Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə24/524
tarix08.07.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#119418
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

1.5. Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillari.
Hisob siyosati va buxgalterlarni xalqaro professional etikasi


Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- hisoblab yozish tamoyili;
- ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish;
- davomiylik (uzluksizlik);
- xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish;
- ishonchlilik;
- ehtiyotkorlik;
- mazmunning shakldan ustunligi;
- ko’rsatkichlarning qiyosiyligi;
- moliyaviy hisobotning xolisligi;
- aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
- hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi;
- tushunarlilik;
- ahamiyatlilik;
- muhimlik;
- to’g’ri va beg’araz tasavvur;
- tugallanganlik;
- izchillik;
- zamonaviylik (o’zvaqtida taqdim etish);
- offsetting (moddalarning o’zaro hisobga olinishi);
- xolislik;
- hisob siyosati.
Hisoblab yozish tamoyili. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblab yozish tamoyili asosida tuziladi.
Hisoblab yozish tamoyiliga muvofiq aktivlar, passivlar, o’z sarmoyasi, daromadlar, xarajatlar, xo’jalik operatsiyalari va voqealar buxgalteriya hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablag’lari yoki ekvivalentlari olingan yo xud to’langan paytda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettiriladi.
Hisoblab yozish tamoyili asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar undan foydalanuvchilarga o’tmishda pul to’lab yoki pul mablag’larini olib amalga oshirilgan operatsiyalar to’g’risidagina emas, shuningdek kelgusida pul to’lanadigan majburiyatlar to’g’risida ham axborot beradi, bu esa tegishli iqtisodiy qarorlarni qabul qilish chog’ida juda zarur hisoblanadi.
Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish qoidasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv tizimi asosida ro’yxatga olishi lozimligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya bo’yicha bir miqdor buxgalteriya hisobining ikki hisobvarag’ida – birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi.
Davomiylik. Moliyaviy hisobotni davomiylik qoidasi asosida tayyorlash xo’jalik yurituvchi sub’ekt doimiy harakat qilishini va uzoq muddat davomida o’z faoliyatini davom ettirishini, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zini tugatishiga yoki o’z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo’qligini bildiradi.
Agar rahbar xo’jalik yurituvchi sub’ektni tugatish yoki uning faoliyati ko’lamlarini qisqartirish zarur deb hisoblasa yoxud shunday vaziyatga olib keladigan sharoit mavjud deb o’ylasa, moliyaviy hisobga tushuntirishlarda bunday faktning mazmunini ochib berishi va moliyaviy hisobotni tuzishga asos bo’lgan jihatlarni, davomiylik tamoyilidan chekinish sabablarini ko’rsatishi zarur.
Davomiylik tamoyili yana shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobini yuritish muddati xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyat ko’rsatgan muddatga mos bo’lishi lozim, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi sub’ekt tugatilgan yoki u bankrot deb e’lon qilingan paytgacha yuritilishi lozim. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini to’xtatgan kundan boshlab buxgalteriya hisobini yuritish ham to’xtatiladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə