Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Mineralogiya fani. Biz yashab ijod qilayotgan Yer sharining qaysi
bir qismini olmaylik, hamma joyda shag‘al toshlarni, qum, tuproqlar-
ni, granitni uchratamiz, ular biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, tog‘ jinslari
deb ataladi. Ana shu tog‘ jinslarini, masalan, granitlarni, chaqiq shag‘al
toshlarni sinchiklab qarasak, oq, ko‘k, jigarrang, qora va shunga o‘xshash
rangdagi donalarni — minerallarni
1
ko‘ramiz. Faqat biz har kuni ko‘zi-
miz bilan ko‘rib turgan tuproq qatlamlarining o‘zi 50 dan ortiq har xil
minerallardan tuzilgan. Mineralogiya fani ana shu tog‘ jinslarini tashkil
qilib turgan minerallar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, minerallarning kimyoviy
tarkibini, fizik xossa va xususiyatlarini, paydo bo‘lish sharoiti qonuniyat-
larini hamda ularning ichki tuzilishini o‘rganadi.
Hozir tabiatda 4 000 dan ortiq mineral borligi ma’lum bo‘lib, u yoki
bu tog‘ jinslari bir-birlaridan o‘z tarkibidagi minerallarning soniga,
miqdoriga ularning joylashish tartibiga, donalarining katta-kichikligiga
qarab turli nom bilan atalishi yoki ana shu minerallarning xossa va
xususiyatlariga qarab tog‘ jinslarining xossa va xususiyatlari o‘zgarishi
mumkin. Tabiatda tog‘ jinslari o‘zlaridagi minerallarning soniga qarab
polimineralli va monomineralli bo‘ladi. Polimineralli tog‘ jinslari bir
qancha minerallardan tashkil topgan bo‘lib, bularga sog‘ tuproq (lyoss),
gil tuproq, granit, porfir va shularga o‘xshash tog‘ jinslari kiradi.
Sog‘ tuproqdagi minerallarning eng ko‘p qismini kvars (23—35%),
dala shpati (12—29%), muskovit (4—8%), biotit (2—3%) tashkil qiladi.
Monomineralli tog‘ jinslari asosan bir mineraldan tashkil topgan
bo‘ladi. Agar tog‘ jinslari tarkibidagi minerallar miqdori 5 protsentdan
ortiq bo‘lsa, tog‘ jinsi hosil qiluvchi mineral hisoblanadi, agar minerallar
miqdori 5 protsentdan kam bo‘lsa, tog‘ jinslarini hosil qilishda ahamiyat-
ga ega emas. Fanda bunday minerallarni oksessor (sirkon, rutil, anatoz
va boshqalar) minerallar deb ataladi. Tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan
minerallar kimyoviy tuzilishiga qarab murakkab yoki oddiy bo‘lishi
mumkin.
Sodda minerallarga galenit (Rb/S), kinovar (NgS), gemotit (Fe
2
O
3
),
kvars (SiO
2
), rutil (TiO
2
), magnezit MgCO
3
) va boshq. kiradi. Murakkab
minerallarga muskovit KAl
2
(OH)
2
[AlSiO
3
O
10
], kaolinit Al
4
(OH)
8
[Si
4
O
10
],
montmorillonit Al
2
(OH)
2
[Si
4
O
10
]•nH
2
O ni misol qilib ko‘rsatish mum-
kin. Ba’zan minerallar bir kimyoviy elementdan tuzilgan bo‘lishi ham
mumkin, bu minerallar grafit (C), sof mis (Cu), sof oltin (Au), sof
oltingugurt (S) va boshqalardir. Bunday minerallar yer qobig‘ining ham-
masi bo‘lib 0,1 protsentini tashkil etadi va sof elementlar deb ataladi.

Minerallar tabiiy kimyoviy birikma bo‘lib, yerning chuqur hamda uning yuza
qismlarida sodir bo‘ladigan har xil fizik, kimyoviy, biokimyoviy jarayonlar natijasida
paydo bo‘ladi.


7

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə