Gimnastika fani vazifalari va metodik xususiyatlari Reja



Yüklə 53,85 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü53,85 Kb.
#156645
  1   2   3   4
Gimnastika fani vazifalari va metodik xususiyatlari


Gimnastika fani vazifalari va metodik xususiyatlari
Reja:

  1. Yakkacho'pda bajariladigan mashqlar.

  2. Osilish holati harakatida tebranish.

  3. Halqada bajariladigan asosiy mashqlar

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar .


  1. Yakkacho'pda bajariladigan mashqlar

Sport gimnastikasida yakkacho'p shunday jihozki, unda faqat tebranish, siltanish mashqlari bajariladi. Shuning uchun gim- nastning mahorati uning mushak quwatini kam sarf qilib, o'zining harakat kuchidan oqilona foydalanishdan iborat bo'ladi. Biroq panjalarni bukish uchun ancha yuqori bo'lishi kerak, chunki katta ko'lamdagi tebranish mashqlarini bajarishda hosil bo'ladigan va gimnastni yakkacho'pdan uzishga intiladigan markazdan qochuvchi harakat kuchi hosil bo'ladi. Yakkacho‘pning o‘qi (gorizontal, dumaloq metall shaklida) gimnast aylanma harakatlar bajaradigan mavjud (haqiqiy) temirdan iborat. 0‘qni ushlashning besh usuli bor:
ustidan ushlash: osilish holatida kaftlar pastga qaratilgan boiadi;
pastdan ushlash: shu holatda har ikki qo‘l ham oxirigacha supinatsiya qilingan bo‘lib, kaftlar yuqoriga qaratilgan, katta barmoq tashqariga qaratilgan bo‘ladi;
har xil ushlash: bir qo‘l — yuqoridan, ikkinchisi — pastdan ushlagan bo‘ladi;
teskari ushlash: har ikki qo‘l ham oxirigacha pronatsiya- langan kaftlar gimnastning o'ziga qaratilgan, katta barmoqlar tash¬qariga qaratilgan bo'ladi;
chalishtirib ushlash: kaftlarning ichki yuzalari tashqariga qaratilgan, bilaklar kaft-bilak bo‘g‘ini oldida bir-birining ustiga chalishtirilgan, kichik barmoqlar bir-biriga tegib turib, katta bar-moqlar tashqariga yo'naltirilgan bo‘ladi.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan ushlash usullari ushlash kengligi bilan ham farqlanadi. Ustidan ushlaganda kaftlar orasidagi masofa yelka kengligidan kichik bo‘ladi. Pastdan ushlaganda — yelkalardan biroz kengroq; har xil ushlaganda — taxminan yelka kengligida; teskari ushlashda — ko‘pincha yelkadan kengroq (ammo shaxsiy bo‘ladi, chunki awal yelka bo‘g‘mining harakatchanligiga bog‘liq) bo‘ladi. Ushlashning barcha hollarida katta barmoq qolgan to‘rt barmoqqa qarama-qarshi joylashadi.
Hozirgi davrda yakkacho'pda bajariladigan mashqlar kishini hayratda qoldiradi, chunki ular hech to'xtamasdan, qaltis vaziyatda bajariladi. Bu hoi, hatto, sport gimnastikasini yaxshi tushun- maydigan kishiga ham, yaxshi gimnastga ham xatosiz harakatlar uyg‘unligini, dadillikni, o‘z harakatlarini fazo va (tayanch holda) dastakli otda boshqara olish kabi sifatlarni ko‘ra olish imkoniyatini beradi. Yakkacho'pda bajariladigan asosiy mashqlar quyidagilardan iborat:
— baland yakkacho‘pdagi bu holat beistisno hamma mashqlarni boshlash uchun dastlabki holatdir. Osilishda tananing to‘g‘ri holati yetarli ko‘lamda tebranishni boshlash va keyinchalik siltanish uchun, ayniqsa, muhimdir. Osilish holatida gimnastning tanasi maksimal to‘g‘rilangan bo‘lishi kerak. Bunga ko‘krak-o‘mrov va yelka bo‘g‘i- nidan cho‘zilish, shuningdek, bel qismidagi mushaklarni bo'shash- tirish orqali erishiladi. Tirsak bo'g'inlari ham to'g'rilangan, lekin taranglashmagan bo'lishi zarur. Oyoqlar tos-son va tizza bo'g'in- laridan to'g'rilangan, oyoq uchlari cho‘zilgan va juftlashtirilgan bo'ladi. Osilish holatiga quyida bayon etiladigan ko'rsatmalarga rioya qilgan holda yaxlit o‘rgatish usuli bilan o'zlashtirish lozim.
Tana pastki qismlarini tarbiyalashda uning to‘g‘ri holati zarur bo‘lgan mushak guruhlarini tarang tortish orqali erishiladi, bu esa tebranish davomida ham saqlanadi. Osilish holatida bukilish yoki yozilish (kerishish) taqiqlanadi. Ko‘pincha boshning noto'g'ri holati: orqaga yoki oldinga tashlash, ko‘krakka engashtirish bu xatoliklarga sabab bo'ladi. To'g'ri holatda bosh ham to‘g‘ri tutiladi va u qo'llar orasida bo'ladi.
Bukilib-yozilib tebranish va yoy shaklida siltanish — yetarli ko'lamda tebranishni ta’minlaydigan harakatlardir.
Gimnast osilish holatidan qorin pressi va son oldi mushaklarini tarang tortib, oyoqlarini burchak hosil qilgunga qadar ko'taradi (gorizontal holatgacha ko'tarish shart emas, o'tmas burchak qilib ko'tarish ham mumkin). Keyin keskin qisqa harakat bilan oyoqlarini pastga yo'naltiradi va bel qismidan kerilgunga qadar orqaga siltaydi. Bunday harakatlar tananing old yuzaligidagi mushaklarini cho'zadi va keyinchalik tos-son, yelka bo'g'inidan (bu anatomik jihatdan yelka bo'g'ini uchun yozilish bo'ladi), shuningdek, umurtqa pog'onasining bel qismidan tez bukilish uchun yordam beradi.
Yozilish tugashi bilan bukilishni boshlash zarur (sport bilan shug'ullanishni birinchi pog'onasida shug'ullanuvchilarda eng ko'p uchraydigan xato—orqaga siltanganda to'xtab qolishdir). Bukila borib, gimnast imkoniyati boricha tezroq oyoqlarini yakkacho'p o'qiga tizzasini (boldir o'qning o'rtasidan bo'lsa, yana ham yaxshi) yaqinlashtirishga harakat qiladi va tanasi oldinga yo'nalgunga qadar oyoqlarni shu holatda ushlab turadi, tos-son va yelka bo'g'inida to'g'rilanib, oyoqlarni oldinga va yuqoriga keskin yo'naltiradi. Bunda butun tana oldinga tebranishni so'nggi nuqtasi holatida bo'lishi kerak. Kerishishga yo‘1 qo'ymaslikning yaxshi usuli—shug'ullanuvchilarga oyoq uchlariga qarashni tavsiya qilishdir.


  1. Yüklə 53,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə