Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. «Geologiya» so‘zining ma’nosini ayting.
2. Geologiya yo‘nalishiga kiruvchi fanlar, ularning asosiy vazifalari to‘g‘risida
gapirib bering.
3. Yer fanlari majmuasini qaysi fanlar tashkil etadi?
4. «Geosinklinal», «Epigeosinklinal», «Epiplatforma», «Rift» oblastlari to‘g‘ri-
sida tushuncha bering.
2-BOB
GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK
GEOLOGIYASI FANLARI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA
2.1. GIDROGEOLOGIK VA INJENERLIK GEOLOGIYASI
FANLARINING MAZMUNI VA VAZIFALARI
Gidrogeologiya fani. Gidrogeologiya fani yer osti suvlari to‘g‘risi-
dagi fan bo‘lib, yer qobig‘i qatlam jinslari g‘ovaklaridagi, yoriqlaridagi,
turli shakl va kattalikdagi karst bo‘shliqlaridagi yer osti suvlarining paydo
bo‘lishi, o‘zgarib turishi, yotish, joylashish holatlarini, harakat qilish,
sarflanish qonuniyatlarini, kimyoviy tarkibini, fizik xossa va xususiyat-
larini, xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Olimlarning
aniqlashlaricha, Yerning birinchi qobig‘i (litosfera) qatlamlaridagi
mantiyagacha
2
bo‘lgan qalinlikdagi tog‘ jinslari g‘ovak va yoriqlarida
1300 mln km
3
ga yaqin suv borligi aniqlangan. Demak, bu suvni dunyo

Rift — bu yer qobig‘idagi mavjud plitalarni (bloklarni) ikkinchi qismiga nisbatan
surilishi, tezkor harakatlanishi natijasida vujudga kelgan uzunligi bir qancha yuz kilometrdan
1000 km gacha, eni esa 5 km dan 400 km yotadigan kontinental va okean osti daralaridir.

Yer shari bo‘ylab seysmik to‘lqinlar tarqalishi kuzatilganda, uchta chegarada
o‘zgarganligi aniqlangan. Bu holat Yer shari uch qobiqqa ajraladi, degan taxminga olib
kelgan. Birinchisi yerning ustki (litosfera) qobig‘i bo‘lib, qalinligi 5—10 km (okean os-
tida) dan 80—100 km (tog‘li oblastlarda)ga yetadi. Yer qobig‘ining pastki chegarasidan
2 900 km gacha mantiya, 2 900 km dan pastki qismini Yerning yadrosi deb atalgan.


1 4
okeani suvlari miqdoriga teng desa bo‘ladi (1.1-jadval). Quruqlikda
yashovchi hayvonlar organizmining 60%, dengizda yashovchi mavju-
dodlar organizmining 99 % gacha bo‘lgan qismini suv tashkil qiladi.
O‘simliklarda ham bu qiymat 80 % dan (bodring, pomidor, nok, olma,
kartoshka va b.) 95% oralig‘ida o‘zgaradi. Bu degani — Yer planeta-
sidagi mavjud hayvonlar va o‘simliklar massasining 80—95% miqdori-
ga teng bo‘lgan suvning biosfera elementlari orqali doimo harakatda
ekanligidan ham dalolat beradi.
M. I. Lvovichning ma’lumotlariga ko‘ra (1974), Yer kurrasida yashov-
chi odamlarning ehtiyojlari uchun har yili 3 300 km
3
, har bir odam
uchun 1 100 m
3
miqdordagi suv kerak bo‘ladi. Jumladan, har bir
sug‘oriladigan yer uchun yiliga 2 000 m
3
suv sarf bo‘lishi, 1 tonna don
yetishtirish uchun 1 800 m
3
, 1 tonna paxta tolasi yetishtirish uchun
7 500m
3
suv kerakligi ham aniqlangan. A. S. Xasanovning ma’lumotiga
ko‘ra, hozir respublikamizda 90 shahar, 120 tuman markazlari yer osti
suvi bilan ta’minlangan. Bu maqsadlar uchun 90 dan ortiq ma’lum
o‘lchamdagi maydonlarda yer osti suv zaxiralari aniqlangan.
1.1-jadval

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə