Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/13
tarix13.01.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#98551
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

O'ZBEKISTON TARIXI

Tarix fakulteti bakalavriat yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan ma'ruzalar to'plami




TERMIZ - 2007


Ma'ruzalar to'plami Termiz Davlat
universiteti o'quv-ilmiy metodik kengashi
tomonidan nashrga tavsiya etilgan


"O'zbekiston tarixi" dan (tarix fakulteti
bakalavriat yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan
talabalarga mo'ljallangan) ma'ruzalar to'plami
Mas'ul muharir: t. f. n. dos. Q. Avliyoqulov


Terishga berildi: 18. 07. 03 Bichimi.
bosma taboq Buyurtma № Nusxa
bosishga ruxsat etildi.
Termiz shahar "Poligrafist" xususiy firmasi

kompyuterida terildi va sahifalandi.
F. Xo'jayev kuchasi. 30 uy



1-mavzu: O'ZBEKISTON TARIXI FANI, UNI YORITISHNING NAZARIY

METODOLOGIK ASOSLARI VA KOMIL INSONNI


TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI.
Reja:



  1. O'zbekiston tarixi fani uning predmeti va o'rganish ob'yekti.

  2. O'zbekiston tarixini o'rganishning nazariy ilmiy va metodologik

asoslari.

  1. Tariximizni o'rganishda tarixiy manbalarning o'rni

  2. Vatanimiz tarixining komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati.



Tayanch tushunchalar:
Fanning predmeti va dorlzarb muammolari, xolislik, ilmiylik, tarixiylik, diplomatik uslub moddiy va yozma manbalar.
Har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda O'zbekiston tarixining o'rni.

1. Istiqlol o'zbek xalqining asriy orzusi armoni edi. Bu yulda ming minglab Vatan yurt fidoyilari aziz jonlarni qurbon qildilar. milliy mustaqillikning qo'lga kiritilishi katta yutuq uning qadriga yetish mustahkamlash avaylab saqlab qolish mushkul vazifa. Har qanday mamlakatning qudrati uning milliy mustaqilligi davlat chegaralarining daxlsizligi - o'sha mamlakat fuqarolarining o'z yurtiga mehr-muxabbatli qilib tarbiyalanganliklari jon fido qilishga ham tayyor bo'lishidek olijanob fazilatlarga ega bo'lishliklariga bog'liqdir. Bu fazilatlarni mexnatkashlar ommasi yurtimiz kelajagi - yoshlar ongida qaror toptirish va shakllantirishda Vatan tarixining o'rni va imkoniyatlari cheksizdir. O'zlikni anglash tarixini bilishdan boshlanadi» - degandi. I. Karimov


O'zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining eng ulug' ne'matlari qatorida Vatan tarixini xech kanday bo'yoqlarsiz amalda xayotda qanday bo'lgan bo'lsa shunday holisona o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldik Sovet hokimiyati yillarida Kommunistik partiya yurgizgan «ulug'» rus saltanati mafkurasi siyosatining natijasi sifatida O'zbekiston maktablari o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida Vatan tarixini o'qitish masalasiga umuman e'tibor berilmadi. O'rta maktablarda tarix fanini o'qitish uchun ajratilgan 600 soatdan ortik o'quv soatlari SSSR ( amalda Rusiya) tarixi va jaxon xalqlari tarixini o'rganish uchun (12 soatlik fakultativni xisobga olganda) xech qanday dars soati ajratilmadi.
Ajablanarlisi shundaki, sho'rolar hokimiyati yillarida mamlakatimizning xaqiqiy tom ma'nodagi Vatan tarixi xolisona yaratilmadi. Maktablar va o'quv yurtlarida o'qitilgan darslik va adabiyotlarda esa yana tariximiz soxtalashtirildi. Bu tarixiy kitoblarning ko'pchiligida o'zbek xalqining milliy manfaatlari oyoq osti qilindi ulug' Rus millatchiligi « Katta va ulug' og'a» manfatlari yetakchi mavqega ega bo'lib xamma voqea va hodisalar unga buysundirildi. Natijada o'zbek xalqining ma'naviy xayotiga putur yetdi. Halqning siyosiy ongi o'tmaslashdi ijtimoiy - siyosiy voqealarga befarqlik, loqaydlik hissi kuchaydi.
Albatta bu Kommunistik partiya mavkuraviy kurash maydonida yurgizgan ustasi farang siyosatning aks - sadosi edi. Chunki mustamlaka asoratiga solingan xalqlarini siyosiy qorong'ulik va zulmatda saqlash yo'li bilangina ular ustidan xukmronlikni o'rnatish mumkin.
G'oyaviy - siyosiy dunyoqarashi uyg'ok iymoni e'tiqodi basalomat xalqni milliy zulm asoratida saqlash mumkin emas. Shu boisdan xam Rusiya mustamlakachilari kariyb 135 yillik xukmronliklari davomida o'lkamiz xalqlari o'rtasida ruslashtirish siyosatini olib bordilar, xalqimizni tarixdan, o'z ona tilidan dinidan judo qilish yo'lini tutdilar, shaklan milliy mazmunan sosialistik madaniyat bayrog'i ostida milliy urf - odatlarimiz axloq - odob va madaniyatimizga xuruj qildilar. O'zbekistonni Markazning xom- ashyo yetkazib beruvchi bazasiga aylantirdilar. Kommunistik partiya bunday siyosatni SSSR xududida yashovchi barcha jumxuriyatida va sosialistik xamdo'stlik mamlakatlarida yurgizgan. Buni biz quyidagi misolda yaqqol ko'ramiz.
Ikkinchi jaxon urushidan keyin sobiq ittifoqning barcha jumxuriyatlariga va xamdo'stlik mamlakatlariga Markazning buyrug'i yuborilib unda turli mavzularda ko'rsatmalar berilgandi. xususan buyruqlarning birida quyidagi jumlalar ham bor edi. « Mahalliy axoli orasidan yetishib chiqqan raxbarlarning ommaviy chiqishlarida milliy bo'yoq berilishiga yo'l qo'yildi ammo u millatning o'sishiga birlashivuga xizmat qilmasligi kerak. Boshlang'ich va o'rta maktablarda o'rta va oliy o'kuv yurtlarida o'ta e'tibor qozongan o'qituvchilar ishdan chetlashtirish lozim bo'ldi. Ularning o'rniga biz tomondan belgilangan kishilarni qo'yish kerak. Tarix darslarida o'tmishdagi siyosatdonlardan kimlar Vatan uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urinishlari xaqida gapirish mumkin emas, e'tiborini fakat podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim bo'ldi ".
Kommunistik partiyaning yurgizgan bunday ulug' davlatchilik mafkuraviy siyosati xalqimiz va millatimiz taqdiri uchun ayanchli oqibat va natijalarga olib keldi. Vatan tarixini bilmaslik, o'zbek xalqining milliy qadriyatlari va urf- odatlaridan uzoqlashish oqibatida jamiyatda shunday avlod vakillari shakllandiki, ularning aksariyatlari milliy ong va milliy g'urur tushunchalari so'nib ketdi. Ularning ongida O'zbekiston taqdiriga, o'zbek millati taqdiriga, madaniyatimiz tariximiz va tilimiz, dinimiz taqdiriga loqayd va befarqlik munosabatlari g'oyasi ustivor mavqeni egalladi. Millat istiqboli uchun vaziyat shu darajada xalokatli nuqtaga yetdigki, O'zbekiston Respublikasi o'zining davlat mustaqilligiga erishganidan keyin ham, o'z taqdirimizni o'zimiz hal qilish imkoniyatiga ega bo'lganimizdan so'ng Vatan tarixini o'qitishga qarshi kurash yo'lini tutuvchilar ham bo'ldilar. Ular o'z «g'oyalari « ni asoslashga intilib, O'zbekiston tarixini jaxon xalqlari tarixi bilan birga qo'shib o'qitish kerak», «O'zbekiston tarixi - bu maktab fani « « Oliy o'quv yurtlarida O'zbekiston tarixining o'rniga O'zbekistonning ijtimoiy- siyosiy tarixini o'qitish lozim», «Jaxon xalqlari tarixini o'qitishga ehtiyoj yo'q» kabi fikrlarni o'rtaga tashladilar. Albatta, bu milliy g'oyasizlik, milliy g'aflat va milliy inqirozning tub o'zagida o'z ona tarixidan bexabarlik yotadi. Bu esa qullik, tobelik va mustamlaka muteligining asosiy ayanchli ko'rinishidir. Taniqli turk adibi Ziyo Ko'kalpning - «Turkchilik asoslari « ( T. 1994 ) risolasidagi quyidagi jumlalar shu ma'noda g'oyatda e'tiborga loyiqdir: "Tarix va xozirgi kunning bu shaxodatlari bizga shuni ko'rsatadiki, bugun Yevropada milliy vijdonga ega bo'lmagan xech bir qavm qolmadi. Shunga ko'ra Yevropaning xech bir o'lkasida mustamlaka ta'sis etishga imkoniyat yo'qdir".
Islom dunyosida xam endilikda mustamlaka xayotga chek qo'ymok uchun musulmon qavmlarida milliy vijdonni qanoatlantirmoqdan boshqa chora yuqdir.
U xolda nima qilmoq kerak ? Har narsadan oldin, kerak bo'lsa, . . . doimo milliy vijdonni uyg'ontirishga va quvvatlantirishga kirishish kerak. Chunki, xar kanday taraqqiyotning manbai milliy vijdon bo'lgani kabi milliy mustaqillikning tug'iladigan joyi xam, tayanch xam ana shudir.
Darqakiqat, qullik, tobelik va mustamlaka muteligi asorati g'oyalaridan ozod bo'lish uchun milliy ongni, tafakkurni, milliy vijdonni shakllantirmoq kerak ekan, milliy ongni, milliy tafakkur va milliy vijdonni qaror toptirmoq uchun nima qilmoq kerak? Buning uchun ona xalqimizning xaqiqiy, tom ma'nodagi tarixini xristian ilohiyotchisi A. Avgustin :
« Grafiklarda yotgan xalqni uyg'otish uchun avvalo uning tarixini uyg'ot» deganda xaq edi. Chunki tarix xali xotirasi, vatanimizning o'tmishi, avlodlar sevib, e'zozlab, o'rganib saboq oladigan xayot maktabidir. XII asr allomasi Shaxobiddin Muxammad an-Nasaviy ona tarixning inson xayotidagi o'rniga yuksak baho berib bunday degan edi:
Kimki tutmas qalbida tarixni,
U inson ham emas, olim ham emas.
Biroq kimki uqsa o'tmishini,
Ko'p boyitar o'z turmushini.
Tarix odamlarni o'ylantiradi, bo'lib o'tgan tarixiy hodisa va voqealarni taxlil qilish, fikrlash va ulardan amaliy xayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo'llanmasini belgilashga yordam beradi. Milliy o'zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda shajaramiz ulug'ligi va pokligini bilishda, dono xalqimizning jaxon xalqlari orasida tutgan o'rniga munosib baho berishda, uning boy xayotiy tajribalaridan kengrok foydalanishda, xalqimizning olijanob, xurriyatparvar va erkparvar an'analarini izchil o'rganish va uni yanada boyitishda, xullas barkamol xaqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o'rni benihoya kattadir. Vatan tarixi mustaqil davlatimiz ijtimoiy xayotida faol qatnasha oladigan, idrokli va qobiliyatli, o'zining tarixiy ildizlarini anglashga qodir, yurtiga, vataniga ona xalqiga cheksiz mehr-muxabbat his-tuyg'ulari bilan to'lib-toshgan avlodni kamol toptirish ularning ongida milliy istiqlol tafakkuri va xarbiy vatanparvarlik g'oyalarini shakllantirish qurolidir. Shu boisdan O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Vatan tarixini o'rganish, uni bolalar bog'chalaridan tortib to oliy o'quv yurtlariga qadar yoshlarga o'qitish masalalariga shaxsan e'tibor berib katta g'amxurlik qilmoqda. . O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 23 fevraldagi majlisida so'zlagan ma'ruzasida u bunday degan edi. «. . . Vatan tarixi va madaniyatini, geografiyasi va iqtisodini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o'rganish dolzarb ahamiyatga ega.
Bog'chalardan tortib oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o'qitishga muhim siyesiy vazifa sifatida qaralmog'i lozim. Bu esa o'z navbatida, darsliklar va qullanmalarni milliy ma'naviyat nuqtai nazardan yangitdan qarab chiqishni taqozo etadi».
Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go'shadan, insonni kindik qoni to'kilgan xonadon tuprog'idan boshlanadi. Shu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg'ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muxabbat va sadoqatda bo'lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog'ini ko'ziga to'tiyodek surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz ham qarzdir.
Miloddan avval yashagan yunon adibi Lukianning «Vatan shaniga» nomli asarida shunday so'zlar bor. «Mening bu gaplarim g'oyat eski gaplardir. Lekin xaqiqat shundaki, o'z otasini sevmagan farzand o'zganing otasini ham xurmat qila olmaydi, o'z Vatanini sevmagan kishi o'zganing Vatanini ham qadrlay olmaydi». Ikki ming yildan ortiqroq vaqt o'tgan bo'lsa ham Lukianning bu gaplpri naqadar zamonaviy jaranglaydi. Zero, xar birimiz uchun ota va ona naqadar aziz va mu'tabar, naqadar e'zozli va muqaddas bo'lsa, Vatan ham, uning tarixi ham shu qadar aziz va muqaddasdir.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakillantirishdagi o'rniga yuksak baho berib. «tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi», degan edi. O'tmishni bugun yaratib bo'lmaydi, o'tmish bugunni yaratadi. Tarixdagi xar bir ijtimoiy yuksalish jamiyatining o'z merosiga, o'z turmushiga bo'lgan munosabatni islox qilishdan boshlangan. O'tmishga bo'lgan har qanday ijodiy murojaat esa xamisha inkilobiy o'zgarishlarga zamin tayyorlagan, o'tmish aqidalari bugun uchun xizmat qilgan. Biroq, o'tmishga murojaat qilishdan avval, unga bo'lgan munosabatni halol, to'g'ri yo'lga solish kerak. Busiz tarixni xolisona yaratish mumkin emas. Soat millarini orqaga burgan bilan Vatan tarixini to'xtatib yoki qaytarib bularmikan, sarhadi yuq falakda uchib yurgan buyuklarning, o'q uzgan bilan o'ldirib bo'larmikan? «Muxabbatsiz yurakka Vatan sig'maydi. Har bir gudak, har bir qofiya o'z davri bilan Vatanni yod etadi. Dardsiz yurakka Vatan sig'maydi. Vatan dardi, Vatan muxabbati bilan yashagan yurakkina insoniyatni sevadi, insoniyat uchun kuyinadi «, deydi shoir xurshid Davron.
Ulug' mutafakirlar va donolar xamisha Vatanni ulug'lab ardoqlab kelganlar. Vatan va millat xoinlari, sotqinlarga qarshi kurashib o't ochganlar. Bobokalon shoirimiz Alisher Navoiy:
Vatan tarkini bir nafas aylamak,
Yana ranji gurbak xavas aylama.
deydi.
Zero, Vatandan tashqarida baxt bo'lmagan va bo'lmaydi ham. O'zgalar yurti, begona diyor xech qachon Vatan bo'la olmaydi. O'zga yurtga shox bo'lgandan o'z yurtingda gado o'tgan afzal degan naql bejiz aytilmagan. Xaqiqiy vatanparvar Vatanning og'ir kunida ham, yengil kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo'ladi. O'zingni Vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar vujud kabi aniqroq va sevibroq tasavvur qilasan.
Barcha jinoyatlar orasida eng tuban, eng og'ir - bu Vatanga, millatga xiyonat va sotqinlikdir. «O'z yurtidan yuz o'girganlar o'z vatandoshlaridan ham yuz o'giradilar», deydi YA. Galan.
Vatanga, elu-yurtiga, millati va xalqqa xiyonat va sotqinlik hayotda turlicha ko'rinishlarda va shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. U ba'zi ochiq oydin Vatanni, yurt va millatni sotish, xiyonat tarzda, ba'zan esa yashirincha, zimdan va hufiya ko'rinishda sodir etilishi, ham extimol. O'zi bu hatti-harakatlar ham Vatanga, xalk va millatga xiyonat va sotqinlik hisoblanadi. Bu xususda hayotdan juda ko'plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, o'tmish bosqichi davridagi hayotda ma'lum sabablar oqibatida mavjud bo'lgan vaqtinchalik iqtisodiy qiyinchiliklar oldida esankirab, ba'zi bir kimsalarning sobiq SSSRni qayta tiklashni qumsayotganliklari, O'zbekistonga nisbatan, milliy manfaatimizga nisbatan xiyonat va sotqinlikdir. Chunki bunday shaxslar bilib-bilmay, ongli yoki ongsiz suratda uz hatti - harakatlari bilan O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini barbod qilishga intilayotgan kuchlar tegirmoniga suv qo'ymokdalar, milliy birligimizga raxna solmokdalar, yoki sho'ro hokimiyati yillarida O'zbekiston tarixining Rusiya ulug' saltanatchiligi tarafida turib soxta bir tarzda yoyilishi, maktablarda jaxon xalqlari tarixi, SSSR tarixi bayrog'i ostida amalda Rusiya tarixining o'qitilishi hamda Vatan tarixini umuman nazar-pisand qilmaganligi o'z davrida o'zbek xalqining milliy manfaatlariga xiyonat edi. Chunki bunday siyosatning natijasi o'larok, yoshlarimiz Rusiya tarixini, Rim, Bobil, Vizantiya, Angliya, Afg'oniston, Amerika va boshqa mamlakat tarixini o'rgandilar, ammo o'z ona vatanlari tarixini o'rganishdan mahrum edilar. Ular Kurushni, Yuliy Sezarni, Chingizxon va Buyuk Karlni, Napaleon va Ivan Grozniyni, Pyotr 1 va Yekaterina, Boris Godunov va Nikolay II ni yaxshi bilar edilar, ammo buyuk Amir Temurni, Shoxrux va Boburni Shayboniyxonni esa bilmaydilar.
Hurlik va erk uchun baht-saodat yo'lida hurlik va zulmga qarshi kurashgan Rimlik Spartakni, Farangistonlik Janna d’Arkni Rusiyadan Ivan Bolotnikov, Stepan Razin, Yemilyan Pugachyovlarni, lashkarboshilardan Suvorov va Kutuzovlarni yosh avlod vakillari yaxshi biladilar, ammo o'zimizning To'maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Torobiy, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi singari milliy xalq qaxramonlarimiz bo'lganini bilmaydilar. Albatta, bunday nuqson, qusur va yo'l qo'yilgan katta kamchiliklar xalqimizning g'oyaviy-siyosiy dunyoqarashini shakllantirish va ularning o'zligini anglashlariga to'sqinlik qildi.
II. XXI asr bo'sag'asida Vatanimiz tarixida yangi davr boshlandi. O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligini qulga kiritdi, xalqimizning asriy orzusi ushaldi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.
Har bir xalq, har qaysi mamlakat o'zining uzoq va betakror tarixiga ega bo'lganidek, O'zbekistonning, o'zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir.
Tarixiy voqealarni o'rganishda ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Uni o'qitish va o'rganish ishlari marksistik metodologiyaga bo'ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazardan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-eksplutator va eksplutasiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dexqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag'allar, orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruhoniylar qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqealar jamiyat a'zolarining bir qismi-kambag'allar va yo'qsillarni himoya qilgan holda ularning manfaatiga bo'ysundirilgan holda yoritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insoniyatlarning diniy e'tiqodlari oyoq osti qilindi, ruxoniylar quvg'in ostiga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma'rifatparvar shoiru-ulamolar, yozuvchilar, ikkiga-materialistlar va idealistlarga bo'lindi. Ulardan u yoki bu dinga e'tiqod qilinganlari idealist deb ataldi va shuning uchungina ta'qib etildi, ularning faoliyatini o'rganish taqiqlandi, o'zlari taxqirlandi, asarlari xalqdan yashirildi, yuqotib yuborildi.
Oqibatda ko'pgina tarixiy voqea-hodisalar soxtalashtirildi, o'tmish qoralandi, ma'naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz xaqoratlandi. Yosh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari deb o'rgatildi. Tarix faqat jangu-jadal, urushlardan iboratdek qilib o'qitildi.
Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda xukmron bo'lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bo'ldi. Tarix esa totalitar tuzum xizmatkoriga targ'ibotchi va ximoyachisiga, kommunistik mafkura zulmiga aylantirilgan edi.
Kishilik jamiyatini tarixiy voqea, hodisalarni o'rganishning muhim nazariy - metodologik asoslardan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi dialektik metoddir.
Insoniyat xayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo'ladigan voqealar-hodisalar umumiy va o'zaro bog'lanishdan, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyot bo'ladi, deb ta'lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega uning bilish nazariyasi sifatida shakllanish va rivojlanishda Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ulug'bek;; Dekart, Spinoza, Gegel, Gersen va boshqa olim ma'rifatparvarlarning xizmati kattadir. Ularning tabiat, tarixiy va ma'naviy dunyoni bir jarayon shaklda, ya'ni ularni uzluksiz harakat qilib, o'zgarib taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotning ichki bog'lanishni ochib o'rganish metodologiyasini yaratadilar. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini jaxon xalqlari tarixi bilan bog'lik holda o'rganishni taqozo etadi. Negaki har bir xalq tarixida milliylik, o'zga betakror xususiyatlari bilan birga jaxon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog'lanishdir. Darxaqiqat O'zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog'langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O'rta Osiyo mintaqasidagi ko'pgina davlatlar bilan - Afg'oniston, Eron, Shimoliy Hindiston kabi mamlakatlari bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo'lib keldi. Bu katta xududda yashovchi urug', qabila, qavm, elatlar etnik jixatdan doimo o'zaro ta'sir va aloqada bo'lganlar, qo'shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayoti bir-biri bilan uzviy bog'lik o'tgan. Shu sababli O'zbekiston tarixini qo'shni mamlakatlar tarixi bilan bog'lik holda o'rganish taqazo etadi. Qozoq, qirg'iz, qoraqalpok, turkman, tojik, fors, afg'on, hind, arab va boshqa xalqlar tarixini qancha yaxshi bilsak u O'zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o'rganishga imkon yaratadi, ko'maklashadi.
Tarixiy voqea, hodisalarni o'rganish, tahlil etish va yoritishda xolisona, xaqqoniy, adolatga yondoshuv muhim metodologik qoidalar. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni o'rganilayotganda, ular bilan bog'lik bo'lgan barcha faktlarning xech biri istisnosiz butun majmuani birga olib tekshirishni, aniq xaqqoniy dalillarga asoslanib ishlashini talab qiladi. Tarixiy xodisalarni bir butun holda o'zaro aloqada va munosabatda deb, tekshirish lozimdir. Oldindan to'qilgan bir g'oyani, uydirmani oqlash darkor bo'lsa, faktlar silsilasidan ayrim, mos keladiganlargina saylab tanlab olinishi «tajribasi» sir emas, albatta. Bunday yo'l bilan chiqarilgan xulosa va baho xolisona, xaqqoniy bo'lmay u bir tomonlamalikka olib keladi.
Tarixni o'rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o'z davrining aniq ta'rifiy sharoitidan kelib chiqqan holda o'rganishni taqazo etadi. Voqea; hodisalarni o'rganishda tarixiy bog'lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e'tibor qilmoq zarur. Har bir voqea, hodisani boshqa, voqealar, hodisalar bilan bog'lab o'rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o'rnini tug'ri aniqlash, belgilash mumkin bo'ladi. Har bir hodisa voqeaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo'ladi deb qaramoq zarur. Har bir hodisaga qanday tarixiy sharoitda paydo bo'lganligi bu xodisa o'z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o'taganligini, keyinchalik u qanday bo'lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, birorta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazardan turib baho beradigan bo'lsak, birinchidan u qachon qanday tarixiy sharoitda paydo bo'ldi, ikkinchidan o'z taraqqiyotida qanday bosqichlar bosib o'tadi, uchinchidan, u hali ham mavjudmi, xozir qay ahvolda qanday bo'lib qoldi, degan savollarga aniq javob berish zarur bo'ladi. Tarixiy metodologiyasini xalqning o'tmishini, xozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o'tmish xozirgi zamonni tayyorlaydi, xozirgi zamon kelajakni yaratadi degan taraqqiyot qonun asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo'ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, turmush qurmokchi bo'lgan avlod tarix fani orqali o'z o'tmishini bilmog'i lozim. O'tmishni ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, xozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni tug'ri tasavvur etamiz. Shuningdek, xozirgi zamon bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatini to'g'ri idrok etish o'tmishni tariximizni chuqur anglashga ko'maklashadi.
Insoniyat taraqqiyotining ma'lum bosqichida urug'chilik tuzumi yemirilib, hususiy mulkchilik kelib chiqqach urug' jamoalari ijtimoiy tabaqalarga bo'lingach, tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqaning manfaati bog'liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o'z manfaati nuqtai nazaridan xarakat qiladigan ularning manfaati bir-biri bilan tuqnashadigan, g'alayonlar, quzg'olonlar kutariladigan bo'lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo'lgan voyealarni, jarayonini o'rganishda ijtimoiy yondashuv prinsipiga rioya qilish zarur bo'ladi. Ijtimoiy yondashuv metodologiyasini tarixiy jarayonlarni ahvoli barcha tabaqalarning manfaatlarini xisobga olgan holda o'rganish taqazo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa-kambag'allar, yuqsinlar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazardan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondoshuv bo'lib, u tarixni soddalashtiradi, tug'ri xulosaga olib kelmaydi. Sovet imperiyaning taqdiri sovet tarixshunosligi esa buning yaqqol misol bo'la oladi.
Shoxlar, amirlar, beklar faoliyatini yoritishga sivilizasion (taraqqiyot) nuqtai nazardan yondashmoq kerak. Ularni boy tabaqalardan chiqqan ; katta mulkdor bo'lgani uchungina qoralash badnom qilish harakatda, adolatdan emas. Mamlakat yurtboshisiz, boshliqsiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz, amaldorlarsiz bo'lmasligini isbot etishning xojati ham bo'lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini amaldorlarni yoppasiga qoralash ham tug'ri emas. Jonajon vatanimizning ko'xna tarixi ham ular orasida xalqparvar, marifatparvar, adolat bilan siyosat yurgizadigan mashxur yurtboshlar, arboblar bo'lganidan guvohlik berib turibdi.
Ijtimoiy yondashuv prinsipi davlat arboblarining, siyosiy kuchlar partiyalar, turli uyushmalar, ular yulboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko'rsatgan ijobiy yoki salbiy ta'sirini, jamiyatni u yoki bu yo'ldan rivojlanishdagi rolini bilib olishda muxim ahamiyaga egadir.
Mamlakatimiz tarixini o'rganishimizda milliy qadriyatlar, xalq an'analari va urf-odatlarini, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e'tiqodlari, diniy talimotlar va ularning asoschilar faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga sivilizasion munosabatda bo'lib, ularni xurmatlash, e'zozlash nuqtai nazardan yondashmok kerak. Xayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma'naviy madaniyatni ahloqiy nizolarini ikkiga - eksplutatorlik madaniyati va ahloqi hamda eksplutasiya qilinuvchilar madaniyati va ahloqiga bo'lish birinchisini qoralashdan iborat bolsheviklarcha yuriqnomaning naqadar zararli ekanligini ko'rsatadi. Madaniy merosga bunday yondashuv manaviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarining oyoq osti qilinishiga, kupgina olimlar, manfaatparvar ziyolilar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini xech qachon unutmaslik kerak. Tarixiy o'rganishda yukoridagi metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosi xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sosiologik tadqiqotlar o'tkazish, statistika, matimatika va boshqa usullardan ham foydalaniladi.
Agar xaqiqiy tarixiy jarayon nuqtai nazardan Vatan tarixi yondoshadigan bo'lsak, u quyidagi katta davrni o'rganadi.

  1. Vatanimiz tarixining eng qadimgi davri.

  2. Vatanimizning tarixining o'rta asrlar davri.

  3. Vatanimiz tarixi Rusiya bosqini va mustamlakachiligi davrida.

  4. Vatanimiz tarixi sho'rolar xokimiyati davrida

  5. Vatanimiz tarixi mustaqil taraqqiyot davrida.

Bu katta davrlar o'z navbatida kichik davlatlarga bo'lib o'rganilishi mumkin.
Vatan tarixini yoritishda qaysi manbalar asos bo'lganligi ham g'oyat katta o'rin tutadi. Sho'ro xokimiyati yillarida yozilgan O'zbekiston tarixiga oid adabiyotlar uchun marksizm-leninizm klassiklarini asoslari, KPSS xujjatlari, Kommunistik partiya sho'ro davlatlari raxbarlarining ma'ruza, nutq, maqola va asarlari, Rusiya, Rim tarixchilari adiblar va olimlarning asarlari asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. O'tmish tariximiz va madaniyatimizning durlari hisoblangan Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Farobiy, Axmad Farg'oniy, Yusuf Xos Xojib, Maxmud Qoshg'ariy, Narshaxiy, Navoiy, Ulug'bek, Nizomiddin Jomiy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Xondamir, Zaxriddin Muxammad Bobur, Muxammad Solix va boshqa juda ko'plab dunyoga mashxur alloma va mutafakkirlarning qimmatli asarlari va meroslari esa deyarli e'tibordan chetda qolgan. Vatan tarixini yaratish va o'rganishda quyidagi manbalar asos bo'lishi mumkin.

  1. Qadimgi zamonlardan to shu kungacha qadar ulug' ajdodlarimiz buyuk allomalarimiz va dono mutafakkirlar, shoirlar, yozuvchilar qoldirilgan ma'naviy boy asarlari.

  2. Turli xujjatxonalarda saqlanayotgan qulyozma asarlar, xujjatlar, ashyolar.

  3. Kutubxonalarda saqlanayotgan yozma kitoblar, ilmiy, badiiy memuar asarlar, darsliklar, risolalar, to'plamlar.

  4. Har xil muzeylarda saqlanayotgan kurgazma zallar xujjatlari birinchi navbatda arxeologiyaga oid qazilma yodgorliklari.

  5. Muzey-shaharlar, tarixiy obidalar, yodgorliklar.

  6. Kino, foto xujjatlar va xokozo.

Ona Vatanimiz tarixining nomlanishi masalasini ham olimlar o'rtasida turlicha fikr va qarashlar bor. Vatanimiz o'z mustaqilligini qulga kiritib jaxon xamjamiyatga qo'shilgan ekan, tariximizning komil insonni tarbiyalashdagi roli benihoya kattadir. Shu jixatdan olganda:
Birinchidan, Vatan tarixi yosh avlod ongida g'oyaviy siyosiy, nazariy, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi lozim, voqea va hodisalarga tarixiy nuqtai nazardan yondashadigan xar tomonlama yetuk barkamol insonni tarbiyalash kerak.
Ikkinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil O'zbekiston yoshlari ongida milliy vijdonning uygonib shakllanishiga kumaklashadi. Yoshlar ajdodlarimiz taraqqiyot yulining tarixiy tajribasini o'rgangandagina, ularda istiqlol tafakkuri, xozirgi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy turmushni o'tmish bilan qiyoslash hamda kelajakka nazar solish malakasi shakllanadi. Milliy jixatdan uyg'onadi. Milliy o'zlikni anglamasdan, milliy tafakkurni shakllantirmasdan turib baynalminalchilik xaqidagi har qanday g'oya va qarashlar mantiqsiz ekanligini anglaydi.
Uchinchidan, Vatan tarixi fani yoshlarimizni otashin xarbiy vatanparvarlik an'analari ruhida tarbiyalaydi. Tarix fanining deyarli har bir mavzusi bu borada boy imkoniyatlarga egadir.
To'rtinchidan, Vatan tarixi yosh avlodni ulug xalqimizning olijanob milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari; xalollik va poklik odillik va adolatlik, insonparvarlik va rostguylik, mexnatsevarlik va kamtarlik, imonlik va e'tiqodlik ruhida tarbiyalamog'i darkor.
Beshinchidan, Vatan tarixi fani yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. Yoshlarimiz bu fanni o'qish, o'rganish va mutoalaa qilish jarayonida O'zbekiston jaxon xamjamiyatining ajralmas tarkibiy kismi va bir bo'lagi ekanligini tushunib oladilar. O'zbekiston azaldan kup millatli mamlakat ekanligi, o'zbek xalqi va buyuk allomalarimiz, fan va madaniyat arboblarimizning jaxon taraqqiyotiga munosib hissasi bilan qonuniy suratda faxrlanadilar.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə