Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati


Nivelirlash reykalari, ularning tuzilishi va tekshirish



Yüklə 39,87 Kb.
səhifə5/10
tarix11.12.2023
ölçüsü39,87 Kb.
#146563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati-fayllar.org

Nivelirlash reykalari, ularning tuzilishi va tekshirish. Texnik nivelir- lashda ikki tomonli yaxlit, uzunligi 3000 mm, qalinligi 2—3 sm, kengligi

8—10 sm bo‘lgan r H-10 reykalari va uzunligi 3000— 4000 mm buklanadigan r H-10 reykalari qo‘llaniladi. Reyka egilmaydigan va chidamli bo‘lishi uchun qo‘shtavr kesimli qilinib, sifatli yog‘ochdan yasaladi va ikki uchiga metall qoplanadi. Reykalar bir tomonida santimetrli bo‘laklar shashkasimon oq va qora, ikkinchi tomonlaridagi esa oq va qizil rang bilan bo‘yaladi. Shuning uchun reykaning qora rangli tomoni — qora tomon, qizil rangli tomoni — qizil tomon deb farqlanadi. Sanoq olish qulay bo‘lishi uchun har detsimetrli bo‘lakning dastlabki beshta santimetrli bo‘lak- lari «E» harfi ko‘rinishida birlashtiriladi. Reykalarni qora tomonida sanoq noldan, qizil tomonida esa ixtiyoriy sanoqdan, masalan, 4687 mm dan boshlanadi. Natijada, reykaning qora va qizil tomonlaridan olingan sanoqlar farqi doimiy son bo‘lib,


nivelirlashni bekatda tekshirish uchun xizmat qiladi.
Sanoqlar reykaning quyi qismidan ortib boradi, raqamlar har detsimetrdan ag‘darilgan ko‘rinishda yoziladi, truba ko‘rinish may- donida esa ularning tasviri to‘g‘ri bo‘ladi. Reykalarni tik holatga keltirish uchun ularga doiraviy adilak o‘rnatiladi. Adilak bo‘lmagan taqdirda reykaga qaralganda u oldinga va orqaga asta-sekin og‘diri- ladi, eng kichik sanoq reykaning tik holatiga tegishli bo‘ladi. Nivelirlash vaqtida reykalar yog‘och qoziqlarga, metall boshmoqlarga o‘rnatiladi. Ishning bajarilishidan avval po‘lat ruletka yordamida oldin reykaning metrli kesmalari, keyin detsimetrli kesmalari tekshiriladi.

Nivelirlash reykalari: a, b, dikki tomonli butun reyka; e, f — ikki tomonli buklanadigan reyka; g — invarli reyka.


Detsimetrli bo‘laklar xatoligi 1 mm, reykaning hamma uzunligi xatoligi 2 mm dan oshmasligi kerak. Invarli reykalar I va II sinfli nivelirlashlarda qo‘llaniladi.

ZAMONAVIY NIVELIRLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Elektron nivelirlar hozirgi kunda geodezik asboblarning yangi turi hisoblanib, nivelirlash ishlarini sezilarli avtomatlashtirish imkonini tug‘diradi. Elektron nivelirlarning funksional imkoniyat- lari kengaytirilib, masofa o‘lchash aniqligini 20 mm gacha oshi- rishga erishilgan.

Elektron nivelirlar texnik tavsiflari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: aniqligi bo‘yicha — aniq, 0,7 mm/km yo‘lga; yuqori aniq- likda 0,3 mm/km yo‘lga; o‘lchangan informatsiyani saqlash turiga qarab ichki va tashqi xotirali (PCMCIA). Dasturli ta’minot quyidagi funksiyalarni bajarish imkoniyatini ta’minlaydi: tekshirish ishlari: i burchakni aniqlash (qarash nurining adilak o‘qiga parallel emasligi), nivelirlash ishlari — reyka bo‘yicha ayrim sanoqlarni va masofalarni aniqlash, yo‘lni nivelirlash, nivelirlangan yakka yo‘lni tenglashtirish; taxeometrik masalalar — burchakli yo‘nalishlarni o‘lchash, koor- dinatalar orttirmalarini aniqlash, nazorat funksiyalari: reyka bo‘yicha sanoq aniqligi nazorati, qarash nurining yerdan balandligini nazorati, bekatda nisbiy balandlikning nazorati, seksiyada va bekatda yelkalar farqlaring nazorati. 55- a rasmda raqamli DINI niveliri reykasi bilan,

Zamonaviy nivelirlar: a — raqamli nivelir DINI reykasi bilan;


b — avtomatik nivelir NA reykasi bilan; d — 3H—ÊË niveliri.
esa qarash o‘qi avtomatik tarzda ufqiy holga keladigan Ni nivelirining umumiy ko‘rinishlari keltirilgan.
Raqamli nivelirlar aniqligi bo‘yicha: aniq DINI 21, DINI 22; yuqori aniqlikdagi: DINI 11, DINI 12; yuqori aniqlikdagi nivelirli taxeometrik stansiyalari: DINI 11T, DINI 21T ga bo‘linadi. 55- b rasmda Rossiyaning Ural optika mexanika zavodida ishlab chi- qarilayotgan kiritilgan kompensator yordamida qarash nuri ufqiy holga avtomatik tarzda keladigan 3H-2KË niveliri ko‘rsatilgan. Uning komplektiga ikkita reyka va shtativ kiradi. U limbli va kompensatorli bo‘lib, unga 1 km ikkilangan reyka va shtativ kiradi. U limbli va kompensatorli bo‘lib, unda 1 km ikkilangan yo‘lni nivelirlash o‘rta kvadratik xatoligi 2 mm. Bundan tashqari, shu firmaning 3H-5Ë texnik aniqlikdagi kichik gabaritli niveliri quri- lish maydonlarida, borish qiyin bo‘lgan rayonlarda qidiruvlarida nisbiy balandliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan, limbli bir km yo‘lning nisbiy balandligini o‘lchash o‘rta kvadrat xatoligi 5 mm.

Yüklə 39,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə