Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Offsetting (moddalarning o’zaro hisobga olinishi)



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə39/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Offsetting (moddalarning o’zaro hisobga olinishi). Aktivlar va passivlar o’rtasida o’zaro hisobga olinishi bo’lmasligi kerak, agar boshqa BHMSlarda bu holat ko’zda tutilmagan bo’lsa.

Daromadlar va xarajatlar moddalari o’zaro hisobga olinishi mumkin emas, faqat quyidagi hollar bundan mustasno:

- BHMS buni talab qiladi yoki ruxsat etadi;

- foyda, zararlar, shuningdek bunday operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlar va voqealar yakka holda ham, jamlangan holda ham muhim emas. Ularning taqdim etilishi operatsiyaning yoki bir xildagi bitimlar guruhining mohiyatini eng yaxshi tarzda aks ettirsa, bunday miqdorlar umumlashtirilishi va netto-asosda taqdim etilishi kerak.

Agar daromadlar va xarajatlar o’zaro hisobga olingan bo’lsa, shunga qaramay xo’jalik yurituvchi sub’ekt muhimlik tamoyiliga asoslanib, moliyaviy hisobotlarga izohlarda bu miqdorlarni ochib ko’rsatish ehtiyojini qarab chiqishi kerak. Masalan, agar buxgalteriya balansida debitorlik qarzlarini “Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar” moddasida tashkil etilgan zahiralarni shubhali qarzlardan chiqarib tashlab aks ettirish ko’zda tutilgan bo’lsa, lekin tushuntirish yozuvida debitorlik qarzi miqdori ham, shubhali qarzlar bo’yicha tashkil etilgan zahiralar miqdori ham alohida ko’rsatiladi.

Xolislik. Moliyaviy hisobot sub’ektning moliyaviy ahvolini, uning faoliyati moliyaviy natijalarini va pul mablag’larining harakatini xolisona ko’rsatishi lozim. Xolislik tamoyiliga erishish uchun har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish chog’ida BHMS va buxgalteriya hisobi asosiy tamoyillarini qo’llanishga majburdir.

Faoliyatning xilma-xil turlari bo’yicha yangiliklarni joriy etishning tezligi shunday operatsiyalar va vaziyatlarga olib kelishi mumkinki, bunday operatsiyalar va vaziyatlar bo’yicha BHMS hali ishlab chiqilmagan. Bunday holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga hisob siyosatini tanlash va qo’llanish yo’li bilan erishiladi. Bunday siyosat xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan ushbu standartga muvofiq ravishda mustaqil ishlab chiqilishi lozim.




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə