Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə14/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

2.3.Shisha idishlar
Oziq-ovqat sanoatida keng tarqalgan idishlardan biri shisha idishlar hisoblanadi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan konservalarning 80% shisha idishlarda ishlab chiqariladi.
Shisha idishlari tuz, kislota, oqsil va boshqa moddalar ta`siriga chidamli bo`lgani uchun ham bu idishlarga tuzlangan, nordon va boshqa turdagi mahsulotlarni konservalash mumkin. Saqlash jarayonida mahsulotni sifati to`la saqlanib qoladi.
Idishlarni yopish turi bo`yicha ularni 3 xil ko`rinishda ishlab chiqariladi.
1.Aylantirib mahkamlash;
2.Siqib mahkamlash;
3.Rezbali mahkamlash.
Masalan: 1-82-1000 bo`lsa, bu aylantirib mahkamlash turi, og‘zini diametri-82 va 1000 ml sig‘imi.
Meva va sabzavotlarni joylashda ko`pincha 2 chi, ya`ni siqib mahkamlab yopish turi keng tarqalgan. Ayniqsa, bu tur bilan 0,5l, 1l, 2l va 3 litrli sig‘imdagi bankalar yopiladi. Sharbatlarni, souslarni va gazli ichimliklarni yopishda og‘zi kichkina bo`lgan sig‘imi 200-500 ml dagi idishlar ishlatiladi. Ularni og‘zini qopqoqlar bilan yopiladi. Idishni germetik yopilishi uchun qopqog‘ining ichki tomonidan rezinali, polietilen va po`kakli prokladkalar qo`yiladi. Bular esa o`z navbatida butilkani ichida hosil bo`lgan bosimga qarshilik qiladi. Idishni mahsulot bilan sterilizatsiya qilganda katta bosim hosil bo`ladi. Bir litr sig‘imdagi konserva idishda hosil bo`lgan 490 kPa bosimga, 2 va 3 litrli idishdagi mahsulot esa 343 kPa dan kam bo`lmagan bosimga bardosh berishi kerak.
Shisha idishlarni yopish jihatidan turlarga bo`linishi:
a) aylantirib mahkamlanadigan;
b) siqib mahkamlanadigan;
v) buralib mahkamlanadigan.
Sous va ziravorlar uchun (gorchitsa va h.k.) foydalaniladigan idishlarni yopishda buralib berkitadigan tunuka qopqoqlar ishlatiladi.
Shisha idishlari maxsus zavodlarda ishlab chiqarilib ularning asosiy qismini kremnezem qumi tashkil etadi. Kremnezem kvars qumi shaklida bo`lib, unig sifati shisha idishning sifatiga ta`sir qiladi. Yuqori sifatli kvarts qumi 99-99,8% SiO2 va 1,0-0,2% boshqa aralashmadan iborat bo`ladi. Kvars qumini optimal o`lchami 0,2-0,5 mm bo`lib, umumiy ishlatilayotgan qumni 85-90% shu o`lchamda bo`ladi. Qumni tarkibida yana bor oksidi (B3O3), alyuminiy oksidi (Al2O3), natriy oksidi (Na2O), kalsiy oksidi(CaO), magniy oksidi(MgO) va bariy oksidi(BaO) aralashmalari bor.
Shisha ishlab chiqarish jarayoni kompleks operatsiyalardan tuzilgan bo`lib, birinchi operatsiya eritma holdagi shisha massasini va ularga sanoatda qo`llanadigan idishlar shaklini berishga qaratilgan. Buning uchun xom ashyo aralashmasi yuqori ya`ni 1450-15500 C haroratda yoritiladi (qaynatiladi), keyin esa massa sovutish qismiga yuborilib, uni 1150-12000 C haroratgacha sovutiladi. Sovutilgan shisha massasi shisha yasash mashinalariga yuboriladi. Konserva idishlarini yasash uchun PVM-press mashinalari qo`llaniladi. Idishlarni yasash ikki qismdan iborat bo`lib, ishning birinchi qismida press yordamida pul`ka qilinadi va shisha idishni og‘zini yakuniy shaklini yasaladi. Ishning ikkinchi qismida esa havo bilan idishga kerakli shakl va razmer beriladi. Idishni sovutilgandan so`ng kuydirish pechlarida ishlov beriladi. Kuydirishda idishni yumshoq holgacha davom ettirib tezda sovutiladi. Idishni tayyorlashda texnologik rejimlarga va jihozlarni texnik ekspluatatsiyasiga rioya qilmaslik idishlarni sifatini buzilishiga olib keladi.
Shisha idishlar meva va sabzavotlarni konserva qilishda ishlatilib umumiy chiqarilayotgan konserva mahsulotini 70-80 % ni tashkil etadi. Konservalash uchun shisha idish zavodlarida bir necha ko`rinishdagi bankalar: butil va butilkalar ishlab chiqariladi. Eng ko`p tarqalgan idishlarga idishni og‘zini diametri 58, 68 va 82 mm bo`lgan banka va butillar kiradi. Ularning o`lchamlari va sig‘imlari 1-jadvalda keltirilgan.
Sifati buzilgan idishlarni konservalashda qo`llash chegaralangan bo`lib, ayrimlari esa umuman ishlab chiqarishga qo`yilmaydi, masalan;
-bir xil ko`rinishda va shisha zarrachalari kristallangan turlari.
-shishaning ustki va ichki qismida pufaksimon bo`shliq hosil bo`lgan turlari.
-bir yoki bir necha joyida 0,8 mm li mayda pufakchalar bo`lgan turi;
-shishani ichida toshsimon zarrachalar, og‘zida ko`rinarli qatlamlar va qalinligi bir-xilda bo`lmagan turlari;
-qo`lda ushlaganda idishni ustki tomonida ingichka ipchalar sezilarli turlari;
-shisha idishdagi yuvilmaydigan dog‘lar bo`lgan turlari;
-rangi bir-xil bo`lmagan shisha idish turlari konserva sanoatida qo`llanilmaydi.
O`lchami va sig‘imi jihatidan shisha idishlari standartlarga javob berishi kerak.8
Shisha idishlarini konservalashda qo`llash ko`pgina qulayliklarga ega;
-shisha idishning ichidagi mahsulotning sifatini iste`mol qiluvchi ko`ra oladi va sifatiga baho bera oladi;
-shisha idishlarni ko`p marta ishlab chiqarishda qo`llaniladi;
-shisha idishlari korroziyaga uchramaydi;
-kimyoviy ta`sirga chidamli va sanitar ishlov berishga qulay;
-shisha idishlarga har-qanday mahsulotni konserva qilinadi va kislota, oqsil va boshqa moddalar ta`siriga chidamli.

Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə