Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə5/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

Vazifasi shundan iboratki, u oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda taralarning turlari, ularning materiali, tayyorlash texnologiyasi, dizayni va reklama qilish haqida tushuncha beradi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida qo`llaniladigan taralar, tayyor mahsulotlar joylanadigan metall, shisha, polimer idishlar, metall qopqoq va rezinali halqalarning sifatini aniqlash, mahsulotni taralarga qadoqlash uchun o`tkaziladigan hisobot, mahsulotlarni yorliqlash, shtrix kodlar haqida to`liq ma`lumotlar beriladi.
«Oziq-ovqat sanoatida tara, reklama va dizayn» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • oziq-ovqat mahsulotlarini turlariga ya`ni, assortimentlariga qarab taralarga qadoqlashni, taralarning turlari, ular qanday sanitar-gigienik talablarga javob berishi lozimligini bilishi kerak;

  • oziq-ovqat mahsulotlarini taralarga joylash uchun o`tkaziladigan hisobot o`tkazish, tara turlarini, ularning dizayni va reklamasini ommalashtirish bo`yicha ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak;

  • oziq-ovqat mahsulotlari idishi etiketkalarining rangi, assortimentlarining nomeri va belgisini farqlash, shtrix kodlanishi, ularni tamg‘alash haqida ma`lumot oladi va amalda ularni farqlash malakalariga ega bo`lishi kerak.



1.2.Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va ichki bozorni to`yintirish bo`yicha qo`shimcha choralar to`g‘risida»gi qarori, shuningdek «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, uni O`zbekiston sharoitida bartaraf etishning yo`llari va choralari» asarida chop etilgan tavsiyalarga muvofiq respublikamizda 2017-2021 yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyati doiralarini takomillashtirish, ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish va qishloq xo`jaligi ekinlari assortimentini kengaytirish, buning asosida aholining oziq-ovqat tovarlariga bo`lgan talabini to`liq qondirish va qishloq aholisining daromadini oshirishga erishish dasturi belgilab olindi.
Tabiiyki, mazkur dasturni amalda joriy etish va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida tub islohotlarni yuritish uchun ushbu sohani mukammal egallagan malakali mutaxassislarga bo`lgan talab ortib boradi. Hozirgi kunda don, meva-sabzavot, texnik va boshqa ekinlarni yetishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari yetarlicha o`rganilgan deb bo`lmaydi. Bundan tashqari sohadagi ilg‘or fan-texnika yutuqlari ishlab chiqarishga keng joriy etilmayapti. Mazkur majmua bo`lg‘usi mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlashi bilan bir qatorda, don, meva-sabzavot, texnik ekinlarni saqlash, ularga birlamchi ishlov berish va qayta ishlash, shuningdek ularning standartlari va sertifikatlashtirish asoslari bilan bog‘liq zarur malakalarni egallashga imkon beradi.
Qadim zamonlardan buyon o`simlik moyi uchun xom ashyo – zig‘ir, nasha o`simligi va paxta chigiti moyi ishlab chiqarish bo`yicha 1-o`rinni egallab kelgan. Kungaboqar Yevropaga Janubiy Amerika va Meksikadan keltirilgan. XVI-asr boshlarida Ispaniya o`zlashtirgan, keyinchalik Sharqda tarqala boshlagan. Moy olish uchun kungaboqarni Rossiyada yetishtirish 1829-yilga to`g‘ri keladi.
XIX asrning ikkinchi yarimida O`rta Osiyoda yog‘ zavodi qurish zaruriyati paydo bo`ldi. 1883-yilda Laxtin, Sagatelev va boshqalar Qo`qonda yog‘ zavodi qurdilar. Ammo, ularning bu sohada qilgan harakatlari, mahalliy xalq paxta moyini iste`mol qilmagani va uni boshqa maqsadlarda ishlata olmaganligi uchun, deyarli natija bermadi.
Xorvat va Yugovich 1893-yilda Kattaqo`rg‘onda yog‘ zavodi qurib, 1896-yilda o`z mahsulotlaridan bir necha bidon moyni Moskvaga jo`natdilar. Keyingi yil shu zavodda ishlab chiqarilgan bir vagon moy Moskvaga yuborildi. Buni ko`rgan Yevropa ishbilarmonlari yog‘ zavodlari qurish ishini jadallashtirib yubordilar1.
Sekin-asta paxta moyini iste`mol qilishga o`rgana boshlagan yerli xalq ham sanoatning rivojlanishiga sababchi bo`ldi. Tez orada paxta tozalash zavodlari yonida 1-2 pressli kichik yog‘ zavodlari qurila boshlandi.
1917-1918 yillarda butun O`rta Osiyoda 150 ta pressga ega bo`lgan 40 dan ortiq yog‘ zavodi qurilib, bulardan 19 ta zavod (105 press) Farg‘ona vodiysida joylashgan edi.
Sanoatimizda chigitni qayta ishlash quvvati yiliga 3,6 mln.tonnani, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yiliga 524 ming tonnani, mayonez ishlab chiqarish 2 ming tonnani, xo`jalik sovuni ishlab chiqarish 120 ming tonnani, atir sovuni ishlab chiqarish 8 ming tonnani tashkil qiladi. Asosiy maqsad respublikamiz xalq xo`jaligini ekologik toza, raqobatbardosh, chiroyli qadoqlangan yog‘-moy mahsulotlarini eng kam tannarxda, qulay mehnat sharoitida ishlab chiqarishdan iborat bo`lib, bu maqsadni amalga oshirish uchun sanoatimizni zamonaviy, yuqori samara beruvchi asbob-uskunalar va yangi texnologiya bilan ta`minlashni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Buning uchun 20 ta yog‘-moy korxonalarining barchasida rekonstruksiya ishlari, qayta texnik ta`mirlash, chet el investitsiyalari ishtirokida qo`shma korxonalar yaratish ishlari olib borilmoqda.
Yaqin vaqtlargacha dezodoratsiya va qadoqlash sexlari faqatgina Toshkent, Farg‘ona yog‘-moy kombinatlaridagina bo`lgan bo`lsa, bugungi kunda «Urganch yog‘-moy», «Koson yog‘-ekstraksiya», «Guliston yog‘-ekstraksiya», «Qarshi yog‘-ekstraksiya» AJ larida bunday sexlar faoliyat ko`rsatmoqda, yaqin kelajakda esa barcha o`simlik moyi ishlab chiqariladigan korxonalarda dezodoratsiya qilingan va did bilan kichik hajmdagi idishlarga qadoqlangan o`simlik moylari ishlab chiqariladi. Shu maqsadda, bugungi kunda Belgiyaning «De-Smet», Germaniyaning «Lurgi», Fransiyaning «Steka-Bottlez» firmalari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
«Toshkent yog‘-moy kpmbinati» AJ ning margarin sexida Shvetsiyaning «Alfa-Laval» firmasini avtomatlashtirilgan tizimida quyma margarin ishlab chiqarish, Amerikaning «Djon-Braun» firmasi uskunalarida margarinni 200-250 grammli plastik idishlarga qadoqlash yo`lga qo`yilgan.
«Farg‘ona yog‘-moy» AJ da sovun ishlab chiqarish sexini qayta jihozlab, Italiyaning «Matssoni» firmasining asbob-uskunalari o`rnatilmoqda. Kelajakda chiroyli yorliqli, qadoqlangan, xushbo`ylantiruvchi komponentlar qo`shilgan, jahon andozalari talablariga javob beradigan, kichik hajmdagi atir sovunlar ishlab chiqarish ko`zda tutilgan.
Chuchvara tugish mashinalari, sosiska ishlab chiqarish agregati, kotletni shakllantirish mashinalari murakkab, yarim avtomat rejimida ishlovchi mashinalar guruhiga misol bo`la oladi. Mexanizatsiyalashtirilgan liniyalarga esa submahsulotlar, ichaklar, teriga ishlov berish liniyalari, ozuqaviy mol yog‘i va kolbasa ishlab chiqarish liniyalari misol bo`la oladi.
Sanoat chiqindilarini qayta ishlash va ularni foydali moddalarga aylantirish maxsus ilmiy masalalarni yechishga ham bog‘liq, kundan-kunga plastmassaga bo`lgan talab oshib bormoqda. Agar o`z xizmatini bajarib bo`lgan plastmassa bir formadan, ikkinchi formaga o`tkazilmasa plastmassa tog‘lari paydo bo`ladi. Sanoatning rezina buyumlar ishlab chiqarish jarayoni zamonaning asosiy talabi.
Yaqin yillargacha Amerika Qo`shma Shtatlarida har bir yangi texnologiyani joriy etish uchun o`rtacha 450 nazariy masala yechilib, undan 98 varianti tan olingani holda 8 tasi texnologik sinovdan o`tib, bittasi amalga oshirilar edi. Binobarin, keltirilgan daromad barcha harajatlarni qoplab katta foyda keltirar edi.



Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə