Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Moliyaviy va boshqaruv hisobining o’zaro bog’liqligi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə42/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Moliyaviy va boshqaruv hisobining o’zaro bog’liqligi. Korxonalarda buxgalteriya hisobini istiqbolli rivojlantirish moliyaviy va boshqaruv hisobi kabi uning muhim tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqadorlikni o’rganishni taqozo etadi.

Moliyaviy va boshqaruv hisobi o’rtasida ko’pgina umumiyliklar mavjud, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizimi axborotidan foydalanadi.

Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o’z faoliyatlarida mutloqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalaniladi.

Shunday qilib, boshqaruvning ko’rib chiqilgan rejalashtirish, nazorat va qabul qilingan qarorlar bajarilishining samaradorligini baholash kabi funktsiyalari buxgalteriya hisobi tufayli amalga oshiriladi. Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilarning xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyati to’g’risida yaqqol tasavvurga ega bo’lishini ta’minlaydi.

Buxgalteriya hisobi turli xil xo’jalik jarayonlarini aks ettiradigan juda murakkab axborot tizimidan iborat. Bu jarayonlar bizni o’rab turgan moddiy dunyoning bir qismi hisoblanadi. Shunga ko’ra, ushbu jarayonlarning mohiyati va dinamikasi moddiy dunyoda amal qilayotgan umumiy qonunlarga bo’ysunadi. Ammo, bu qonunlarning iqtisodiyot sohasida namoyon bo’lishi o’ziga xos xususiyatlarga ega.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə