Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi


Sho’rlangan bodring va tomatni qadoqlash



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə25/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

Sho’rlangan bodring va tomatni qadoqlash. Bodring sifat va o’lchami bo’yicha navlanadi, so’ngra yuviladi. Tuzlash asosan sig’imi 100 kg bo’lgan yog’och bochkalarda amalga oshiriladi. Shu maqsadda qopqog’i buraladigan 50 kg sig’imli polietilen bochkalar ham ishlatilishi mumkin. Shisha butillar ham ishlatiladi.
Yog’och bochkalarning ichiga polietilen qoplar to’shalganda yaxshi natijalar olinadi.
Tayyorlangan bodring bochkalarga ziravorlar bilan qatlam-qatlam taxlanadi. Bodring zich taxlanishi kerak, shuning uchun bochkalar vibromaydonlarga o’rnatilib ularga bodring solinadi.
Tomatlar sig’imi 150 kg bo’lgan bochkalar yoki shisha taralarda tuzlanadi. Pishib etilgan qizil tomatlarning to’qimalari yumshoq va tuzlash vaqtida nisbatan osonlik bilan
deformatsiyalanadi. Shuning uchun ular sig’imi 50 kg bo’lgan kichikroq bochkalarda tuzlanadi.
Xozirgi paytda konserva zavodlarida KTS - -6, KTS - 30, KTS - 80 kabi pomidordan sharbat oluvchi kombaynlardan foydalaniladi. Bu kobaynlarda sharbat olishning xamma jaraenlari amalga oshiriladi.
Hosil kilingan pomidor sharbati chukma xozil bulmasligi uchun 8-10 MPA bosim ostida gomogenizatsiyalanadi. Gamogenizatsiyalangan sharbatga ishlov berishda xujayralarda tuplangan xavo sikib chikarish kadoklashda ko’piklab ketmasligi uchun deaeratsiya kilinadi. Qayta ishlash korxonalarida tayyorlanadigan mahsulotlar turli xildagi idishlarda qadoqlanib tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborlarda uzatishdan oldin ularni albatta markirovkalash jihozlari bilan yorliq, ishlab chiqarilgan sanalar quyilib, iste’molga va saqlash omborlariga jo’natiladi.

Tayyor mahsulotni tashish uchun yashik va korobkalarga joylashtiriladi. Tayyor mahsulotni yashiklarga joylash jihozlarning tuzilishi bankalarning turi ko’ra farqlanadi. Shisha idishlarni joylash uchun BUMS markali, tunuka bankalar uchun A9-BUM markali jihozlar ishlatiladi.
Konserva idishlari mahsulotni sifatini buzuvchi qor-yomg’irdan, xidining yo’qolishi, urilib shikastlanishidan, qurish, uvalanish, oqish - to’kishdan, yoqimsiz hid, ombor zararkunandalaridan va boshqalardan saqlaydi. Idish tayyorlanadigan materiallarning ahamiyati katta. U arzon, yengil, chidamli, nam tortmaydigan, hidsiz bo’lishi, mahsulotga kimyoviy ta’sir etmasligi, mahsulot namligini o’ziga tortmasligi lozim.
Tayyor mahsulotni uzoq saqlash uchun idishlarni germetizatsiya qilish lozim. Bu jarayon yopish mashinalarida bajariladi.
Yopish mashinalari yarimavtomatik va avtomatlashtirilgan, vakuumli va vukuumsiz, to’ldirgich bilan agregatlangan va agregatlanmagan, tunuka va shisha idishlar uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Ba’zi yopish apparatlarda bankalarni germetizatsiyalash uchun qopqoqlarni quyishdan oldin bush xajmiga quruq bug’ yuboriladi va idishlardagi havo chiqariladi.
Ko’p pozitsionli yopish apparati tarkibiga quyidagilar kiradi ( 7-rasm): val 1, tishli g’ildirak 3, markaziy vallar 2, yunaltiruvchi 14, ichi bo`sh vallar 12, mushtlar 11, ikki yelkali richag 8, sharnirlar 9, siqish roliklari 10, yopish roliklari 5, yuqori patronlar 6, o’qlar 7, bankalarni suruvchi 13.
Banka germetizatsiyalash jarayonida yopish roliklari maksimal uzoqlashganda pastki patronlar bilan yuqori patronlarga kutarilib unga qisiladi. Richag 8 yordamida yopish roliklari bankaga yaqinlashib uning atrofida aylanadi va qopqoqni banka og’ziga kistirib quyadi.
Apparatning konstruksiyasiga ko’ra germetizatsiya jarayonida banka o’z o`qi bo’yicha aylanishi yoki xarakatlanmaydigan bo’lishi mumkin. Germetizatsiya tamom bo’lgandan keyin yopish roliklari bankadan siljiydi, pastki patron tushadi, itaruvchi mexanizm yuqoridan bankaga bosadi. Yopilgan banka pastki patron bilan tushib transportyorga o’tkaziladi.
Quyidagi sxemada shisha idishlarni yopish asosiy usullari keltirilgan.
SKO usulda (a) qopqoqning cheti siqish yoki yumalatish natijasida egiladi va rezinali halqaga bosiladi.
SKK usulida (b) butilkaning tojli qopqog’i og’ziga siqib yopiladi. Qopqoqni zichlashtirish uchun probkali yoki polietilen prokladkalar quyiladi.
SKN usulida (v) qopqoqlar bosib yopiladi. Banka og’zi va qopqoqning cheti orasida zichlashtirish rezinali halqa qo’yiladi.
Tunuka va shisha bankalarni yopish uchun turli xil apparatlar ishlatiladi. Masalan, B4-KZK-79, B4-KZK-14 markali avtomatlar tunuka bankalarni yopish, qopqoqlarni markirovka qilish va miqdorini hisoblash uchun mo’ljallangan.
Shisha bankalar B4-KZK-75, B4-KZK-75-04 markali avtomatlarda yopiladi.
Yopish apparatlarining asosiy qismlari: stanina, transportyor, qopqoqlarni uzatish moslamasi, marker, yopish mexanizmi, uzatma, boshqarish pulti. Plastinkali transportyor va shnek bankalarni qabul qilish mexanizmi tarkibiga kiradi.


Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə