Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Nomoddiy aktivlar hisobining soliq jihatlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə165/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Nomoddiy aktivlar hisobining soliq jihatlari. Soliq hisobi maqsadlarida nomoddiy aktivlar mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tashkilotning uzoq vaqt davomida (12 oydan ortiq davom etadigan) boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladigan intellektual mulk va (yoki) tashkilot tomonidan yaratilgan intellektual mulk natijalaridir.

Nomoddiy aktivni tan olish uchun tashkilotga iqtisodiy foyda (daromad) olish qobiliyatiga ega bo’lish, shuningdek nomoddiy aktivning o’zi mavjudligini va (yoki) tashkilotning intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan mutloq huquqini tasdiqlovchi to’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlarning mavjudligi kerak.

Soliq hisobi maqsadlari uchun nomoddiy aktivlar O’zR Soliq kodeksida 307 moddasida belgilangan muayyan shartlarga muvofiq amortizatsiyalanadigan mol-mulk sifatida tasniflanishi mumkin. Jumladan, amortizatsiyalanadigan nomoddiy aktivlarga intelektual faoliyat natijalari va tashkilotga qarashli bo’lgan, daromad olish uchun foydalanadigan va qiymati amortizatsiya bilan qaytariladigan boshqa intelektual mulk kiradi.

Soliq hisobi maqsadlarida quyidagilar nomoddiy aktivlarga kiritilmaydi:

- ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlar va texnologik ishlarning ijobiy natija berilmaganda;

- tashkilot xodimlarining aqliy va ishbilarmonlik sifatlari, ularning malakasi va ish qobiliyati.

Soliq kodeksini 307-moddasiga muvofiq nomoddiy aktivlarning qiymati nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanish muddati mobaynidagi amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

Nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash patentning, guvohnomaning amal qilish muddatidan va (yoki) intellektual mulk ob’ektidan O’zR qonun hujjatlariga muvofiq yoki qo’llanilishi mumkin bo’lgan chet davlat qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish muddatlariga doir boshqa cheklovlardan kelib chiqqan holda yoxud nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanishning tegishli shartnomalarda shartlashilgan muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Soliq to’lovchi tomonidan amortizatsiya ajratmalari ularning dastlabki qiymatidan va foydali tarzda foydalanish muddatidan kelib chiqib hisob-kitob qilingan me’yorlar bo’yicha har oyda hisoblanadi.

Foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mumkin bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya normalari besh yillik muddatga belgilanadi.

Agar nomoddiy aktivlarni olish yoki ishlab chiqarish xarajatlari soliq to’lovchining soliq bazasini hisoblab chiqarish chog’ida xarajatlar jumlasiga kiritilgan bo’lsa, bu xarajatlar amortizatsiya qilinishi lozim bo’lgan nomoddiy aktivlarning qiymatiga kiritilmaydi.

Soliq to’lovchi tomonidan amortizatsiya ajratmalari ularning dastlabki qiymatidan va foydali tarzda foydalanish muddatidan kelib chiqib hisob-kitob qilingan me’yorlar bo’yicha har oyda hisoblanadi.

Foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mumkin bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya normalari besh yillik muddatga belgilanadi.

Agar nomoddiy aktivlarni olish yoki ishlab chiqarish xarajatlari soliq to’lovchining soliq bazasini hisoblab chiqarish chog’ida xarajatlar jumlasiga kiritilgan bo’lsa, bu xarajatlar amortizatsiya qilinishi lozim bo’lgan nomoddiy aktivlarning qiymatiga kiritilmaydi.

Soliq hisobida nomoddiy aktivlarga, kompyuter dasturlariga mutloq huquqlar bundan mustasno, boshlang’ich qiymatidan qat’iy nazar amortizatsiyalanadigan mulk sifatida qaraladi.

Umuman olganda sotib olingan NMA bo’yicha QQS summasi uning boshlang’ich qiymatiga kiritiladi.

Soliq kodeksining 266-moddasiga muvofiq, soliq to’lovchi tomonidan asosiy vositalar (shu jumladan o’rnatiladigan asbob-uskunalar), nomoddiy aktivlar va ko’chmas mulk ob’ektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob’ektlar sotib olinganda, shuningdek kelgusida o’z asosiy vositalari sifatida foydalanish uchun mo’ljallangan aktivlarni yaratish uchun tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda sotuvchi tomonidan soliq to’lovchiga taqdim etilgan soliq summasini hisobga olish to’liq hajmda amalga oshiriladi. Soliq to’lovchi O’zR hududiga bunday tovarlarni olib kirish chog’ida ushbu soliq to’lovchi tomonidan to’langan soliq summasini hisobga olish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.

Mol-mulk ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan taqdirda, oluvchi mol-mulkni ustav fondiga (ustav kapitaliga) berish chog’ida ishtirokchi tomonidan to’langan soliq summasini hisobga olish huquqiga ega. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va ko’chmas mol-mulk ob’ektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob’ektlar bo’yicha ishtirokchi ularni berish chog’ida to’lagan soliq 266-moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda berilgan aktivlarni oluvchi soliq to’lovchida hisobga olinadi.

Nomoddiy aktivlar ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan taqdirda, QQS va foyda solig’iga tortilmaydigan tashkilotni daromadi hisoblanadi.

Soliq solish maqsadlari uchun NMA ob’ektlari pay va aktsiyalar hisobiga olingan bo’lsa uning qiymati beruvchi tomonni hisobida qayd etilgan qoldiq qiymati bilan hisobga qabul qilinadi.

Tashkilotga yangi NMA ob’ekti kirim bo’lganda uning qiymati, soliq solish maqsadlari uchun, boshlang’ich qiymati bilan qabul qilinadi. Bu qiymat NMA beruvchi tomonni hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.

Tashkilot tomonidan tekinga olingan nomoddiy aktivlar boshqa operatsion daromad hisoblanadi va foyda solig’iga tortiladi. Soliq hisobi maqsadlari uchun olingan NMA ob’ektlarning qiymati bozor qiymatida, lekin ularning qoldiq qiymatidan past bo’lmagan summada, boshqa operatsion daromad tarkibiga kiritiladi.

Soliq hisobi maqsadlari uchun amortizatsiyalanadigan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati amortizatsiya hisoblash yo’li bilan so’ndirilishi kerak.

Intellektual faoliyat natijalari huquqlari sotib olinganda amortizatsiya qilinmaydi, agar ushbu huquqlarni sotib olish shartnomasi bo’yicha to’lov ushbu shartnoma muddati davomida davriy to’lovlarda amalga oshirilishi kerak bo’lgan taqdirda.

Foydali xizmat muddati – bu NMA ob’ekti tashkilotning maqsadlarini bajarish uchun xizmat qiladigan davrdir.

Foydali xizmat muddatini belgilash mumkin bo’lmagan nomoddiy aktivlar uchun amortizatsiya me’yorlari 5 yil, lekin tashkilot faoliyati muddatidan ko’p bo’lmagan holda.

NMA ob’ektlari bo’yicha soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya hisoblash quyidagi usullarni qo’llash yo’li bilan hisoblanadi:

a) amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash;

b) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli;

v) ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;

g) yillar summasi usuli (kumulyativ usul).

NMA ob’ektlarini amortizatsiya qilish usullari asosiy vositalarni amortizatsiyalashda qo’llaniladigan usullarga mos va shuning uchun bu bo’limda muhokama qilinmaydi.

Soliq hisobida nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bo’yicha xarajatlar, shu jumladan, ular bo’yicha hisoblanmagan eskirish summasi boshqa operatsion xarajatlar tarkibiga kiritiladi.

Soliq hisobi maqsadlarida boshqa tashkilotning ustav kapitaliga hissa sifatida tovarlarni berish realizatsiya qilish bo’yicha aylanmadir va QQSga tortiladi (Soliq kodeksi 239-modda, 4 band). Nomoddiy aktivlarning boshqa tashkilot ustav kapitaliga qo’shgan hissasi bo’yicha o’tkazmalari qo’shilgan qiymat bo’yicha soliqqa tortilar ekan, bunday nomoddiy aktivlar bo’yicha to’langan QQS chegirib tashlanadi. Nomoddiy aktivlarni sotib olishda tashkilotga taqdim etilgan QQS summalari boshqa tashkilot ustav kapitaliga o’tkazish uchun mo’ljallangan bo’lsa, beriladigan nomoddiy aktivlar qiymatiga qo’shilishi kerak.

NMA ob’ektlarini beg’araz berilganda, olingan zarar daromad solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan bazani kamaytirmaydi. Bundan tashqari, tekinga beradigan NMA ob’ektini ham qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladi. Shu bilan birga QQS soliq solinadigan baza bozor (shartnomaviy) narxlar asosida hisoblangan NMA belgilangan ob’ektlarining qiymati sifatida aniqlanadi.

Foydani soliqqa tortish maqsadlari uchun tashkilotlar mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq boshqa xarajatlar tarkibiga ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlar va texnologik ishlarga qilingan xarajatlarni ham kiritish huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasi hududida NMA sotib olingach xaridorga taqdim etilgan yoki aslida O’zbekiston Respublikasi hududiga NMA olib kirilgandan keyin to’langan QQS summalari quyidagi hollarda ularning qiymati hisobga olinadi:

1) soliqqa tortilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (hamda o’tkazish, bajarish, o’z ehtiyojlari uchun ko’rsatish) bo’yicha operatsiyalar uchun foydalaniladigan NMAni sotib olish (import qilish);

2) O’zbekiston Respublikasi hududi deb tan olinmagan tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va (yoki) sotish bo’yicha operatsiyalar uchun foydalaniladigan NMAlarni sotib olish (import qilish);

3) QQS to’lovchilari bo’lmagan yoki QQSni hisoblash va to’lash bo’yicha soliq to’lovchining vazifalarini bajarishdan ozod qilingan shaxslar tomonidan NMAni sotib olish (olib kirish).



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə