Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi


-rasm. Sabzavot va mevalar saqlanadigan idishlar



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə23/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

5-rasm. Sabzavot va mevalar saqlanadigan idishlar:
1-qop; 2-yashik; 3-konteyner.
Tunuka idishlar shakli jihatidan amaliyotda ko’p tarqalgan silindrli va figurali bo’ladi, konstruksiyasi bo’yicha terma va tamg’alangan holda tayyorlanadi. Silindrli banka idishlarini tayyorlash usuli, hajmi va o’lchamlari 7-jadvalda keltirilgan.
Terma holdagi bankalar korpus, qopqoq va tag qismidan iborat, tamg’alangan idishlar esa maxsus presslarda, uning qopqog’i alohida tayyorlanadi.
Meva va sabzavotlarni konservalashda ko’p qo’llaniladigan idishlardan tsilindrli tunuka idishlar bo’lib, ayniqsa 9, 12, 13, va 14 raqamdagi, hamda ayrim hollarda 8 va 3 raqamdagi terma va tamg’ali idishlar ishlatiladi.
Idishlarni tayyorlash uchun olib kelingan tunuka (jest) larni qalinligi bo’yicha navlarga ajratiladi. Bundan tashqari ularni sifati tekshiriladi, ya’ni zanglagan, teshilgan va har-xil dog’i bor tunukalar chiqitga chiqariladi.
Diskli qaychilar yordamida tunuka korpus uchun kesiladi va korpus holatiga keltirilib, ularni qulf shaklida yopiladi. So’ngra qalay va qo’rg’oshin aralashmasini (40-50; 60-40%) bir xilda yopilgan joylariga surtiladi. Surtilgan aralashma birlashtirilgan korpusning ichki va tashqi tomonidan chiqib ketmasligi kerak. Keyin maxsus mashina yordamida korpusni chekka qismlari, ya’ni tag va qopqoq yopadigan joylariga ishlov beriladi. Korpusga tag qismi press yordamida tamg’alanadi.12
Idishni birlashtirilgan joylarini germetikligini yaxshilash maqsadida suv-ammiak pastasi qo’llaniladi. Bu pastani surtilgandan so’ng idishni quritish pechiga yuboriladi va bu jarayonda pastada bo’lgan erituvchidan tozalanadi, ustki qismida germetik bo’lgan yupqa elastik plyonka qoladi.
Idishni tag qismini tamg’alanayotgan paytda unga bir yo’la 10 ta shartli belgilarni ham tamg’alanadi. Masalan, K- konservali, M- go’sht sanoati, R- baliq sanoati va h.k. Bundan tashqari shu korxonani o’zining raqami va ishlab chiqargan yili (oxirgi raqamini) tamg’alanadi. Misol tariqasida konservaning tagida K 156 tamg’alangan bo’lsa, u holda «konserva sanoatidagi» 15 raqamli korxona 1996 yili ishlab chiqqanligini bildiradi.
Konserva korxonasini tunuka tsexida idishni qopqoqlari ishlab chiqiladi, lekin ishlab chiqilayotgan vaqtda ularga hech qanday belgi tamg’alanmaydi.
7-jadval




Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə