Gimnastika fani vazifalari va metodik xususiyatlari Reja


Halqada bajariladigan asosiy mashqlar



Yüklə 53,85 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü53,85 Kb.
#156645
1   2   3   4
Gimnastika fani vazifalari va metodik xususiyatlari

Halqada bajariladigan asosiy mashqlar

Tebranish. Halqada mashqlar bajarishni 0‘rgatish tebranishdan boshlanadi, chunki to‘g‘ri tebrana olish halqada bajariladigan ko'pchilik mashqlarning muhim texnik qismidir. Tebranish bilan bir vaqtda bukilib osilish, kerishib osilish kabi holatlar ham o'rgatiladi. Bir darsning o‘zida past halqada tayanish holatida mashq qilishga ham ozroq vaqt ajratish lozim. Talabalarga quyidagi mashqlami bajarishni tavsiya qilish mumkin:
1. Sakrab chiqib, tayanib oyoqlarni oldinga va orqaga siltash.
2. Sakrab chiqib tayanib, burchak hosil qilish (talabalarning halqada burchak hosil qilishdan oldin boshqa jihozlarda bajar- ganliklari nazarda tutiladi).
3. Tayanish holatida tebranib, oldinga siltanib, orqaga tashlanib, bukilib osilish.
4. Burchak hosil qilib tayanish holatidan oldinga bukilib osilish holatiga tushish.
Osilish holatida tebranib oldinga siltanganda, tananing holati qanday bo'lishi to‘g‘risida to‘g‘ri tasawur hosil qildirish uchun quyidagi usul tavsiya qilinadi: past halqada osilgan holatda gimnast biror tayanch nuqtasiga, masalan, murabbiy stul orqasida shu- g'ullanuvchiga yuz tomoni bilan turadi, u murabbiyning yelkasiga tovordari bilan tayanadi. Shu holatda gimnastga gavdani tos-son bo‘g‘inidan biroz bukkan va boshni oldinga engashtiigan holni saqlab, bir necha marta qo‘llarini orqaga, bosh orqasiga yo'naltirish tavsiya qilinadi. Shundan keyin bu harakatlarni oldinga tebranganda tayanmasdan, baland halqada bajarish taklif etiladi.
Navbatdagi mashg'ulotlarda tebranish mashqlarini bajarganda, oldinga tebranganda bukilish, orqaga tebranganda bukilish, oldinga tebranganda sakrab tushish va orqaga tebranganda sakrab tushish kabi mashqlar bilan qo‘shib bajarish tavsiya qilinadi. Ayniqsa, diqqatni oldinga tebranishda bukilmasdan kerilib osilishni bajara olishga qaratish lozim. Bu mashq nazorat mashqi hisoblanib, talabalarning tebranish mashqlarini yuqori saviyada o'zlashtirgani to‘g‘risida ishonch hosil qilishga imkoniyat beradi. Bukilmasdan kerilib osilishni faqat tebranishdan keyingina bajarmasdan, shuningdek, orqaga tebranganda qo‘llarni to‘g‘rilashdan keyin yoki qo‘llarni bukib osilishdan oldinga tebrangandan keyin ham bajarish zarur.
Oldinga yelkadan aylanib bukilib osilish (165-rasm). Bu mashqni quyidagi yordamchi mashqlardan foydalanib o'rgatish tavsiya etiladi:
1. Oldinga engashib, qo‘llarni mushtlab yuqoriga uzatgan holatdan kaftlarni katta barmoqlar bilan ichkariga va keyinchalik pastga burib (mushtlami pronatsiya qilib) qo'llar yon tomonga uzatiladi va so‘ng boshni oldinga engashtirish bilan birga tos-son bo'g'inida yanada ko'proq egilib, qo'llar sonlarga olib kelinadi. Qo'llarni yon tomongacha borishiga e’tibor qaratish zarur. Oldin bu mashqni 2—3 marta sekinroq bajarish tavsiya qilinadi.
2. Dastlabki holat ilgarigidek, faqat halqalar yelka balandligida ushlab turiladi. Shu mashqni qo‘llarni yelkadan aylantirib, tik turib orqada osilish holatida yakunlash.
3. D.h. bir oyoqda muvozanat saqlab, qo'llar yuqoriga, past halqalarda qo'llar bilan ushlab turiladi. Osilgan oyoq bilan siltanib va tayanch oyoq bilan depsinib, qo‘l va bosh bilan shunga muvofiq harakatlar bajarib, bukilib osilish holatiga kelish.
Mazkur mashqlarni o‘zlashtirgandan keyin baland halqada murabbiy yordamida yelkadan aylanishni bajarishga o‘tish mumkin. Dastlabki urinishlarda murabbiy shug'ullanuvchinmg yon tomonida turadi va sonlaridan (boldirdan emas) ko'tarib yordamlashadi. Shuni nazarda tutish kerakki, bu urinishlarda son ostidan turtib yuborish emas, balki gimnastni oyoq harakatlari bo‘yicha aynan ko'tarish kerak.
Yoysimon sakrab tushish. Bunday sakrab tushishni o'rganish uchun quyidagi mashqlardan foydalanish zarur. Past halqalarda bukilib osilish holatidan tos-son bo‘g‘inidan yuqoriga keskin yozilib, bukilmagan qo'llar bilan halqalarga bosgancha kuch bilan qo'llarni yuqoriga — yon tomonga yo'naltirish kerak. Bu harakat shug'ulianuvchilarda tanaga qanday kuch berish hisobiga yuqoriga yoysimon harakatlanishi to'g'risida tasawur hosil qildirish uchun zarurdir. Bu holda qo'llarni bukish va tortish xatodir, buning oldini olish kerak. Bir yo'la 2—3 urinishdan keyin sakrab tushishni, al- batta, o'qituvchining yordami va muhofaza qilishi bilan o'rtacha balandlikdagi halqalarda o'rgatishga o'tish mumkin. U yon tomonda turib, gimnastni bir qo'li bilan belidan ushlaydi va gimnast oldinga yiqilgudek bo'lsa, ikkinchi qo'lini uning ko'kragidan ushlab qolishga tayyor turadi.
Yelkalardan orqaga aylanib sakrab tushish (166-rasm). Yelkadan orqaga aylanib sakrab tushishni o'rgatishga kirishishdan oldin shug'ullanuvchilar gimnastika to'shaklarida yelkadan orqaga kerilib, umbaloq oshishni bilib olishlari lozim. Bu akrobatika elementi yelkadan aylanib sakrab tushishda gavda va oyoq harakatlari to'g'risida tasawur hosil qiladi.
Yelkalardan orqaga aylanib sakrab tushishni o‘rganishdan oldin quyidagi mashqlarni bajarish zarur:
D.h. bukilib tik turib, qo'liar orqaga, barmoqlar musht- langan, qo‘llami bosh barmog'ini tashqariga burib, ularni yon tomonga va keyinchalik oldinga uzatish. Shuning bilan birga, tos- son bo‘g‘inidan to‘g‘rilanib, bosh orqaga engashtiriladi (qo'llarga qaraladi). Mashq sekin bajariladi.


Yüklə 53,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə