Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

BIRINCHI QISM
1-BOB
GEOLOGIYA YO‘NALISHIGA KIRUVCHI FANLAR
Geologiya fani. Geologiya so‘zi grekcha geo — yer, logos — fan
yoki yer to‘g‘risidagi fan demakdir
1
.
Geologiya fani birinchidan, yer qatlamlari tarkibini, xossa va
xususiyatlarini, ikkinchidan, yerning ichki qismida sodir bo‘ladigan
hodisa va jarayonlarni, uchinchidan, yer ustki ko‘rinishini o‘zgartirish
jarayonlari, qonuniyatlarini hamda yer qobig‘ini tashkil qiluvchi tog‘
jins qatlamlarini, ularning yotish holatlarini, yotqizilish sharoiti,
qalinliklarini, shu qatlamlarda uchraydigan hayvon, o‘simlik qoldiqlarini
tahlil qilib o‘rganish, xulosalar chiqarish natijasida ana shu tog‘ jins
qatlamlari yoshini aniqlash, shu bilan birga Yer kurrasining u yoki bu
qismida dengiz va quruqlikning o‘rin almashish vaqtlarini, sabablarini,
to‘rtinchidan, yer qobig‘i qatlamlarini va ana shu qatlamlar paydo
bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer osti boyliklarini kishilik jamiyati man-
faatlari uchun foydalanish yo‘llarini o‘rganadi.
Geologiya fanining uzoq o‘tmishi, rivojlanishi, taraqqiy etishi,
kishilarning bu fanga bo‘lgan munosabatlarining doimo o‘zgarib, o‘sib
borishi geologiya fanini bir qancha mustaqil fanlarga ajralishiga olib
keldi. Bu fanlarning eng asosiylari quyidagilar:
Umumiy geologiya fani. Yerning ichki va tashqi qismida sodir bo‘lgan
va bo‘layotgan geologik jarayonlarning rivojlanish va so‘nish qonuniyat-
larini, kelib chiqadigan oqibatlarini o‘rganadi.
Tarixiy geologiya fani. Planetamizning uzoq tarixiy o‘tmishini, unda
bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlarni va bu o‘zgarishlarni keltirib chiqargan sabab-

Bu yerda shuni ham aytib o‘tish kerakki, yer shaklini, tabiiy sharoitini, fizik-kimyoviy
tuzilishini, Quyosh sistemasiga kiruvchi planeta ekanligini va shunga o‘xshash boshqa
tomonlarini o‘rganadigan qator fanlar ham mavjudki, bu fanlar o‘zlarining oldiga qo‘y-
gan vazifasi, hal qiladigan masalalari bilan geologiya fanidan farq qiladi. Lekin bu
fanlarning hammasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, birining rivojlanishi albatta
ikkinchisining rivojlanishiga sababchi bo‘ladi, mulohaza yuritishga, yangiliklar yaratishga
olib keladi, bular geografiya, geodeziya, astronomiya, kimyo, fizika va boshqa qator
fanlardir.
Geologiya, geografiya, geodeziya fanlari birgalikda «Yer fanlari» majmuasini tashkil
qiladi.


6
larni, yer qobig‘ini tashkil qilib turgan tog‘ jins qatlamlarini, yuqoridan
pastga qarab tarqalishini, yotish holatlarini tahlil qiladi va o‘rganadi.
Bu fan o‘ziga stratigrafiya, paleogeografiya ilmlarini birlashtiradi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə