Golografiya haqida tushuncha Golografiya tarixidan



Yüklə 18,27 Kb.
səhifə4/5
tarix03.06.2022
ölçüsü18,27 Kb.
#88590
1   2   3   4   5
Golografiya haqida tushuncha Golografiya tarixidan

Bryuster qonuni.

Tabiiy yorug’lik ikkita dielektrikning (misol uchun havo va suv) chegarasiga tushganda bir qismi qaytadi, bir qismi esa sinib ikkinchi muhitda harakatlanadi. Bu nurlarning yo’liga turmalin plastinka qo’yib, ularning qisman qutblanganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Tajribalar qaytgan nurda tushish tekisligiga perpendikular bo’lgan tebranish singanida esa tushish tekisligiga parallel tebranish (strelkalar bilan ko’rsatilgan) ustunroq bo’lishini ko’rsatdi.




Qutblanishdan foydalanish.
Qutblanish hodisasi xalq xo’jaligidajuda keng qo’llaniladi. Bularga mexanik yuklanish natijasida vujudga keladigan elastik kuchlanish joylari-ni aniqlash, tovushni yozish va eshittirish kabi tez o’tadigan jarayonlarni o’rganish misol bo’ladi. Tajribalarning ko’rsatishicha, ba'zi kristallar va organik moddalarning eritmalaridan qutblangan yorug’lik o’tganida qutblanish tekisligining burilishi kuzatiladi. Qutblanish tekisligini burovchi moddalar optik faol moddalar deyiladi. Bunday moddalarga kvars, shakarning suvdagi eritmasi va boshqalar misol bo’ladi. Aynan shu hodisadan optik faol moddalar eritmasining konsentratsiyasini aniqlashda keng foydalaniladi


Rentgen nurlari.

Nemis fizigi V.Rentgen 1895-Yilda trubkada gazlarning elektr toki O’tkazish jarayonini o’rganayotib noma'lum nurni kashf etdi. Keyinchalik esa unga rentgen nurlari deb nom berishdi.

Bu nurlar trubkaning katoddan chiqayotgan katta tezlikli elektronlar tushayotgan joyida yashil sifat nurlanish vu-judga keltirishi natijasida qayd qilindi. Rentgen nurlarining oddiy nur uchun noshaffof hisoblanuvchi odam tanasi, qora qog’oz, karton va yupqa metall qatlamlardan osongina o’ta olish qobiliyatiga egaligi aniqlandi.


Rentgen trubkasi.

Rentgen nurlarining vujudga kelish me-xanizmini bilish uchun uni hosil qiladigan, rentgen trubkasi deb ataluvchi maxsus asbob bilan tanishaylik . Rentgen trubkasi ichidagi bosim 0,1 mPa atrofida bo’lgan shisha ballondan iborat. Volframdan spiral ko’rinishida yasalgan katod elektronlar manbayi bo’lib xizmat qiladi. Termoelektron emissiya natijasida katoddan chiqayotgan elektronlar oqimi kuchli elektr maydonda tezlatiladi. Tezlashgan elektronlar oqimi 45° burchak ostida o’rnatilgan og’ir anodga tushadi. Anodning bunday joylashtirilishiga sabab, undan chiqayotgan nurning yo’nalishini boshqarishdir.

Tezlashtiruvchi maydonda U kinetik energiyaga ega bo’lgan elektron anod moddasida tormozlanadi. Katta tezlikli elektronlarning anodda tormozlanishi natijasida rentgen nurlari vujudga keladi.

Tormozlanish natijasida vujudga keladigan rentgen nurlari uzluksiz, yaxlit spektrga ega. Chunki anodga urilayotgan elektron-larning tezliklari va demak, kinetik energiyalari ham turlicha. Shuni ta'kidlash lozimki, rentgen nurlarining energiyasi uni vujudga keltirgan elektronlarning energiyasidan katta bo’la olmaydi.

Rentgen nurlarining vujudga kelish mexanizmi bilan tanishdik, lekin bu nurning tabiati qanday, degan savolga hali javob bermadik

.


Yüklə 18,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə