Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Yer osti suvlari dinamikasi



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Yer osti suvlari dinamikasi — yer osti suvlarining tabiiy va odam-
larning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida siljish, harakatga kelish,
o‘zgarish qonuniyatlari bilan shug‘ullanadi;
Gidrogeologik tadqiqotlar olib borish usullari — yer osti suvlarining
yotish, joylashish, harakatlanish holatlari, uning zaxiralari vujudga kelish,
fasllar, ko‘p yillar mobaynida o‘zgarib turish sabablarini o‘rganadi,
yangidan-yangi usul va uslublar ishlab chiqadi;
Gidrogeokimyo — yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini, ulardagi
mavjud gaz, organik birikmalarni, fizik holatini, vujudga kelish qonuni-
yatlarini o‘rganadi;
Qazilma konlari gidrogeologiyasiu yoki bu qazilma konlari
hududidagi mavjud yer osti suvlarini, ularning fasllar, ko‘p yillar mobay-
nida vujudga kelish sabablarini, iste’molga yetarli yoki yetarli emasligi,
yaroqligi darajalarini o‘rganadi va bashoratlaydi, chora-tadbirlar ishlab
chiqadi;
Radiogidrogeologiya — yer osti suvlarining radioaktiv tarkibini, ular-
dagi mavjud radioaktiv elementlarning turi (uran, rodon, radiy) miqdor-
larini, vujudga kelish o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, ularni qidirib
topish, xalq xo‘jaligida qo‘llash uslublarini ishlab chiqish bilan shu-
g‘ullanadi;
Regional-gidrogeologiya — yer osti suvlarining ayrim regionlar bo‘yi-
cha tarqalishi, vujudga kelishi, o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi;
Yer osti suv konlari gidrogeologiyasi — yer osti suvlarining ayrim
geologik, tektonik, fizik-geografik sharoitga ega bo‘lgan regionlar bo‘yi-
cha yig‘ilish, joylashish qonuniyatlarini o‘rganadi, ichish uchun zarur
bo‘lgan yer osti chuchuk suv zaxiralarini qidirib topish, ularning
miqdorini aniqlash, xalq xo‘jaligi sohalarida ishlatish jarayonida yuzaga
keladigan kimyoviy, fizik va miqdoriy o‘zgarishlarni o‘rganadi, baholaydi
va bashoratlaydi;

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə