Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə15/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

1-jadval



Idish

Sig‘imi

idish

silindr

idish

silindr

pastki

og‘zining raqami

nominal

to`la

ning baland
ligi, h

qismining diametri

bo`yinining diametri

qismining balandligi

aylanma qismining balandligi

1

2

3

4

5

6

7

8

58

100

130-3

65-1

64-1

54

14

22

58

200

225-7

100-1

64-1

54

49

22

69

350

385-10

125-2

72-1

64

63

22

82

350

385-10

88-1

89-2

78

26

30

82

500

560-15

118-2

89-2

78

56

30

82

650

710-15

141-2

89-2

78

79

30

82

800

365-15

164-2

93-2

78

93

25

82

1000

1030-20

162-2

105-2

78

87

30

82

2000

2080-30

207-3

133-2

78

89

40

82

3000

3200-50

286-3

154-2

78

107

40

82

5000

5200-100

286-3

172-2

78

164

35

100

5000

5200-100

286-3

172-2

96

164

35

82

10000

10300-150

380-3

220-2

78

165

70

Shunga qaramay shisha idishlari ayrim kamchiliklarga ega, masalan:
-idishni massasini og‘irligi (35-50 %);
-mo`rtligi, mexanik ta`sirga va haroratini tezda o`zgarishiga chidamsizligi.
Shisha idishlarini issiqlik o`tkazuvchanligi tunuka idishga nisbatan bir necha marta kamdir, shuning uchun ham shisha idishlari tunuka idishlarga nisbatan uzoq vaqt sterilizatsiya qilinadi.
2.4.Tunuka idishlar
Sterilizatsiya qilishga mo`ljallangan mahsulotlar uchun tunuka idishlari keng qo`llaniladi. Tunuka idishlari yengil bo`lib, shisha idishlarga nisbatan uch marta yengildir. Lekin, tunuka idishlar tashqi muhit ta`sirida zanglashi mumkin. Ularni ichki va tashqi muhit ta`sirida zanglashini va oksidlanishini oldini olish uchun ularga lak, emal va boshqa himoya moddalari surtiladi.
Konserva idishlarini tayyorlash uchun qalinligi 0,2-0,25 mm bo`lgan tunuka qo`llaniladi. Tunukani qalinligi jihatidan ularni sonlari ham o`zgarib boradi, masalan 0,28 mm qalinlikdagi tunukani 28 soni bilan belgilanadi.
Konservalashda ishlatiladigan tunukani ustki va ichki qismi qalay bilan surtiladi. Buning uchun tarkibida (aralashmalarda) qalayni miqdori 0,14% va qo`rg‘oshin miqdori 0,04% dan ko`p bo`lmagan aralashmalar foydalaniladi.
Konserva idishlari tayyorlashda ishlab chiqariladigan idishlarga surtiladigan qalayning miqdori 3 sinfga bo`linadi:
I sinf - 100 sm tunuka listga 0,39-0,45 g;
II sinf - 0,28-0,38 g;
III sinf - 0,23-0,27 g sarflangan bo`ladi.
Tunukaga surtilgan qalayni surtilishi bir xil qalinlikda bo`lishi kerak. Shunga qaramay, sinflarni hisobga olgan holda ularni ustki qismida ayrim nosozlikka yo`l qo`yilgan bo`lishi mumkin, masalan, pufakcha, nuqta, to`lqinsimon va h.k.
Konservalashda qo`llaniladigan idishlarda ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan kamchiliklar bo`lmasligi zarur.
Laklangan idishlarga solinayotgan mahsulotlarning nordonligi yuqori bo`ladi, lak plyonkalari korroziyaga olib keluvchi mahsulotlar tarkibida oqsil moddasi yuqori bo`lgan mahsulotlarni saqlay olmaydi.
Tarkibida oqsil moddasi yuqori bo`lgan mahsulotlarni maxsus oqsilga chidamli emal surtilgan idishlarga solinadi. Bunday emal olish uchun lak rux pastasi bilan aralashtiriladi, ayrim hollarda emalning qovushqoqligini o`zgartirish maqsadida skipidar qo`shiladi. Idishlarni ichki qismiga emalning KP-1, EP-513 va boshqa markalari ishlatiladi.
Tunuka idishlarni konservalashda qo`llash ko`pgina qulayliklarga ega bo`lib, ularni massasi mahsulotni massasiga nisbatan 10-17% ni tashkil etadi. Tunuka idishlar sinmaydi va sanitariya ishlov berishga qulay. Ular temperatura o`zgarishiga chidamli, bundan tashqari ularni konservalashda qo`llash:
-mehnat unumdorligini oshiradi;
-transport yo`l harajatlarini kamaytiradi;
-idishlarni yuvish, mahsulot solib yopish, sterilizatsiya qilish, joylash va transportirovka jarayonlarida ishchi kuchi harajatlarini kamaytiradi;
-konservalashda idishni ichiga mayda zarrachalar tushish xavfi bo`lmaydi;
-idishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga qulay.
Tunuka idishlarning yana bir qulaylik tomonlari shundan iboratki, bu idishdagi mahsulot bilan turistlar, geologlar va ekspeditsiyada qatnashuvchilar ta`minlanadi.

2.5.Polimer idishlar.Ularning assortimentlarni qadoqlashdagi ahamiyati
Bundan 100 yil muqaddam AQSh ning Nyu-Jersi shahrida aka-uka Xayetlar qog‘ozni nitrat kislotasi bilan ishlab, unga kamforani aralashtirib, poligrafiya sanoati uchun g‘ildiraklar yasadilar va unga selluloid nomini berib, birinchi plastmassani ixtiro qildilar. Bu plastmassa tarixidagi buyuk ixtiro edi.
Plastmassalarning barcha sanoat tarmoqlaridagi istiqboli kundan-kunga, yildan-yilga oshib bormoqda.
Keyingi vaqtlarda konservalarni qadoqlash uchun polimerlardan foydalanish anchagina samaradorlikka ega bo`lmoqda.
Meva va sabzavotlarni, muzlatilgan va quritilgan meva-sabzavotlarni hamda tayyor taomlarni qadoqlash uchun turli plyonkalardan tayyorlangan paketlar ishlatiladi. Bu paketlar bitta materialdan - polietilendan, sellofandan, polipropilendan va boshqalardan tayyorlanishi mumkin. Ba`zan kombinatsiyalashtirilgan materiallardan bir necha qavat hosil qilib tayyorlanadi. Ayrim vaqtlarda alyumin folgasidan yoki kartondan ham tayyorlanishi mumkin. Keltirilgan materiallardan qattiq yoki yarim qattiq tara tayyorlanib, ularga sharbatlar, souslar hamda tayyor quyuq taomlar solinadi. Bunday taradagi konservalar sterilizatsiyalanadi. Tashishni qulaylatish va mexanik shikastlanishdan saqlash maqsadida paketlar, karton korobkalarga joylanadi. Bunday qadoqlash xilini «korobkadagi qopcha» deb ataladi.
Polimer taraning qattiq xilini tayyorlash uchun polivinilxloriddan (PVX) tayyorlangan, issiqqa chidamli plyonka ishlatiladi, yana polistiroldan ham foydalanish mumkin. Taralarni tayyorlash va ularga konservalarni qadoqlash avtomatlashtirilgan joylovchi-qadoqlovchi liniyalarda olib boriladi.Sharbat va ichimliklarni quyish uchun zich qog‘oz yoki karton asosida kombinatsiyalashtirilgan material tayyorlanadi. Shu maqsadda ko`pincha folgalangan kartonga har ikki tarafidan termoplastikli materiallar qoplash orqali olingan tayyorlangan qovushmadan paketlar tayyorlanadi. Bunday taralarga mahsulotni joylash asseptik sharoitda yoki konservalovchi modda qo`shib(sorbin kislota yoki uning tuzlari) amalga oshiriladi.
Polimer materiallar konserva sanoatida xom ashyo va konserva tayyorlash jarayonidagi yarim tayyor masulotlarni joylash uchun mo`ljallangan qutilarni (yashik) tayyorlashda ham ishlatiladi. Ushbu taralar turli shaklga va hajmga ega bo`lib, tayyorlangan qorishmani quyish usulida tayyorlanadi9.
Konservalash korxonalarida konservalangan mahsulotlarni joylash uchun bochkalar, barabanlar va yog‘och qutilardan foydalaniladi. Bochkalar ishlatilish maqsadiga asosan 15 dm3 dan 250 dm3 gacha bo`lgan xajmda tayyorlanadi. Ulardan konserva sanoatida eng ko`p qo`llaniladigani 50-100 dm3 sig‘imdagi bochkalardir. Bochkalarga povidlo, murabbo, tomat pasta, oltingugurt bilan ishlov berilgan mevalar va pyurelar, tuzlangan sabzavotlar joylanadi. Bochkalarni tayyorlashda dub, buk, osina va boshqa zotli daraxtlardan foydalaniladi.
Barabanlarni tayyorlashda 3 qavatdan iborat bo`lgan qayin, qarag‘ay va boshqa daraxtlardan tayyorlangan fanerlar ishlatiladi.
Yog‘och qutichalar yog‘och bo`laklaridan tayyorlanib, asosan tayyor mahsulot va bo`sh shisha taralarni tashishda foydalaniladi. Fanerdan yasalgan qutilardan ham foydalaniladi. Ularga marmelad, povidlo, sukat, quritilgan meva va sabzavotlar, holva va boshqalar joylaniladi.
Tayyor konservalarni va quritilgan mahsulotlarni joylash uchun zich kartondan yoki gofrirovkalangan kartondan tayyorlangan karton taralardan foydalaniladi.
Suv o`tkazmaydigan kartondan (parafin bilan ishlov berilgan) tayyorlangan qutilarga muzlatilgan mahsulotlar joylaniladi.
Sabzavot qurituvchi korxonalarda qog‘ozdan qilingan (ko`p qavatli qog‘ozdan tayyorlangan kraft-qop) taralaridan foydalaniladi. Bunday qoplardagi mahsulot sig‘imi 25-50 kg bo`ladi.



Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə