Gidrografiya tarmoqlari va tafsilotlarni chizishni



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix17.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#117786
5 amaliy Geodeziya fani



5-AMALIY MASHG’ULOT:
GIDROGRAFIYA TARMOQLARI VA TAFSILOTLARNI CHIZISHNI 
O‘RGANISH
Gidrografiya tarmoqlari va tafsilotlarni topografik kartada tasvirlar 
chiziqli 
belgilar
bilan amalga oshiriladi.
Bu ish gidrografiya (geografiyaning er yuzidagi suvlarini o’rganadigan va 
tasvirlaydigan bo’limi), rel‟ef, yo’llar va chegaralarning shartli belgilarini 
chizishdan iborat. Avval gidrotexnik inshootlar (ko’prik, to’g’on va boshq.) qora 
rangda belgilanib, daryo, ko’l va hovuzlarning qirg’oqlari yashil (ko’k) rangda 
pero yoki krivonojka yordamida chizib chiqiladi hamda suv oqimining yo’nalishi 
ko’rsatiladi.
Rel‟ef elementlari (qo’rg’on, chuqurliklar, o’pirilishlar, jarliklar) jigarrangda 
chiziladi. O’simliklarning belgilari va strelkalari qora rangda bo’ladi.
 
Topografik kartalardan gidrografiya ob’ektlarini o‘rganish 
Gidrografiya 
ob‟ektlaridan transport vositalari, sanoat, qishloq xo‟jaligi va axolini suv xamda 
elektr energiya bilan taminlash manbai sifatida foydalaniladi. hududning rel‟fi 
ko’pincha uning gidrografiyasiga bogliq. Topografik kartani o’rganish natijasida 
shu kartada tasvirlangan dengiz, ko’l va suv ommborlarining qirg’oqlari, daryo, 
soy va kanallar, buloq quduq va boshqa gidrografiya ob‟ektlari, ular bilan bog‟liq 
bo‟lgan transport haqida, melioratsiya, sug’orish va aholini suv bilan ta‟minlash 
maqsadida qurilgan turli gidrotexnik inshooatlar haqida to’liq ma‟lumotlar olish 
mumkin.
Topografik kartalarda dengizlar qirgoq chiziqlari bo‟yicha tasvirlanib, bu 
chiziqlar dengizning eng baland sathini ifodalaydi. Ochiq (okeanga tutashadigan) 
dengizlar (Qora dengiz bundan mustasno) qirg‟oq chiziqlarining balandliklari 
nolga teng deb qabul qilinganligi sababli ularning balandligi kartada yozilmaydi. 
Dengiz qirg‟oq chiziqlari yonidagi shartli belgilardan qirgoqlarning jarli, qumloq 
yoki toshloq ekanligini bilib bo‟ladi. Dengiz qirg‟oq chizig‟i bo‟ylab chizilgan 
ko‟k rang dengiz sathining ko’tarilib-pasayib turishini, uning yonidagi raqam esa 
dengiz sathining o’rtacha pasayishini bildiradi.
Kartaning masshtabida 1 mm. kv dan katta joyni egallaydigan ko’l va suniy 
suv xavzalarining hammasi yirik masshtabli kartalarda ko’rsatiladi. Lekin ba`zi 
hududlarning landshaft xususiyatlarini ifodalash maqsadida, karta masshtabida 1 
mm. kv dan kichik joyni egallaydigan ko’llar haqiqiy maydoniga nisbatan 
kattaroq qilib, masshtabsiz shartli belgi bilan tasvirlanadi. Sanoat ahamiyatiga ega 


bo‟lgan yoki shifobaxsh ko’llar, daryo boshlanadigan yoki orientir ahamiyatiga 
ega bo‟lgan, shunindek cho‟l hududlardagi chuchuk suvli ko’llarning barchasi, 
karta masshtabida 1 mm. kv dan kichik joyni egallasa ham masshtabsiz shartli 
belgi bilan ko’rsatiladi.
Ko’lning qirg’oq chizigi tasviridan qirg‟oqning shaklini, tipi va rel‟efini, 
ko’l sathi o’zgarmasligini yoki uning qurib qoladigan ko’l ekanligini va boshqa 
xususiyatlarini bilib olishlari mumkin. Tutash chiziq ko’l qirg’oq chizig’ining 
doimiyligi (suv satxi uzgarmasligi)ni, punktir chiziq esa buning qurib qoladigin 
ko’l ekanligini bildiradi. Ko’l konturi yoki shartli belgisi yonidagi qisqartirilgan 
yozuvlar ko’ldagi suvning sifatini bildiradi. Masalan, “sol”(“sho’r suvli”), “g-sol” 
(“taxir – sho’r suvli”) va xokazo. Qurib borayotgan yoki botqoqlikka aylangan 
ko’llarni, qamish o’sib turgan ko’llarni, ko’llarning sho’rxok va maysazorga 
aylangan qisimlarini ham maxsus shartli belgilardan ham bilib olish mumkin.
Topografik kartalardagi daryolar tasviridan ularning uzunligi, kengligi
chuqurligi, egri-bugriligi, suvning oqish tezligi, kema qatnoviga yaroqli yoki 
yaroqsiz ekanligi va boshqa hususiyatlarni aniqlasa bo’ladi. Daryolarning 
tasvirlanishi karta masshtabiga bog’liq.
Topografik kartalarda daryo yoki soylar kartaning masshtabiga qarab bir 
yoki qo’sh chiziq bilan tasvirlanishi mumkin.
Daryo va soylarni bir chiziq bilan tasvirlashda daryoning yuqori oqimidan 
quyi okimagi tomon chiziq yo’g’onlasha boradi. Karta masshtabida qo’sh chiziq 
bilin ko’rsatilgan daryo va soylarning kengligini kartada o’lchab aniqlash 
mumkin.
Kengligi 3m dan ortiq bo’lgan daryo va soylarning kengligi va chukurligi 
kechuvlarga hamda aholi yashaydigan punktlar yakiniga va boshqa zarur joylarga 
yozib qo’yiladi. Qo’sh chiziq bilan tasvirlangan daryo yoki soylarning oqim 
tezligi oqim yo’nalishini tasvirlovchi strelka yoniga yoziladi.
Topografik kartalarda daryolar nomining bosh harflar bilan,masalan, 
AMUDARYO yozilishi unda kema katnay olishini, birinchi harfi bosh harf bilan 
va qolganlari kichik harflar bilan yozilishi kema qatnay olmasligini bildiradi. 
Doimo oqib turadigan daryo yoki soylar tutash chiziqlar bilan, suvi ko’rib 
qoladiganlari uzuk ko’k chiziqlar bilan, yer ostiga singib, yana yer betiga oqib 
chiqadiganlari qator ko’k nuqtalar bilan tasvirlanadi. Kartadagi jigar rang punktir 
chiziqlar daryo yoki soyning quruq o’zanini ifodalaydi. Daryo o’zaniga qo’yilgan 
shartli belgi va qisqartirilgan yozuv, o’zanning xaraktyerini, masalan, “vdp”-
(sharshara), “por”-(ostona) va boshqalarni bildiradi.


Daryo yoki soylarning bir-biriga qo’shilish joylarida, axoli yashaydigan 
punkt yoki gidrotexnik inshoatlar yaqinida va boshqa shu kabi joylarda ko’k 
doiracha yoniga yozilgan raqamlar daryo yoki soyning shu joyidagi suv satxining 
balandligi buladi.
Kengligi 3 m dan oshmaydigan kanal, ariq va soylar topografik kartalarda 
bir chiziq bilan, 3 m dan kenglari esa qo’sh chiziq bilan tasvirlanada. Magistral 
sug’orish kanallarining kengligi 3 m gacha bo’lganda – ingichka chiziq bilan 3 m 
dan 10 m gacha bo‟lganda –yo’g’onroq chiziq bilan, 10 m dan katta bo’lganda 
qo’sh chiziq bilan ko’rsatiladi.
Zovurlarning ko’rsatilishi ham kartaning masshtabigi bog’liq; Karta 
masshtabidagi uzunligi 1sm dan ziyod bo‟lgan zovurlar barcha topografik 
kartalarda ko’rsatilidi; 1sm dan kichik bo’lganlari esa juda chukur va orientir 
axamyatiga ega bo’lsagina ko’rsatiladi.
Aholi yashaydigan punktdan tashkaridagi yirik suv tarmoklari va ularga oid 
inshoatlar: akveduq suv chikarish stansiyasi va boshkalar xam topografik 
kartalarda ko’rsatiladi. Yirik masshtabli topografik kartalarda xatto suv 
o’tkazilgan tarnovlar, fantanlar va vodapravod kolonkalari ham beriladi. Quduq 
va buloqlarning kartada ko’rsatilishi ularning o’rniga va umumiy hududning 
xarakteriga bog’liq. Cho’l hududlaridagi quduqlar, su‟niy va tabiiy (suv 
ombarlari, xovuzlar, sardobalar, buloqlar va boshqalar) topografik kartalarda 
batafsil ko’rsatiladi. Suv bilan ta‟minlangan tumanlarning 1:10000 va undan 


yirikroq masshtabli kartalarda axoli yashaydigan hududlardan tashqaridagi quduq 
va buloqlarning barchasi, 1:25000 masshtabli kartalarda – eng asosiylari, 1:50000 
va 1:100000 masshtabli kartalarda esa fakat orientir ahamyatiga ega bo’lganlari 
ko’rsatiladi. Quduq ko‟k rangdagi doiracha bilan tasvirlanib, doiracha yoniga 
oddiy quduq bo‟lsa – K xarfi, artezian qudug‟i bo‟lsa – art.k.deb yoziladi. 
Chigiriq va shamol kuchi bilan suv chiqaradigan quduqlar barcha masshtabdagi 
topografik kartalarda maxsus shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Asosiy quduqlar 
ikkinchi darajali quduqlardan K xarfining kattaroq qilib yozilishi bilan farqlanadi.
Qishloq xo’jalik xaritalarida gidrografiya tarmoqlari va tafsilotlarini quyidagicha 
ifodalanadi. Har bir shartli belgi balandligi 10 mm va uzunligi 20 mm
bo„lgan to„rtburchak ichiga chiziladi .

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə