Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

neotektonika fani, hozirgi zamonda yuz berayotgan o‘zgarish-
larni esa 
hozirgi zamon tektonika fani o‘rganadi. (Bu sohaga kerakli
mutaxassislar O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent Davlat
texnika universiteti geologiya va kon-geologiyasi fakultetlarida tayyor-
lanadi).
Paleontologiya fani. Ma’lumki, Yer o‘zining uzoq (4,5—5 milliard)
tarixiy taraqqiyot davrini boshdan o‘tkazgan. Ana shu uzoq tarixiy
taraqqiyot uni hozirgi biz ko‘rayotgan holatga keltirgan. Bu vaqt
davomida yerning ichki va tashqi qismida katta geologik, geokimyoviy
o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Yerning quruqlik qismi bir necha marta qayta-
qayta dengiz bilan qoplangan va yana quruqlikka aylangan. Shu bilan
birga iqlim, hayvonot, o‘simliklar dunyosi eralar, davrlar mobaynida
o‘zgarib, rivojlanib, bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga, bir turdan
ikkinchi turga, soddalikdan murakkablikka tomon almashilib borgan.
Ularning qoldiqlari: gavdalari, suyaklari, daraxt tanalari, urug‘lari,
po‘stloqlari, shu hayvon va o‘simlik yashagan davrga mansub tog‘ jins
qatlamlari ichida ko‘milib, qolib ketgan va hozirgacha ba’zan toshga
aylangan holda saqlanib qolgan.
Paleontologiya fani Yer tarixiy taraqqiyotining u yoki bu davrida
yashagan va tog‘ qatlamlari orasida ko‘milib, qolib ketgan, toshga
aylangan xuddi ana shunday o‘simlik va hayvonot qoldiqlarini o‘rga-
nadi, ularni sinflarga, guruhlarga ajratadi, yoshini aniqlaydi, tog‘ jinslari
paydo bo‘lgan davr bilan taqqoslaydi, xulosalar chiqaradi.


1 0
Masalan, bir xil hayvon va o‘simlik qoldiqlari bir vaqtda paydo
bo‘lgan tog‘ jinslari ichida uchrab, keyingi davr tog‘ jinslari ichida
uchramasa yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketsa, demak, o‘sha o‘simlik yoki
hayvon o‘sha tog‘ jinsi paydo bo‘lmagan davrda yoki undan avvalroq
o‘sha hudud atrofida yashagan, keyingi davrda esa yo‘q bo‘lib ketgan,
degan fikrga kelinadi. Agarda ana shunday hayvon va o‘simlik qoldig‘i
Yer sharining boshqa bir yeridan topilsa, ular solishtirilib, o‘sha joylarda
bir xil tabiiy sharoit hukm surgan degan xulosaga kelinadi.
Paleontologiya fani paleozoologiya (o‘tmishda yashagan hayvonlar
qoldiqlarini o‘rganadi) va paleobotanika (o‘tmishda o‘sgan o‘simliklar
qoldiqlarini o‘rganadi) bo‘limlarga ajraladi.
Paleontologlarning chiqargan xulosalari fan uchun, geologiyaning
boshqa sohalari uchun juda zarur va qimmatlidir.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə