Glossariy Gerontologiya



Yüklə 14,85 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü14,85 Kb.
#115954
8-mavzu glossariysi


Glossariy
Gerontologiya (yun. geron, gerontos —keksa, kari va ... logiya) —tirik organizmlar, jumladan, odamning qarish jarayonini oʻrganadigan fan; tibbiyot va biol. fanlarining bir boʻlimi. Yoshi kashtan organizm kasalliklarining xususiyatlari haqidagi taʼlimot —geriatriya, keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigiyenasi haqidagi taʼlimot —gerogigiyena, keksalar psixikasi va feʼl-atvorini oʻrganadigan taʼlimot — gerontopsixologiya G.ning asosiy tarkibiy qismidir. Infeksion kasalliklardan nobud boʻlishning hamda bolalar oʻlimining kamayishi va b. omillar umr uzayishiga yordam beradi. Qarish sabablari haqida bir necha nazariya ilgari surildi. I. I. Mechnikov fikricha, ichakda yashaydigan bakteriyalarda moddalar almashinuvi mahsulotlari va organizmning oʻzida azotli moddalar almashinuvining mahsulotlari (siydik kislota) kishi organizmini zaharlab, qarishga sabab boʻladi. Hoz. G. qarish sabablari va mexanizmlarini molekula va hujayradan tortib to butun organizm darajasida oʻrganmoqda. G., asosan, eksperimental, klinik va ijtimoiy yoʻnalishlarda rivojlanmoqda. G.ning ijtimoiy gigiyena sohasidagi i.t.lari barvaqt qarish sabablarini ijtimoiy sharoitga, kishilarning yashash tarziga bogʻlab oʻrganish, keksaygan kishilarning moddiy taʼminoti, mehnat qilishi, ovqatlanishi, yurish-turishini maqsadga muvofiq tashkil etish, ijtimoiy va tibbiy yordam berishning eng maqbul usullarini qidirib topishga qaratilgan.
Oʻzbekistonda G. va geriatriya muammolari I va II ToshTI, vrachlar malakasini oshirish instituti ichki va asab kasalliklari hamda jarrohlik kafedralarida prof.lar R. M. Nurmuhamedov, A. R. Rahimjonov, E. Y. Qosimov, N. N. Nasriddinova, M. G. Rustamovalar, dotsentlar L. E. Otaxonova, M. H. Hojiboyev va b. tomonidan oʻrganilmoqda. Ibn Sino Xalqaro jamgʻarmasi qoshida tashkil qilingan Ibn Sino gerontologiya markazi (2000 y.) da ham G. sohasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda 
Deontologiya- so'zining ma'nosi "burchni o'rganish" dir. Ushbu so'z yunoncha "deon" va "logos" so'zlaridan olingan. Shuni bilish muhimki, deontologiya harakatning ham, natijasining ham axloqiy ahamiyatini talab qiladi. Deontologiya tafakkur maktabiga kiritilgan eng yaxshi printsiplardan biri shundaki, har bir harakat axloq bilan xarakterlanishi kerak. Bu uning natijasi axloqini aniqlay oladigan harakatlar axloqidir. Deontologiyaning ta'kidlashicha, agar harakat fe'l-atvor yoki tabiatan ma'naviy bo'lmasa, oqibati ham axloqiy yoki axloqiy bo'lishi mumkin emas. Bu deontologiya deb nomlangan axloqiy fikr maktabida asos solingan muhim printsiplardan biridir. Deontologiya umume'tirof etilgan axloq kodekslarini hisobga oladi.
Pensiya- faol kasbiy faoliyatni to'xtatish, aloqalar doirasini toraytirish, jismoniy zaiflik yaqinlashib kelayotgan psixologik, qadriyatlar, motivatsion o'zgarishlarning murakkab kompleksini keltirib chiqaradi, natijada hayotning yangi ritmi yoki vaqt hissi paydo bo'ladi
Tibbiyot deontologiyasi - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning taʼsirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari
Yüklə 14,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə