Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə30/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

Kerakli asboblar va reaktivlar: Puasson asbobi, byuretka, tunuka namunasi, texnik vazelin, HCl eritmasi, 2-3 dona marmar bo`lakchalari, KJ ning eritmasi, kraxmal, CH3COOH- sirka kislotasining 3%li eritmasi. 2 %li vino kislota eritmasi, 3%li NaCl eritmasi.


Ishning qisqacha mazmuni: Konservalangan mahsulotlarni uzoq muddatda saqlanishi, sifatining o`zgarmasligi mahsulot joylangan idishning sifatiga bog‘liq.
Mahsulotni konservalashda shisha, metall va keyingi vaqtlarda polimerdan qilingan bankalardan foydalanilmoqda.
Texnik-normativ hujjatlarda ma`lum talablar quyidagilar: ularning germetik bo`lishi, konservalangan mahsulot bilan kimyoviy jihatdan ta`sirlashmasligi va organoleptik fizik-kimyoviy ko`rsatkichlari o`zgarmasligi arzon bo`lishi zarur. Konservalashda ishlatiladigan taralar turi o`zining yutug‘i va kamchiliklari bilan boshqasidan farq qiladi.
Bankalar tayyorlashda rulon yoki list shaklidagi tunukalarda va xromlangan, laklangan tunukalardan hamda alyuminiyli laklangan lentalardan foydalaniladi.
Alyuminiy mexanik jihatdan pishiq va korroziyaga chidamli bo`lganligi uchun shisha bankalarga qopqoq qilishda keng ishlatiladi. Tunukadan tayyorlangan banka idishlarning sifati tunuka sifatiga bog‘liq bo`ladi. Tunuka sifatiga baho berish uchun tashqi kuzatuv amalga oshiriladi, ya`ni uning plastikligi, egiluvchanligi va glyans miqdori aniqlanadi.
Xuddi shunday shishadan va polimerdan qilingan bankalarga ma`lum talablar qo`yiladi, ularning sifati quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:


Ishning bajarilishi:zavodga kelayotgan tunukaning har bir partiyasidan 1% miqdori tashqi kuzatuvdan o`tkaziladi. Oddiy vizual kuzatish natijasida listlarning shakligidagi defektlar tekshiriladi. Glyans moddasining qavati yoki qalinligi aniqlanadi. Listning qalinligi mikrometr bilan 0,01 mm aniqlikda listning to`rtta nuqtasidan o`lchanadi. Qalinligi me`yoridan yuqori bo`lganda tunukadan tayyorlangan taralar deformatsiyaga uchrab germetik holati buzilishi mumkin. Tunukaning egiluvchanlik holati maxsus asbobda 90° burchak ostida buklanib aniqlanadi. Tunukaning oq elektrolitli markasi 8 marta qayirilganda sinmasligi va qalayning qavatlanmasligi zarur. Tunukaning plastikligi, cho`ziluvchanlik xususiyatini Erikson usulida tekshiriladi. Buning uchun tunuka 70-80 mm enlikda qirqiladi va texnik vazelin bilan moylanib, Puasson asbobi bilan 10 mm radiusli qilib siqiladi. List holdagi tunukaning 3 ta bo`lakchalarida 9 marta yuqoridagi operatsiya o`tkazilib, o`rtacha arifmetik qiymat olinadi.
Tunukadagi glyans miqdori qalayni yodimetrik usulida aniqlashga asoslangan. Buning uchun har bir nazorat qilinuvchi tunukaning listdagi maxsus shtamp yordamida diametri 20 mm bo`lgan 10 ta dan namuna olinadi. Keyin sig‘imi 100 sm-1 HCl solingach, qaynaguncha qizdiriladi va bir bo`lak marmar tunuka namunasi solinadi. Qalay qavat 5 minut davomida eriydi, qalay erigandan so`ng olingan eritmaga yana bir bo`lak marmar solinadi, 50 sm3 sovutilgan holda distillangan suv quyiladi. Eritma kraxmal ishtirokida KJ eritmasi bilan titrlanadi.
Oq tunukadan, alyuminiydan, laklangan qotishmalardan tayyorlangan bankalarning sifatini tekshirishda suvli (distillangan) eritmalar CH3COOH ning (3% li) vino kislotasining (2% li), NaC1 (3% li) xromlangan laklangan tunukadan tayyorlangan taralarni, vino kislota va osh tuzi eritmalari (2 va 3% li) ishlatiladi.
Bankalarning ichki qoplamalarining holatini sterilizatsiya qilingandan keyin baholash mumkin. Buning uchun yuqoridagi model eritmalari to`kilib, suv bilan chayqatiladi va kuzatiladi. Kontrol namunadagi sterilizatsiya qilinmagan banka bilan sterilizatsiya qilingan bankalarning lakli qoplamasi o`rtasida sezilarli o`zgarish bo`lmasligi zarur (model muhit va distillangan suvda sterilizatsiya 120±2°C va 90 min davomida bajariladi).



Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə