Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə22/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

Nazorat savollari
1. Shartli banka nima?
2. Bir shartli banka qanday o’lchanadi?
3.Fizik va shartli banka orasidagi farqlarni ko’rsating.
4.Taralarning sig’imlari nimalarga bog’liq?


Reja:
5.1. Iste’mol qadoqlash yorliqlari. Transport yorliqlari. Ularning xom ashyo va mahsulotlar turiga ko’ra nomerlari va belgilari.
5.2. Shtrix kodlanishi.
5.3. Reklama va uni tashkil etishning chet el tajribasi.
Tayanch so’z va iboralar: qadoqlash yorliqlari, transport yorliqlari, shtrix kodlanish, reklama turlari, qadoqlash apparatlari, germetizatsiya.


5.1. Iste’mol qadoqlash yorliqlari. Transport yorliqlari. Ularning xom ashyo va mahsulotlar turiga ko’ra nomerlari va belgilari
Mahsulot assortimenti: meva va sabzavot sharbatlari, kompot va murabbolar, sabzavot va meva marinadlari, gazak konservalar, tuzlamalar va quritilgan mahsulotlardan iborat.
Bizga ma’lumki, bugungi kunda mahsulotlarni qadoqlash uchun qo’llaniladigan idishlar turli-xil materiallardan tayyorlanmoqda va shu bilan bir paytda bu mahsulotlar turli xil konstruktsiyali jihozlarda qadoqlanishi mahsulotlarni tabbiy sifatini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega.
Konservalangan meva va sabzavotlarni joylashda turli joylash materiallaridan foydalaniladi. Yog’och idishlarni(yashik, quti, bochka) bargli va tilyog’och daraxtlari yog’ochidan yasaydilar.
Yog’ochdan yasaydigan idishdagi namlik 16-18 % dan oshmasligi kerak.

3-rasm. Yog’och materialdan tayyorlangan idishlar

Shisha idishga-turli sig’imdagi butilka, banka, balonlar kiradi. Bunday idishlarda mahsulotlar yaxshi saqlanadi (4-rasm).





4-rasm.Meva va sabzavotlardan tayyorlanadigan mahsulotlarni shisha
idishlarga qadoqlash
Karton idishlarga-kartonlardan yasalgan yashik, quti, stakanlar kiradi. Tuzlangan mahsulotlarni yog’och idishlarga qadoqlash. Qog’oz idish-pishiq qog’oz qop, paket, urov qog’ozi, yog shimmaydigan qog’ozlardir. Matodan tikilgan idishlarga-kanop, yarim kanop, ip-gazlama kabilardan tikilgan idishlar kiradi. Matodan tikilgan qoplar mahsulotni ifloslanishidan tejamli foydalanishga imkon beradi.Sabzavot va mevalar doimiy omborlarda xirmonlarda to’kma holda, konteynerlarda, yog’och yashiklarda yoki qoplarda saqlanadi (5-rasm).



1 2 3

Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə