Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə45/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Uzoq muddatli aktivlar

Uzoq muddatli investitsiyalar

O’rnatiladigan asbob-uskunalar

Xo’jalik aktivlari

Kapital qo’yilmalar

Uzoq muddatli debitorlik qarzlar

Tovar-moddiy zahiralar

Kelgusi davr xarajatlari

Joriy aktivlar

Debitorlar

Pul mablag’lari

Uzoq muddati kechiktirilgan xarajatlar

Qisqa muddatli investitsiyalar

Boshqa joriy aktivlar


1.3-chizma. Korxona aktivlari (mablag’lari)ning turkumlanishi
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.

Asosiy vositalarga er, erni obodonlashtirish, binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, mashina va asbob-uskunalar, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishchi hamda mahsuldor hayvonlar va hokazo shunga o’xshashlar kiradi.

Asosiy vositalarni hisobga olish uslublari № 5 «Asosiy vositalar» nomli BHMSda keltirilgan.

Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, o’rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo’yilmalar va uzoq muddatli debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Bularning mazmunini tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq to’xtalib o’tamiz.



Asosiy vositalar – korxona xo’jalik faoliyatini yuritishda uzoq davom etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish yoki ma’muriy va ijtimoiy-madaniy funktsiyalarni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir.

№ 7 «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq nomoddiy aktivlar - moddiy-ashyoviy shaklga ega bo’lmagan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan, xo’jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek, uzoq vaqt (bir yildan ko’p) ishlatish uchun mo’ljallangan mol-mulk ob’ektlari. Shuningdek, nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berganida aktiv deb tan olinadi: aktiv ta’rifini qondiradigan; o’lchanadigan; ahamiyatga molik bo’lgan; ishonchli bo’lgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan, ya’ni uni ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkin bo’lgan hollarda.

Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xau», savdo markalari, tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatiar, franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat ko’rsatish belgilari va boshqalar kiradi.

Korxonaning joriy aktivlariga tovar-moddiy zahiralari, kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan qarzlar, olinadigan hisobvaraqlar (debitorlik qarzlar), pul mablag’lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqalar kiradi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktivlari tarkibida joriy aktivlarning ro’yxati keng va xilma-xil bo’lib, ular doimo aylanishda bo’lganligi sababli uzoq muddatli aktivlarga qaraganda nisbatan yuqori likvidli hisoblanadi. Joriy aktivlarning naqd pulga aylantirish oson bo’lgan qismi yuqori likvidli deyiladi.

Ishlab chiqarish sohasidagi mablag’larning ikkinchi qismi mehnat buyumlari tashkil etadi. Bular kishi mehnati yo’naltiriladigan mablag’lardir. Mehnat buyumlari tarkibiga xom ashyo, asosiy materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, yoqilg’ilar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o’zi ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar, kelgusi davr sarflari va boshqalar kiradi. Mehnat buyumlari ishlab chiqarish jarayonida qatnashib mehnat vositalaridan farq qilgan holda, bir ishlab chiqarish jarayonida o’z qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotning tannarxiga to’liq o’tkazadi. Mehnat buyumlarining pulda ifodalangan yig’indisi aylanma ishlab chiqarish mablag’lari deb ataladi.

Tovar-moddiy zahiralari korxonaning ishlab chiqarish zahiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag’laridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag’lari quyidagilarga bo’linadi: ishlab chiqarish zahiralari - xom ashyo, asosiy materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, yoqilg’ilar, ehtiyot qismlar va ta’mirlash materiallari, idish va idishbop materiallari, boshqa materiallar, ta’mirlashga va boshqa asosiy faoliyat ehtiyoji uchun ishlatiladigan qurilish materiallari; tugallanmagan ishlab chiqarish – oy oxirida ish joylarida qolgan notayyor materiallar, o’zi ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar, kelgusi davr uchun qilingan xarajatlar va yordamchi ishlab chiqarishdagi tugallanmagan xarajatlar.

Zahiralar, kapital qo’yilmalar va ta’mirlash xarajatlari (qurilma va materiallar) tugallanmagan kapital qurilish, kapital tuzatish xarajatlari kapital qo’yilmalar va kapital ta’mirlashdagi aylanma mablag’lar qatoriga kiradi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovar qismi (ya’ni sotishga mo’ljallangan qismi), pul mablag’lari, debitorlar bilan hisoblashuvdagi va muomala jarayoniga xizmat qiluvchi mablag’lar, muomala sohasidagi mablag’larni tashkil etadi.

Sotgan mahsulotlari uchun korxonalar pul oladilar va bu pullardan ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, asosiy materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, yoqilg’ilar) sotib olish, ish haqi berish, davlat byudjeti bilan hisoblashish va boshqa maqsadlar uchun foydalanadilar. Korxonaning pul mablag’lari bankning hisob-kitob hisobvarag’i va maxsus hisobvaraqlarida yoki kassada saqlanadi. Korxona ixtiyorida mahsulot sotishdan va xizmat ko’rsatishdan tushgan pullardan tashqari ishlab chiqarishni kengaytirishni byudjetdan moliyalashtirish yoki mavsumiy sarflarni qoplash uchun olingan kredit shaklidagi pul mablag’lari ham bo’ladi.

Sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul mablag’lari kelib tushishi amalda mahsulot sotilgan yoki xizmat bajarilgan vaqtidan kechikib sodir bo’ladi. Sotilgan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmat uchun mazkur korxonaga qarzdor bo’lgan korxonalar yoki ayrim shaxslar debitorlar, qarzning o’zi esa (hisoblashuvdagi mablag’lar) debitorlik qarz deb ataladi.

Shunday qilib, korxonaning muomala sohasidagi mablag’lari amaliyotda tayyor mahsulotlar (tovar) ko’rinishida omborlarda, pul mablag’lari hisob-kitob hisobvarag’ida yoki hisoblashuvda (debitorlik qarz) bo’lishi mumkin. Noishlab chiqarishdagi mablag’larga iste’mol sohasidagi mablag’lar kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi. Lekin ehtiyojlarni qondirib, ularning ishlab chiqarishi faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə