Terini qaytalanuvchi infeksiyasida cho’milgandan keyin jarohatlangan joyda xlorgeksidinni 0.5 % eritmasi bilan ishlov berish (sug’orish). Agar qichishish mexanik sariqlik bilan bog’liq bo’lsa, prednizon yoki galoperidol og’iz orqali qabul qilinadi. Ekzemalarda ehtiyotkorlik bilan yuvish va keyinchalik quritish tavsiya qilinadi. Qisqa muddatga. jarohatlangan joyni. tarkibida glukokortikostoroid bor mazlar bilan ishlov beriladi. Dennatofitiyada uitfild mazini qo’llanadi. Yo’tal va hansirashni davolash: bronxial astmadaingalator yordamida bronxodilatator yuborish, dorilardan prednizolon tavsiya etiladi. Yurak yetishmovchiligi bo’yicha hansirashda morfin tramadol, furosemid kabi dorilar beriladi. Agar yo’tal balg’am bilan kechsa va balg’am quyuq bo’lsa, ingalator orqali fiziologik eritma yuboriladi.
Agar balg’am suyuq bo’lsa, giostsin butilbromid tavsiya etiladi. Agar yo’tal quruq va uzoq davom etuvchi bo’lsa, kodein yoki morfin (2.5-5 mg dan og’iz orqali) yoki trimadol beriladi. Uy sharoitida parvarish jarayonida oddiv yo’tal paydo bo’lsa. Asal, limon beriladi. Issiq bug’ ingalat- sivasi o’tkaziladi. Yo’tal uzoq vaqt davom etsa va balg’am paydo bo’lsa. O’pka siliga tekshiruv o’tkaziladi, nafas yetishmovchiligi rivojlansa kislorod bilan nafas olishni ta’minlash kerak. Bemorga xizmat qiluvchilarga orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi yuqib qolishining oldini olish kerak. Buning uchun barcha harakatlar va muolajalar jarayonida bemorning qoni va boshqa biologik suyuqliklari bilan muloqotda bo’lish ehtimoli bo’lganda rezinali qo’lqopdan foydalanish kerak. Jarohatlangan teri boylangan bo’lishi kerak (bemorda ham parvarish qiluvchida ham). Bemorning qoni, siydigi najasi tushgan joylarni zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berish zarur.
Idish-tovoqni vannalarni kiyimlarni va boshqa materiallarni yuvishda oddiy yuvuvchi vositalar qo’llaniladi. Bemorning chovshab kiyimlari va boshqa narsalarini yig’ishtirganda perchatkadan foydalanish zarur. O’tkir asbob-uskunalar (igna. Soch-soqol olish asboblari. Tish yuvish cho’tkasi va boshqalar) qat’iy individual bo’lishi kerak. Bemorning kiyimlari choyshablari va boshqalarini yig’ishtirgandan keyin. Albatta. Qo’llarni sovun bilan yuvish zarur.
Demensiya holatida bo’lgan bemorni parvarish qilishda bemorga o’zi odatlangan sharoitda uzoqroq hayot kechirishini ta’minlash ma’qul. Bemor kerakli narsalarini tezda topib olishi uchun barcha narsalarni o’z joyida saqlash darkor. Kun tartibini odatdagicha saqlash kerak. Xavfli narsalarni bemor ko’zidan chetga olib qo’\ ish kerak. Bemor bilan suhbatlashganda oddiy so’zlardan foydalanish zarur ikki kishi bir vaqtning o’zida gapirishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Televizor radiolarning tovushini pasaytirib qo’yish kerak. Bemor muntazam nazorat ostida bo’lishi kerak.
Parhez. Sersabzili suyuq taomlar tavsiya etiladi. Ko’pincha taomlarni guruch va kartoshkadan tayyorlash tavsiya etiladi. Pomidor. Bananni ko’proq iste’mol qilish zarur. Taomlarni tez-tez (kuniga 5-6 mahaldan) va oz-ozdan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kofe. Achchiq choy spirtli ichimliklar ichish man etiladi. Sovuq holdagi. Yog’li taomlar pishmagan taomlarni iste’mol qilish man etiladi. Bemor yaxshi ko’radigan taomlarni tavsiya etiladi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə