O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 2,85 Mb.
səhifə1/5
tarix05.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#125808
  1   2   3   4   5
hisobot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

«Iqtisodiyot » fakulteti


"Iqtisodiyot" yo‘nalishi K-65-20 guruh talabasi
Raximjonova Diyoraning
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI
yakunlariga doir tayyorlagan

HISOBOTI


Amaliyotning ob’ekti: “Khantex Group” MCHJ
Korxonadan tayinlangan rahbar: __________ ________________________
Kafedradan tayinlangan rahbar: __________ ________________________
Hisobot topshirilgan sana __________
Hisobotning ro‘yxat raqami № __________
Hisobot bahosi ________
Ball %

Andijon —2023



ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI HISOBOTI
Amaliyot obyekti – “Khantex Group” MCHJ
KIRISH
1.Amaliyot obyektining shakllanish tarixi va umumiy ma’lumot
2.Amaliyot obyektining boshqaruv strukturasi
3.Amaliyot obyektining ichki va tashqi aloqalari
4.Amaliyot obyektining iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili
5.Amaliyot obyektining iqtisodiy faoliyatini yaxshilashning amaliy yo’llari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Respublikamizda olib borilayotgan barcha sohalardagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida kadrlarni tayyorlash tizimida ham tub o’zgarishlar qilinishini taqazo etmoqda. Chunki o’z mutaxassisligi bo’yicha zarur bilim va malakalarni egallab , uni hayotga tadbiq eta oladigan , bir so’z bilan aytganda, Vatan taraqqiyoti yo’lida kuyib yonadigan kadrlar ushbu islohotlarni yanada jadallashtirib, yurtimiz rivoji va xalqimiz farovonligi yanada yuksalishi uchun o’z hissasini qo’sha oladi. Zamon talablariga javob beradigan bilimli va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash oliy ta’lim sohasining dolzarb masalasidir.
Yangi O'zbekistonni rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot Strategiyasida “Milliy iktisodiyot barkarorligini ta'minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chikarish hajmini 1,4 baravarga oshirish, yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini yakunlash, energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlarini ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan xolda erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste'mol normalarini kiritish” , kabi ko'plab vazifalar belgilangan.
Mamlakatimizda erishilayotgan iqtisodiy natijalar, yaratilgan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish darajasini baholashda amalga oshirilgan islohotlar natijalarini baholash va mahsulotlar sifatliligini ta'minlash bugungi kundagi ishlab chiqarish amaliyotining dolzarbligini ta'minlaydi.
Shu munosabat bilan oliy ta’lim talabalari tanishuv, ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarga jalb qilinmoqda.Bundan maqsad talabalar o’z yo’nalishlari bo’yicha Amaliyot davrida yetarlicha tajriba va ko’nikmalarga ega bo’ladi. Shu sababli biz ham institutimiz tomonidan ishlab chiqarish amaliyotiga yo’naltirildik. Biz iqtisodiyot yo’nalishi 3-bosqich talabalari ham amaliyot jarayonida yetarlicha tajriba orttirish maqsadida 10 hafta mobaynida ishlab chiqarish amaliyotida bo’ldik. Men, “Iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyot” yo’nalishi 3-bosqich K-65-20 guruh talabasi Raximjonova Diyoraxon Baxtiyorjon qizi , nazariy bilimlarimni amaliyotda qo’llash maqsadida 2023-yil 12-iyun kunidan 2023-yil 19-avgustga qadar “Khantex Group” MCHJ (keyingi o’rinlarda korxona deb yuritiladi) da amaliyot o’tadim. Bu vaqt mobaynida men korxonaning har bir bo’limida ularning ish faoliyatini o’rgandim. O’rganganlarimni tahlil qilib hisobot ko’rinishida havola etaman. Hisobot quyidagi rejalar bo’yicha batafsil yoritilib boriladi.
1.”Obyektning shakllanish tarixi” bunda amaliyot joyimni qanday tashkil topganligi haqida qisqacha umumiy ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.
2.Har bir korxonani boshqaruvsiz tasavvur qilib bo’lmaganligi uchun har bir tashkilot , korxona va muassasalarda bu mavjuddir va bularni “Obyektning boshqaruv strukturasi” da batafsil yoritib o’tiladi.
3.”Obyektning ichki va tashqi aloqalari” amaliyot obyektining qanchalik iqtisodiy aloqalari yaxshi ekanligi ushbu rejada aks ettiriladi.
4.Amaliyotning eng muhim qismi bu iqtisodiy tahlil hisoblanadi. Amaliyot oyektining iqtisodiy faoliyatining “ So’nggi 3 yil ma’lumotlari asosida obyektning iqtisodiy faoliyatiga umumiy baho nerish”da yoritib boriladi.
5.Amaliyot obyektining iqtisodiy faoliyatini yaxshilashning amaliy yo’llari. Bilamizki, har bir korxona va tashkilotning kelajakda rivojlanishi uchun strategiyasi b’ladi.Shu sababli ham strategiyaga o’z hissamni qo’shish maqsadida korxona faoliyatini yaxshilash uchun bir qancha taklliflar berib o’taman.
6.Shu o’rinda albatta, hisobotga ham xulosa berib o’tiladi .
Ishlab chiqarish amaliyotini o'tkazishdan asosiy maqsad – mazkur korxona faoliyati bilan tanishib, uning iqtisodiy faoliyati, mehnatni tashkil etish tizimi, kadrlar potensialini atroflicha o'rganib chiqish va baho berish bilan birga, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ilg’or tajriba, yangiliklarni ishlab chiqarishga tadbiq etish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berishdir.



Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə