Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə84/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Inkasso hisob-kitoblari eksportyor tashkilotining o’z bankiga importyor tashkilotidan pul olish to’g’risidagi buyrug’i yoki pulning ma’lum muddat ichida to’lanishini tasdiqlashdir. Bu shakldagi hisob-kitoblar inkasso topshirig’nomasi asosida amalga oshiriladi.

Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar eksport qiluvchi tashkilotlar uchun eng maqbul hisob-kitob shaklidir.

Akkreditiv shartnoma bo’yicha importyor (bank-emitent) nomidan uning kontragenti-eksportyor (benefitsiar) foydasiga berilgan bankning pul majburiyatidir.

Akkreditiv ochgan bank benefitsiar tomonidan akkreditiv shartnomasida nazarda tutilgan hamma shartlarni bajargan taqdirda hujjatlarni taqdim etgandan keyin to’lovni amalga oshiradi.

Akkreditiv shartlariga kontraktni faqat shunday holatlari kiritiladiki, ularni bankka taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin bo’lsa. Mol etkazib beruvchi-eksportyorga akkreditiv ochilgach, u tovarni importyorga etkazib beradi va zaruriy hujjatlarni o’z bankiga taqdim etadi.

Bank mablag’larni eksportyor hisobiga o’tkazadi va hujjatlarni importyorning bankiga yuboradi, bu esa to’lovni amalga oshiradi. Importyorga hujjatlar topshirilgandan va u tomonidan qabul qilingandan so’ng uning hisobidan mablag’lar o’tkaziladi.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə