Gimnastika fani vazifalari va metodik xususiyatlari Reja


Osilish holati harakatida tebranish



Yüklə 53,85 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü53,85 Kb.
#156645
1   2   3   4
Gimnastika fani vazifalari va metodik xususiyatlari

Osilish holati harakatida tebranish.

Osilish holati harakatida tebranish — (159-rasm) birin-ketin oldinga va orqaga bajariladigan tebranishlardan iborat. To'g'ri tebrana olish baland yakkacho'pda gimnastika umumiy kursi mashqlarini muvaffaqiyatli o'rganishning asosidir. To'g'ri tebranishda quyidagi holatlar ketma-ket bo'lishi kerak:
orqaga tebranishning oxirgi holatida tana to‘la to‘g‘rilangan yoki biroz bukilgan bo'ladi. Nazorat uchun eng yaxshi usul — talaba o‘z oyoq uchlariga qarashini tavsiya qilamiz;
tik holatda tananing to‘g‘rilangan (osilish holatidagidek) holati;
d) oldinga tebranishning oxirgi holatida gavda biroz bukilgan bo'ladi (gimnast o‘z oyoq uchlarini ko'rib turishi kerak).

Orqaga siltanib, sakrab yerga tushish. Oldinga tebranishning oxirgi nuqtasidan tik holatga o'tayotib gimnast oyoqlarini orqaga yo‘naltiradi va keradi. Ayni vaqtda u to‘g‘ri qo‘llari bilan yakka- cho‘p o'qini bosib chiqib, tana-yelka burchagini kamaytiradi. Oxirgi harakatda u tovon va yelka bo‘g‘ini yo'nalish tezligini tenglashtiradi, ya’ni gimnastning gavdasi oldinga harakatlana boshlaydi. Orqaga tebranishning oxirgi nuqtasida gavdaning kerishgan holatini saqlab, sportchi yakkacho‘p o‘qini qo'yib yuboradi, qo'llarini yuqoriga, tashqariga ko‘taradi, sakrab qo‘nadi.


Qo'llarni qo‘yib yuborishdan oldin boshni ko'tarish va yakkacho'p ustida oldinga qarashni tavsiya qilamiz.
Oldinga tebranib sakrab yerga tushish. Orqaga tebranishning oxirgi holatidan gimnast oldin «а», so‘ng «Ь» holatlaridan o'tadi va «d» holatiga yaqinlashadi (osilish holatida tebranishga qaralsin). So'nggi holatda sakrab yerga tushishdan oldin tos-son bo‘g‘inidan bukilish, tebranishdan bir qancha ko'proq bo‘lishi mumkin. Hara- katning oldindagi yuqori nuqtasida gavdani tos-son bo‘g‘inidan keskin yozilishi orqali to‘liq kerilish zarur va ayni vaqtda to‘g‘ri qo‘Ilami bosh orqasiga yo'naltirish kerak. Ushbu harakatlar tugashi bilanoq, gimnast qo‘llarini qo'yib yuboradi va uchish holatida kerishgancha yerga qo'nadi.
Tebranishdan keyin sakrab yerga tushishdan oldin quyidagi mashqlarni bajarish foydalidir: yakkacho‘pdan 1 — 1,5 m masofada turgan sakrash «ko‘prik»chasiga osilish va oldinga siltanib yerga tushish.
Muhofaza qilish va yordam berish. Tebranishlarni va qayd qilingan sakrab yerga tushishlarni oVgatish bilan bog'liq bo'lgan barcha mashqlar bajarilganda, ustoz yakkacho‘pning ostida sport- chidan chap yoki o‘ng tomonda turib tebranish yuzaligiga parallel holda gimnast bilan birgalikda o‘ng yoki chap tomonga siljiydi. Murabbiyning bir qo‘li shogirdining ko'krak tomonida joylashadi, ikkinchisi orqa tomondan ko'krakning pastki uchiga teng joylashadi. Talaba orqara siltanganda qo‘li ertaroq uzilib ketsa, o‘qituvchi talabaning ko‘kragidan ushlab qolishga tayyor turishi kerak. Agar uzilish orqaga siltanganda yuz bersa, ko'krak ostidan ushlab qoli- nadi.
Bir oyoqda ko‘tarilish (tebrangandan keyin) oldingi holatning oxiriga biroz yetmasdan gimnast tos-son va yelka bo‘g‘inlarida keskin bukilib, har ikki oyog'ining tovon-boldir bo‘g‘inini yakkacho'pga olib keladi, keyinchalik o‘ng oyog'ini yakkacho‘p ostidan o‘tkazadi (o‘ng oyoq tizzadan bukilishi mumkin). Bu harakatlar bukilib osilish holatidan orqaga siltanish boshlanishidan oldin tugashi zarur. Orqaga siltanish boshlanishi bilan gavdani bir bo‘g‘inidan bukilish davom etadi (ya’ni yelka-tana burchagi kamayib boradi), tos-son bo‘g‘inidan esa to‘g‘rilanish boshlanadi va o‘ng oyoq bilan minib, tayanish holatida tugallanadi. Shuni ta’kidlash muhimki, tos-son bo‘g‘inida to‘g‘rilanish davomida chap oyoqning oldingi yuzasi yakkacho'pdan uzoqlashtirilmaydi, balki tegar-tegmas turishi kerak.
0‘rgatish (past yakkacho‘pda):
oyoqlarni yozib bukilib osilish (yakkacho'p o‘qi boldir- tovon bo‘g‘ini to‘g‘risida);
oyoqlarni yozib bukib osilish holatidan oyoqlarni kerib, kerishib osilish holatigacha keskin to‘g‘rilanish va bukilib osilish holatiga qaytish;
bukilib osilish holatida majburiy (ustoz yordamida) teb¬ranish;
bukilib osilish holatidan orqara siltanganda oyoqlarni yozib kerishib osilish — oldinga tebranganda bukilib osilish;
0 yordam bilan ikki-uch tebranishdan keyin o‘ng oyoq bilan tayanishga ko‘tarilish;
o‘ng oyoq bilan minib tayanish holatidan orqaga tushib, oyoqlami kergan holda osilib qolish;
yordam bilan o‘ng oyoqda tayanishdan orqaga qo‘nib, o‘ng oyoq bilan tayanib ko'tarilish.
Ko'tarilishni bir necha bor mustaqil bajargandan so‘ng katta yakkacho'pga o‘tish mumkin. Asosiy e’tiborni osilish holatidan bukilib osilish holatiga o'tishga qaratish zarur.
Gavdani yozib ko‘tarish (tebranishdan keyin)
Orqaga tebranishdan keyin, tik holatga o'tayotib, tos-son bo‘g inidan keskin to‘g‘rilanishga, shu bilan birga, qo‘llarni bosh orqasiga (xuddi oldinga tebranib sakrab yerga tushishdagi kabi, biroq biroz Hpariroq) uzatish kerak. To‘g‘rilangan holatda to‘xtamasdan tos-son va yelka bo‘g‘inlarida keskin bukilib, boldir o‘rtasini yakka- cho'pga olib kelinadi (barcha harakatlar bukilib osilish holatidan orqaga tebranish boshlanishidan oldin tugashi zarur). Orqaga tebranish boshlanishi bilan yelka bo‘g‘inidan bukilishni davom ettirib, tos-con bo‘g‘inidan to‘g'rilanish kerak. Bu harakatlar nati- jasida tos yakkacho'pga yaqinlashadi va uning atrofida butun gavda aylanishining burchak tezligi oshadi, shuning hisobiga u tayanish holatiga keladi.
0‘rgatish (o‘rta yakkacho'pda):
a) burchak yasab osilishdan oyoqlar bilan to‘shaklarga tiralib, oyoqlami tizzadan bukkancha boslini orqaga tashlamay kerishish. To‘g‘ri qo'llami bosh orqasiga oxirigacha uzatilishiga e’tibor berish zarur.
Keyin dastlabki holatga qaytish. Bir yoia bir necha marta takrorlanadi. Kerishish tez bajarilishi kerak, toki uning oxirida tovonlar to‘shakdan uzilguncha;
b) kerishishdan keyin imkoni boricha tezroq to‘g‘ri oyoqlarni (boldir o'rtasini) yakkacho'pga olib kelish kerak;
chap tomonda turgan murabbiy yoki sherikning yordamida gavdani yozib ko'tarilish. Bunda yordam beruvchi chap qo‘li bilan talabaning oyoqlarini yakkacho‘pga tez olib kelish uchun yordam beradi va o‘ng qo‘li bilan talabaning belidan tayanish holatigacha ko'taradi.
Baland yakkacho'pda:
murabbiy osilib turgan gimnastdan chap tomonda va biroz oldinda turib talabaning chanoq suyaldari qismidan ushlab, uni muvozanat holatidan orqaga yo'naltiradi va shu holatda ushlab turadi. Gimnast tos-son bo‘g‘inidan bukilib, tovonlarini yakkacho‘p o‘qi tagidagi to‘shaklarga yo‘naltiradi (shu chiziqda chiziqcha yoki gimnastika tayoqchasi qo'yilsa, yanada qulay bo‘ladi).
So'ngra murabbiy qo'llarini olib, gimnastga oldinga erkin hara- katlanib muvozanat holatiga, ya’ni osilishning dastlabki holatiga qaytishga imkon beradi. Gimnast, shu holatdan o‘tayotib tos-son bo‘g‘inidan keskin yozilishi va qo'llarini bosh orqasiga yo'naltirishi kerak. So'ngra gimnast va ustoz «Ь» va «d» moddalarda tavsiya qilingandek harakat qiladilar;
0 yakkacho'pdan 1 m masofada turgan sakrash «ko'p- rik»chasidan burchak hosil qilib osilish holatiga sakrash va yakkacho'p ostida to'g'rilanish. Navbatdagi harakatlar «Ь» va «d» moddalarda bayon etilganidek bajariladi;
g) o'rtacha tebranishdan (ko'lami 90° dan oshiq bo'lmasin) orqaga siltanib tos-son bo‘g‘inidan bukilish, yakkacho'p ostida to'g'rilanib, murabbiy yordamida gavdani yozib ko'tarilish.
Oldinga aylanish (o'ng oyoq bilan). Gimnastni yakkacho'pga minib tayanish holatidan o'ng oyoqni mumkin qadar balandroq ko'tarib kerishadi va tosni oldinga yo'naltiradi. Bunda chap oyoqning soni yakkacho'pga qattiq bosiladi. Shu holatdan oldinga harakat boshlanadi va tana holati taxminan bosh pastga tushgunga qadar saqlanadi. Bu holatda oyoqlar orasi qisqartiriladi va qo'l kaftlarini o'qqa qo'yib aylanish yakunlanishidan oldin aylanish yo'nalishi bo'yicha buriladi. Aylanish oyoqlarni keng yozish bilan yakunlanadi. Orqaga aylanish (o'ng oyoq oldinda) oldinga aylanishga o'xshab bajariladi, faqat teskari yo'nalishda.
О ‘rgatish. Наг ikki mashq ham yaxlit o‘rgatish usulida tushun- tiriladi. Oldinga aylanishni o‘rgatishda murabbiy yon tomonda (masalan, chap tomonda) va orqada turadi. Orqaga aylanishni o'rgatishda — yon tomonda va oldinda turadi.
Oldinga aylanishda murabbiy chap qo‘Iini o‘q ostidan o‘tkazib, talabaning bilagidan teskari ushlaydi. Aylanishni boshlash bilan murabbiy shug‘uilanuvchini chap qo'li bilan aylantiradi, aylanish tugashi bilan o‘ng qo‘li bilan belidan ushlaydi.
Orqaga aylanganda murabbiy o‘ng qo‘li bilan bilakdan ushlaydi, chap qo‘li bilan esa mashq tugatilishidan oldin talabaning ko‘k- ragidan ko‘taradi.
Tayanib orqaga aylanish. Gimnast tayanish holatidan qoMlarni biroz bukish orqali oldinga engashib, tos-son bo'g’inidan bukiladi, keyin keskin to‘g‘rilanib, qo‘llarini to‘g‘rilab yakkacho‘p ustiga ko'tariladi (siltanadi). Tayanish holatiga erkin qaytib, sonlar bilan yakkacho‘pga tegishi bilan tos-son bo‘g‘inidan biroz bukilib, boshni orqaga yo‘naltiradi va shu holatni saqlagancha orqaga aylanadi. Butun aylanish davomida tosni yakkacho‘pga yaqin ushlash juda muhimdir. Aylanish tugashidan 11.2.3. Halqada bajariladigan mashqlar
Halqalar boshqa gimnastika jihozlaridan farqi ular osilgan boladi va tebranib turadi. Halqada tebranish mashqlari bajarilganda gimnastning og‘irlik markazi halqalarning osma nuqtasidan o‘ta- digan tik yuzalik bo'yicha siljiydi. Bunda tananing har qanday nuqta- lari parabolaga o‘xshash egri chiziqlami hosil qiladi, chunki hara- katchan halqalar tebranishga teskari yo‘nalishda old-orqa yuzalikda harakatlanadi.
Og‘irlik markazining bunday harakatlanishi halqada mashq bajarishning yana bir xususiyatidan dalolat beradi. Yuqorigi holatdan pastki tik holatga tushish (erkin tushish)da og‘irlik markazi pastga harakatlana borib, pastki vertikaldan o'tayotganda, amalda juda tez, harakat yo‘nalishini qarama-qarshi yo‘nalishga o'zgartiradi.
Bu hoi yakkacho‘pda mashqlar bajarishga nisbatan kaft va barmoqlarning qisqartiruvchi mushaklariga yuklama kuchini bir necha bor oshiradigan kuchli siltanish sifatida seziladi. Shuning uchun halqada tebranganda tik holatdan uzilib ketish ehtimoli yakkacho‘pga nisbatan bir qancha ko‘proq bo'ladi.
Kuch talab qiladigan mashqlar bu jihozda yana ham katta jismoniy kuchni talab qiladi, chunki UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning vertikaldan biroz siljishi ham gimnast harakatiga noaniqlik kiritadi.
Halqada tebranish mashqlari kamroq kuch ishlatish harakat- larini aniqroq bajarishni talab qiladi. Bu mashqlarda og'irlik markazi, ayniqsa, tebranishlarning oxirgi nuqtalarida vertikaldan ko'proq siljiydi. Gimnast mashq bajarish davomida hech qachon oxirgi holatdan tashqari, muvozanat holatida bo‘lmaydi. Shuning uchun uning noaniq harakatlari mashqni umuman bajara olmaslikka olib keladi. Gimnast shunday harakat qilishi kerakki, uning mashqni bajarishga qaratilgan barcha harakatlari mashq oxinda uni muvozanat holatiga olib kelsin. Muvozanat holati barcha vaziyatlarda shunday bo‘lishi kerakki, bunda UOM ham, tayanch nuqtasi ham halqalar osilgan nuqtadan tushirilgan bir vertikalda joylashsin.


  1. Yüklə 53,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə