Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə81/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Valyuta operatsiyalari. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi, valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish tamoyillari “Valyutani tartibga solish”gi O’zR Qonuni (2003 yil 11 dekabr № 553-II qonuni) bilan belgilanadi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishda tashkilot valyuta tushumini oladi, bu tashkilotni valyuta hisobvarag’iga kirim qilinishi kerak.

Import operatsiyalarini amalga oshirish uchun tashkilot mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish uchun o’zining hisob-kitob hisobvarag’idan so’mni kerakli valyutaga almashtiradi.

Ushbu operatsiyalar uchun tashkilotlar O’zRning ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish va sotish huquqiga ega. Xorijiy valyutani ichki valyuta bozorida faqat vakolatli banklar orqali sotish va sotib olish mumkin.

Chet el valyutasini sotib olish uchun mol etkazib beruvchining tovarlarni import qilish uchun shartnomalar (bitimlar) bo’yicha to’lovlari, xorijga xizmat safari xarajatlari uchun chet el valyutasini berish va boshqalar asos bo’lib xizmat qiladi.

Ayni paytda, valyuta tushumini muayyan qismini majburiy sotish bo’yicha qoida bekor qilingan.

Avvalgidek, hozirgi vaqtda ham chet el valyutasi tushumi olinganda valyuta hisobvarag’iga to’liq kirim qilinadi. Tashkilot nomidan vakolatli banklar valyuta birjalari orqali boshqa tashkilotlarga, to’g’ridan-to’g’ri vakolatli bankka yoki O’zR Markaziy bankiga tashkilotning valyuta hisob raqamida mavjud xorijiy valyutadagi mablag’larni sotishlari mumkin. Buning uchun tashkilot vakolatli bankka xorijiy valyutani vakolatli bank tomonidan belgilangan shaklda sotish to’g’risida buyruq berishi kerak.

Xorijiy valyutani vakolatli bank tomonidan sotishdan olingan so’m hisobida pul mablag’lari tashkilot hisob-kitob hisobvarag’iga to’liq majburiy o’tkazish lozim, va kelgusida O’zR amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har qanday maqsadlar uchun ishlatishi mumkin.




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə